Amaliyotning maqsadi – bo‘lajak naktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining amaliy-kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va pedagogik amaliyotga tayyorlash.
Amaliyotning vazifalari -Talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariy olingan bilimlarni mustahkamlash, rivojlantirish;
-O‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish;
-Talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish;
-Talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish va boshqalar.
Amaliyot yakunida natijadorlik: - Maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risida tasavvurga;
- Tashkilot rahbariyatining jamoa bilan ishlashi to‘g‘risida tushunchaga;
- Pedagogik jamoa o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida;
-Tarbiyalanuvchilarning o‘zaro va pedagoglar bilan munosabatlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari to‘g‘risida;
- Ota-onalar murojaatlari va ular bilan maktab jamoasining munosabati;
-Mashg‘ulotda va mashg‘ulotdan tashqarida tarbiyalanuvchi bilan ishlash mexanizmlari;
- O‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi;
- Guruh xonalariga qo‘yilgan gigienik talablar to‘g‘risida;
- Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi va ularning me’yoriy hujjatlarini
rasmiylashtirilishi va boshqalar to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
AMALIYOTCHI TALABALARNING PEDAGOGIK FAOLIYATI MAZMUNI
Amaliyot yakunida quyidagi vazifalar bajarilishiga ko‘ra amaliyotchi talaba 100 ballik tizimda baholanadi. Amaliyot kreditlarini egallash uchun minimum 60 ball to‘plash zarur. Amaliyot davomiyligi: 30 akademik hafta (haftada 2kun) jami 30*2=60 kun.
Ballar taqsimoti: Davomat: 90-100% bo‘lganda: 10 ball, 70-80% bo‘lganda 5 ball, 60-70% bo‘lganda 3 ball, 59 va undan past bo‘lganda (har qanday sababga ko‘ra) ball taqdim etilmaydi (Maktab rahbariyati tomonidan nazorat qilinadi va yakunda ball belgilanadi).