Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"


Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə97/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika. Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy aloqada. So‘nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi. Neyrolingvistika (grek tilidan νεϋνον – nerv, lingua – til) – bu psixologiya fanining tarmog‘i bo‘lib, nutqiy faoliyatning miyadagi mexanizmlarini o‘rganuvchi va miyaga mahalliy shikast yetishida nutqiy jarayonlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganadi. Neyrolingvistikaning fan sifatida shakllanishi bir tarafdan neyropsixologiyaning, boshqa tarafdan esa lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Zamonaviy neyropsixologiya tasavvurlariga mos ravishda neyrolingvistika nutqni tizimli funksiya, afaziyani esa birlamchi defekt va birlamchi defekt ta‘siri natijasida yuzaga keluvchi ikkilamchi buzilishlar, shuningdek miyaning buzilgan funksiyalarini qayta tiklashga qaratilgan ish faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi tizimli buzilish sifatida o‘rganadi. Miyaning shikastlanishida tilga oid o‘zini tutish faoliyatining buzilishi bo‘yicha olib borilgan tasodifiy kuzatuvlar o‘rta asr davridanoq ma‘lum, biroq ularni tizimli ravishda o‘rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Neyrolingvistikaning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari neyropsixolog va mamlakatimiz neyrolingvistikasi asoschisi, nutqiy buzilishlarni tizimli tahlil qilishni lingvistika va psixolingvistikaning nazariy tushunchalari bilan umumlashtirgan Aleksandr Romanovich Luriya tadqiqotlari bilan bog‘liq.
Savol va topshiriqlar:

  1. Tilshunoslik fani qaysi fanlar bilan aloqador?

  2. Tilshunoslik va biologiya o’rtasida qanday bog’liqlik bor?

  3. Neyrolingvistika yo’nalishi haqida ozoh bering.

  4. Tilshunoslik fani neyrolingvistika bilan qanday aloqaga kirishadi?



10-seminar mashg’uloti
Mavzu: Tilshunoslikning taraqqiyot bosqichlari
Reja:

  1. Tilshunoslikning taraqqiyot bosqichlari

  2. Turkiy tillar oilasi

Turkiy tillar qadimda mo`g`il va tunguz – manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqlanib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, lekin qadimiy turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. “O`rxun Enasoy” uyg`ur sug`d yozuvlari shular jumlasidandir.
Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.
Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning sharqda uyg`ur madaniyatining va g`arbda Markaziy Osiyoda turk-eron madaniyatining birlashtirilishi uning yozma madaniyatida ham o`z
ifodasini topdi. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklardan biri Mahmud Koshg`ariyning “Devoni lug`otut -turk” nomli qomusiy asaridir.
Bu asar turkiy tillarning fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyatlari haqida to`la ma`lumot beruvchi qimmatli manba. Mahmud Koshg`ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o`rtasida umumiy jihatlar va farqlarini aniqlagan holda qiyosiy tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo`nalishiga asos soldi.
Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgorligi Yusuf Xos Hojibning “Qutatg`u bilig” asari hisoblanadi. Bu asar yirik badiiy – tarbiyaviy asar bo`lib, turkiy adabiyot tarixida juda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, Xo`ja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlari”,Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul- haqoyiq” asarlari shu davrning eng buyuk adabiy durdonalaridir. Alisher Navoiy asos solgan adabiy til, adabiy uslub ancha asrlargacha qo’llanib kelgan.Ammo bu davrdan boshlab,mumtoz adabiy tilning ba’zi tomonlaridan uzoqlashish, zamonasining so’zlashuv tiliga yaqin bir tilda ijod qilish jarayoni boshlangan edi. XVII asrda yashab, ijod etgan Abulg’oziy Bahodirxon: “Turklarga turkona aytmoq kerak, to alarming barchasi fahm qilg’aylar bizning aytgan so’zimizni”- deb yozgan edi.
Navoiy yaratgan yozma uslub XIX asrgacha davom etdi. XVII asrdan boshlab yozuvchi va shoirlar mumtoz eski o’zbek o’zbek tilining ommabop tomonlarini o’ziga singdirgan va so’zlashuv tiliga xos bo’lgan xususiyatlarni aks ettirgan tilda-yangi o’zbek adabiy tilida ijod qila boshladilar.
XVIII-XIX asr yozuvchi va shoirlar –Boborahim Mashrab, Muhammad Hoksor, Munis, Gulxaniy, Maxmur, Nodira, Uvaysiy, Ogahiy yangi o’zbek tilida ijod qilib, uni mukammallashtirdilar.
Buxoro xonligi va qo’ng’irotlar urug’i hukmron Xorazm xonligi, keyinroq ming uru’gi bosh bo’lgan Qo’qon xonligi barpo bo’ladi.Bu xonliklarda asosiy adabiy til yangi o’zbek tili bo’lib bu hududda yashagan turli uruqqa mansub yozuvchi, shoir, tarixchilar shu tilde ijod etdilar.Ammo Buxoro va Samarqandda asosan eronzabon va eronzabonlashgan turkiy urug’lar bo’lgani uchun tojik tilida yuritilar edi.

Mustamlakachilik davrida cheklangan bo’lsa-da, sanoat va savdoning o’sishi, maorif va madaniyatda bo’lgan o’zgarishlar mahalliy ziyolilarning yangi yunalishining shakllanishiga sabab bo’ldi. Bu esa jadidlik kabi milliy oqimning kelib chiqishiga olib keldi.Jadidlar Munavvar qori, Behbudiy, Avloniy Cho’lpon, Fitrat, Zakiy, Validiy va boshqalar yangi usuldagi maktablar ochib dunyoviy ilmlarni, rus tilini o’qita boshladilar. Samarqandda 1870-yili, Chimkentda 1874-yili birinchi rus-tuzem maktablari ochildi. ”Asrimizning boshlarida jadidlarning o’z hisobidan, maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, teatrlar, ro’znomalar tashkil etganliklarini, darslik, qo’llanmalar nashr qilganliklarini, ularni Turkiston bolalariga bepul tarqatganliklarini bir eslaylik”. Albatta, bu davrda nashr etilgan gazeta va jurnallar “Turon”, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Sadoyi Farg’ona”, “Samarqand”, “Najot”, “Ulug’ Turkiston”, “Sadoi Turkiston”, “Oyna”, “Turkiston eli”, “Xurriyat” va boshqalar chor amaldorlarining qattiq nazorati ostida bo’lib, dam ochilib, dam yopilib turdi.


Mustamlaka davrida milliy tillarga davlat tili maqomi berish haqida gap bo’lishi mumkin emas edi. Agar rus tiliga davlat tili maqomi berilsa, milliy tillar asta-sekin yo’qolishiga yuz tutar edi. Xozirgi kunga kelib O’zbekiston mustaqil bo’lgach, uning tili ham davlat tili maqomini olishi qonuniy bo’lgani ma’lum bo’ldi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin