xarita formati — bu butun xaritaning umumiy o'lchamidir. Ishlab chiqarishda xarita formatini tanlashda ichki. tashqi ramkalari bo'yicha. maydonlar bilan obrezi (cheti, qirg’og’i), shuningdek qog'oz formati bo‘yicha uning oMchamlari hisobga olinadi
Xarita ramkasi
Xarita ramkasi kartografik tasvirni o’rab turuvchi chiziqlar yoki parallel chiziqlar tizimi hisoblanadi. Bunda ichki va tashqi ramkalar ajratiladi. Ichki ramka kartografik tasvirni chegaralaydi. Unda graduslar (darajalar), minutlarning chiziqli kattaliklari yoki ularning ulushlariga to‘g’ri keluvchi qo‘shimcha bo’laklarga ajratish ham beriladi. Xaritaning qolgan barcha ramkalarini o‘rab turuvchi tashqi ramkalar asosan bezak uchun beriladi. Ramkalar to‘g‘ri burchakli, trapetsiyasimon, elliptik (oval) va doiraviy bo'lishi mumkin.
Xarita komponovkasini loyihalash
Xarita komponovkasi deganda, xarita ramkasining xaritada tasvirlanadigan sohaga nisbatan o’rni, xarita nomi, uning legendasi, qirqim (qo‘shimcha) xaritalar va grafiklarning kartografik to‘rga nisbatan holati (o‘rni)ni belgilash, xarita razgrafkasi, ya’ni uni varaqlarga bo’lish masalalarini hal etish tushuniladi. Umuman, komponovka xarita elementlarini uning maydoni doirasida to‘g’ri joylashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi
Komponovkani loyihalash ko‘plab omillarga bog’liq bo’lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
xaritaning kimlar uchun mo’ljallanganligi, uning loyihaviy mazmuni
xarita komponovkasini loyihalashdan oldin tanlanadigan yaratilayotgan xaritaning bosh masshtabi va kartografik proyeksiyasi
xaritadan foydalanish (stol ustida, devoriy, ko‘p varaqli yoki bir varaqli, atlasda yoki alohida, tasvir oriyentirovkasi shimolga nisbatan va h.k.) hamda kartografik axborotni tahlil qilish sharoitlari
iqtisodiy samaradorlik talablari (xarita va uning varaqlarining berilgan o’lchamlarini ta’minlash, chop etishda nashr shakllarining foydali maydonlaridan to’la foydalanish, standart o’lchamdagi kartografik qog‘ozdan foydalanish,