Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi


VI. Talabaning ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisoboti, uni himoya qilish tartibi va baholash mezonlari



Yüklə 452,36 Kb.
səhifə10/11
tarix15.09.2023
ölçüsü452,36 Kb.
#143832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ИД Малакавий амалиёт 2 курс БХА Автосохраненный

VI. Talabaning ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisoboti, uni himoya qilish tartibi va baholash mezonlari.

Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot har bir ish joyi bo‘yicha alohida tuziladi. Hisobot 40-50 bet (ilovalarsiz) hajmda kompyuterda 1 intervalda tayyorlanadi va tikilgan holda topshiriladi. Birinchi mavzuni yoritishdan avval amaliyot o‘tilgan korxona xaqida umumiy ma’lumotlar keltirib, bunda quyidagilarni yoritish talab qilinadi:


1. Korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot;
2. Amaliyot davrida qaysi mavzular bilan tanishildi;
3. Korxonaning buxgalteriya bo‘limining tuzilishi, shtatlar jadvali;
4. Xizmat turlari haqida;
Asosiy mavzular bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak
1. Hisobot qaysi mavzu bo‘yicha tuzilgan va shu mavzu bo‘yicha ish o‘rinlarida qaysi muddatlarda amaliyot o‘tildi;
2. Qanday buxgalteriya operatsiyalar bilan tanishib chiqildi;
3. Sanab o‘tilgan operatsiyalarning hisobga olinishi va rasmiylashtirish tartibi;
4. Amaliyot davrida korxonadagi salbiy holatlar, amaliyot o‘tishdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatish va tavsiyalar berish.
Agar hujjatlarning nusxalarini olish imkoniyati bo‘lmasa, bo‘sh blankalarni qo‘lda ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so‘ng, hisobot amaliyot tugangan sanadan 10 kun davomida yoki keyingi kurs boshlanishidan 10 kun oldin “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga taqdim etiladi. Bunda talaba quyidagilarni topshirishlari lozim:

  1. Buyruqdan ko‘chirma;

  2. Tavsifnoma;

  3. Talaba tomonidan to‘ldirilgan va korxonadagi amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik;

  4. Amaliyot dasturida ko‘rsatilgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha yozma hisobot.

Hisobot tituli dastur ilovasida keltirilgan namunadagi kabi rasmiylashtirilishi lozim. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan tekshirilib, yozma ravishda yozilgan taqriz bilan birga 3 kun ichida talabaga qaytariladi. Taqrizda o‘tilgan amaliyot bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning kamchiliklari, xatolari shu bilan birga yutuqlari ham ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etish lozim.
Hisobot kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda talaba o‘z hisobotini kafedra tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali talabaning nazariy jixatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi.
Amaliyot hisoboti 5 ballik tizimda baholanadi va himoya komissiyasi tomonidan guruhlar kesimida rasmiylashtiriladi.
Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan-kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Amaliyot yakuni kafedra yig‘ilishi va amaliyot ob’ektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
Institut va fakultet Kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.



Yüklə 452,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin