Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi
III. Malakaviy amaliyotining mavzular bo‘yicha taqsimlanishi. 1. Xo‘jalik yurituvchi su’bekt buxgalteriya bo‘limi va apparatini tashkiliy tuzilmasi vazifalari bilan tanishish Mazkur mavzu asosida talabalar quyidagilarni o‘rganishlari lozim: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tarkibiy tuzilishini va mulkchilik shaklini aniqlashi, uning bo‘limlarini tuzilishi, o‘zaro bog‘liqligi, ularning mustaqillik darajasi hamda xo‘jalik hisobini yuritish masalalarini; buxgalteriya hisobini yuritishning meyyoriy huquqiy asoslari. talaba xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘limlarida iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanish prognozining mazmuni bilan, asosiy ko‘rsatkichlar va me’yorlar; xo‘jalik yurituvchi subyektlarida buxgalteriya hisobining vazifalar va funktsiyalarini; xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi apparatining tarkibini; Korxonaning hisob siyosatini. Amaliyot jarayonida o‘rganilishi zarur bo‘lgan savol bo‘yicha javoblarni batafsil bayon etiladi. (Mazkur ko‘rsatma amaliyot yuzasidan hisobotning keyingi hamma mavzulariga tegishlidir). 2. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Ushbu mavzu orqali talabalar quyidagilarni o‘rganish talab etiladi: O‘zbekiston Respublikasida milliy valyutani qo‘llash va pul muomalalari siyosati. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida pul mablag‘lari va tashkilotlar o‘rtasida hisoblashishlar hisobining vazifalari. Naqd pul, kassa muomalalarining hisobini yuritish tartibi. Bank muassasalaridagi schetlarni yuritish hisobi. Pul mablag‘lari bo‘yicha kassa, hisob-kitob, valyuta scheti va bankdagi boshqa schetlarni tashkil qilish. Kassa, hisob-kitob, valyuta scheti, mamlakat valyutasi, chet el valyutasi. Bankdagi maxsus, akkreditiv, chek daftarlari va boshqa maxsus schyotlar. Pul ekvivalenti, yo‘ldagi pullar hisobi. Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar schyoti, aktsiya, obligatsiya, depozitlar, berilgan qarz (zayom)lar. Boshqa joriy aktivlar hisobi. Yüklə 452,36 Kb. Dostları ilə paylaş: |