Talabaning ishlab chiqarish amaliyot hisobotini himoya qilish bo‘yicha baholash mezonlari:
№
Qo‘yiladigan talablar
O‘zlashtirish darajasi
1.
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha savollarga javob bera olishi, talaba amaliyot bo‘yicha hisobotida taqdim etgan ma’lumotlarni tahlil etishi va operatsiyalar hisobini mustaqil bayon etishga hamda barcha bank operatsiyalari bo‘yicha yakuniy fikr va xulosalar bildira olishi, me’yoriy xujjatlarning mazmunini yorita olishi va u bo‘yicha o‘zgarishlarni tushuntira olishi.
5 (a’lo)
2.
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, talabaning nazariy jixatdan olgan bilimlarini hisobotda keltirilgan amaliy ma’lumotlar asosida izohlashi, operatsiyalar bo‘yicha tegishli buxgalteriya provodkalarini ko‘rsata olishi hamda ularga o‘zining ob’ektiv xulosasini bera olishi.
4 (yaxshi)
3.
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda bank umumiy faoliyati to‘g‘risidagi va amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olishi.
3 (qoniqarli)
4.
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilmasa, amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olmasa, bu haqda etarli tushunchaga ega bo‘lmasa.
2
(qoniqarsiz)
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta ishlamagan talabalar hisobot himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot himoyasidan qoniqarsiz baho olgan talaba kursdan-kursga o‘tmay, 2-kursda qoldiriladi va kelasi o‘quv yili talaba amaliyotni qayta o‘taydi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI "BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT" KAFEDRASI 60410100 - "Buxgalteriya hisobi va audit" (Tarmoqlar bo’yicha) ta'lim yo'nalishining 2-kurs talabalari uchun MALAKAVIY AMALIYOTI HISOBOTI