Urganch davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi

Yüklə 1,81 Mb.
səhifə7/9
tarix14.04.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#97884
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9 Mavzu. Umumgeografik kartalarni matematik asosi

Ikkinchi yondashuv xaritada o’lchash aniqligiga talablar belgilovchi rolni o‘ynamaganda amalga oshiriladi. Bunda masshtabni tanlashning asosiy omillari yaratilayotgan xarita va atlaslarning o'Ichami va formati hisoblanadi. Masshtab, eng avvalo, xaritaning formati va hududiy qamrovdan kelib chiqib tanlanadi va loyihada asoslab beriladi. Xarita, atlas o'lchamlarini belgilaydigan, berilgan ramkalarda aniq hudud yoki akvatoriyani (kontinent, o’lkalar, dengizlar) tasvirlash uchun masshtab tanlash alohida ahamiyat kasb etadi. Kartograf borliq yoki uning biror qismini grafik tasvirlashga kirishganda, avvalo, xaritaga masshtab tanlash ilk bajariladigan ishlardan hisoblanadi. Masshtab haqiqiy borliq o'lchamlaridan tekis xaritada yangi tasvirlanadigan o4lchamga qisqartirish hajmi hisoblanadi.

Xarita masshtabi va uning xaritalashtiriladigan hudud, kartografik axborot

Masshtab tanlash xaritaning ko‘rinishi va uning kommunikatsiya vositasi sifatidagi salohiyati uchun muhim oqibatlarga ega. Masshtab yirik masshtabdan mayda masshtabgacha kontinuum bo’yicha ishlaydi. Yirik masshtabli xaritalar Yer yuzasining kichik qismlariniko‘rsatadi: shu sababdan batafsil axborot berishi mumkin. Mayda masshtabli xaritalar katta hududlarni tasvirlaydi, shu bois xaritada faqat cheklangan tafsilotlarni yoki umumlashtirilgan vaziyatni berish mumkin.

Xarita formati va komponovkasini loyihalash

Format ishlatiladigan varaq yoki ekran o’lchami hisoblanadi. Bu xarita nusxasi yaratilishi bilan bog’liq. Amerika Geograflar uyushmasi yilnomasi (Annals of the Association of American Geographers), Professional geograf (The Professiona/ Geographer), CAGIS kabi ko'pchilik ilmiy jurnallar o'zining standart formatiga ega; bu standartlar muharrir tomonidan belgilangan. Bunday jurnallarning aksariyati tegishli masala doirasida illustratsiyalarga talablami chop etadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin