II. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida talabaning ish joyi va vaqtining taqsimlanishi
Ishlab chiqarish amaliyotining dastlabki kuni xo‘jalik yurituvchi su’bekt boshqaruvchisi, korxona tashkiliy tuzilmasi, korxona buxgalteriya (amaliyot) bo‘limi bilan tanishishdan boshlanadi. Tashkilot rahbari yoki alohida belgilangan xo‘jalik yurituvchi su’bekt xodimi amaliyotchiga korxonaning ichki intizomi, buxgalteriya bo‘limining ish faoliyati va jamoat ishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Malakaviy amaliyoti asosan xo‘jalik yurituvchi su’bekt buxgalteriya bo‘limida o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tish davomida amaliyot o‘tiladigan korxona buxgalteriya bolimining har bir faoliyatiga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqish talab etiladi.
Alohida ish o‘rinlari bo‘yicha amaliyot ish kunlari quyidagicha taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: |