Savol va topshiriqlar: XIX asrning 70-80-yillarida tilshunoslikda paydo bo’lgan yangi yo’nalishlarni sanab bering.
Yosh grammatikachilarning konsepsiyalarini izohlang.
G. Paul tarixiy fanlarni necha guruhga ajratadi?
12-seminar mashg’ulot Mavzu: Fonetika va fonologiya masalalari Reja: Transkripsiya. Transkripsiya turlari.
Tarixiy-fonetik va fonologik o’zgarishlar.
Til ikki shaklga ega: og’zaki va yozma nutq shakli. Tovushlar og'zaki nutqda, harflar esa yozma nutqda ishlatiladi. Yozma nutq shakli ma'lum tilning alfaviti, grafika va orfografiyasidagi tartib va qoidalami o ‘z ichiga oladi. Og‘zaki nutq normasi esa, maxsus belgilar yordamida yozib olinadi. Ma’lum til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini maxsus belgilar yordamida yozib olish transkripsiya deyiladi. Transkripsiya til yoki shevaning talaffuzini ilmiy tadqq qilishda va chet tillarning talaffuziga o‘rgatishda katta ahamiyatga egadir. Transkripsiya ma’lum prinsip yordamida tuziladi. Shu sababli bir tilda bir necha turli transkripsiya turlari ishlatiladi. Masalan, ingliz tilida D. Jounz taklif etgan keng shakldagi transkripsiya, uncha ko‘p qo‘llanilmaydigan tor transkripsiya shakli va boshqa turli transkripsiyalar ishlatiladi.
Transkripsiya asosan ikki turli bo‘ladi: fonetik va fonologik. Fonetik transkripsiya har bir tovush uchun maxsus belgi qo‘yishga asoslanadi. Bunda tovushlaming ma’lum holatda artikulyatsion-akustik xususiyatlarini o‘zgartirishi hisobga olinadi va fonemalaming har bir varianti uchun alohida belgi qo‘yiladi.
Fonetik transkripsiya belgilari kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan, [p, t, k] fonemalarining unlilardan oldin talaffuz qilinuvchi aspiratsiyali variantlari [ph, th, kh] belgilari bilan beriladi. Fonetik transkripsiya belgilari haqiqatda talaffuz qilinuvchi tovushlaming barcha xususiyatlarini ko‘rsata oladi. Fonologik yoki fonematik transkripsiya so‘z, so‘z shakllari va morfemalami farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi qo‘yish prinsipiga asoslangan. Bunda fonemaning variantlari, ya’ni tovushlaming talaffuzi hisobga olinmaydi. Fonologik transkripsiya belgilari vertikal chiziqdagi qavs ichida /p /, /t/, /k /
kabi beriladi.
Xalqaro Fonetik Assotsiatsiya taklif etgan transkripsiya sistemasi Lotin alfavitidagi harflami qisman o ‘zgartirish asosida tuzilgan. Ba’zi tillarda yozuv alfavitidagi harflami qisman o'zgartirishlar kiritish yordamida tuzilgar. transkripsiya belgilari ham qo‘llanadi. Bunday transkripsiya sistemasi o ‘zbek, rus va boshqa tillarda ham ishlatiladi. Yozuvdagi harflami ba’zi tuzatishlar va o‘zgartishlar asosida tuzilgan belgilar g ra fem a tik tra nskrip siya deb yuritiladi.
Tarixiy-fonetik va fonologik o ‘zgarishlar turli hodisa va jarayonlami o‘z ichiga oladi. Masalan, turkiy tillari va shevalariga xos bo‘lgan o-Iashish, y-lashish, j-lashish, yo-lashish kabi hodisalar, german tillari tarixidagi umlaut, ya'ni til orqa Iablangan unlilaming va keyingi bo‘g‘indagi /j/ tovushi ta’sirida til oldi holatiga o ‘tishi, ablaut, ya’ni ichki fleksiyadagi tovush almashinuvi kabilar ana shunday hodisalarga kiradi. Fonetik va fonologik o ‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro‘y beradi:
1) Agar tilda bo’lgan ikki fonema bir fonemaga birlashsa, konvergensiya deyiladi. O‘zbek tili tarixida bo’lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho‘ziq unli fonemalar keyinchalik birlashib, o‘rta cho‘ziqlikka ega bo’lgan olti unli fonemani hosil qilgan.
2) Agar bir fonema ikki fonemaga ajralsa, divergensiya deyiladi. Masalan, qadimiy turkiy tillarida bo’lgan /a / fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: /a / va /o /. Bu hodisa divergensiya jarayoni natijasida bo’lgan.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlaming kombinator va pozitsion o‘zgarishlari ham kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil o‘zgarishlarga uchraydi. Chunonchi, unlilar ochiq urg‘uli bo‘g‘inda cho‘ziq va yopiq urg‘usiz bo‘g‘inda esa qisqa talaffuz etilishi mumkin. Bunday holat ham ko‘pgina tarixiy va hozirgi tovush o ‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlami tilning boshqa bosqichidagi o ‘zgarishlar bilan bog’liq holda o‘rganish chuqur ilmiy natijalami keltirib chiqarishi mumkin.