Savol va topshiriqlar: 1. O’zbek xalqi qanday yozuvlardan foydalangan?
2. O’rxun-enasoy yozuvi qaysi davrlarda ishlatilgan?
3. O’rxun-enasoy yozuvini qaysi olimlar tekshirganlar?
4. Lotin yozuvi qachon shakllangan?
8-seminar mashg’uloti Mavzu: Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari Reja: Pozitsion tovush o’zgarishlari
Kombinator tovush o’zgarishlari
Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urg‘uga nisbatan urg‘uli va urg'usiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘g‘in va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘g‘inlar farqlanadi; 3)so‘zdagi o‘miga ko‘ra so‘z boshi, o'rtasi va oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari farqlanadi. Unli tovushlaming urg'usiz bo‘g‘inlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduksiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduksiyasi farqlanadi.
Urg‘usiz yopiq bo‘g‘inlarda unlilar cho'ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduksiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urg'usiz /a /, oxiridagi /a / ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi edpod, eopoda so‘zlarida urg‘usiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.
Tovushlaming urg'uga nisbatan o‘rniga ko'ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urg‘uli bo‘g‘indagi holati — kuchli pozitsiya deb, urg‘usiz bo‘g‘indagi holati — kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyatlarini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya’ni reduksiyaga uchraydi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdor reduksiyasidan tashqari sifat reduksiyasi ham bor.
Sifat reduksiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi eoda, eodbi, eodmdu, eodaeo3 so‘zlaridagi urg‘usiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o'zgaradi. O‘zbek tilida bunday xususiyat yetarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduksiyaga uchragan tovushlar urg‘uli tovushlarga qaraganda aniq bo'lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega. Reduksiyaning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham bog‘liq.
Nutqda tovushlaming kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba'zan bu hodisalami o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi.