Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Tarbiyachi mahoratining muloqot qobiliyatiga bog’liqligi



Yüklə 103,05 Kb.
səhifə7/9
tarix21.06.2023
ölçüsü103,05 Kb.
#133636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

2.2. Tarbiyachi mahoratining muloqot qobiliyatiga bog’liqligi.


Pedagogik muomila –bu tarbiyachi ning tarbiyaviy maqsadda bolalar bilan aloqasidir. Bunga pedagogning bolalarlarga kasbiy ta’sir etish vositasi sifatida qarashi mumkin. Ijodiy pedagogik muomilaning qaror toptirilishi ta’lim –tarbiya jarayoni samaradorligini oshiradi.
Pedagogik muloqot texnikasi uchun nutq madaniyati muhimdir. Bu to’g’ri talaffuz qilish, nutq tiniqligi, to’g’ri nafas olish kabilar. Og’zaki nutq qobiliyatini nafaqat kasbiy talab uchun takomillashtirish zarur.
Tarbiyachi o’z ovozini, yuzini, qo’l va tana harakatlarini boshqarishga o’rganishi zarur. “Men –deb yozgan edi A.S.Makarenko –haqiqiy mohir tarbiyachi bo’lib gapirishni o’zlashtirganimizda ulgurdim. “Bu yoqqa kel” jumlasini 15-20 ohangida ayta olganimda va o’z yuzimga qomatimga, ovozimga 20 xil tusni bera olganimda pedagogik qobiliyatga erishdim deb hisoblardim.
Pedagogik muloqot masalasi amerika olimlari tomonidanam chuqur o’rganilmoqda. J.Broti va G.Guddalar ham muallifligida yaqinda chop etilgan. “Tarbiyachi va bolalar munosabit” kitobida tarbiyachi ning bolalarlarga tanlab subyektiv munosabatda bo’lishi tahlil qilingan. Masalan shunday tartib o’rnatilganki, o’qiutvchilar o’zlari yoqtirgan” bolalarlarga ko’proq murojaat etishadi.
Ushbu kitob mualliflari shu xulosaga kelganlarki, agar muloqot tarbiyachi uchun tabiiy va zavqli bo’lmasa-bunday tarbiyachi maktabdan ketish lozim.
Pedagogik muloqotning so’zsiz shakllari.
Tarbiyachi ning asosiy quroli hisoblangan so’z boyligidan tashqari so’zsiz muloqot vositalari ham mavjud.

Tezkor ifodali harakatlar –tarbiyachi arakatini ko’rish orqali qabul qilish bo’lib, bu yerda ma’lumot qo’l harakati, yuz harakati, odimlash va nigoh vositalari yordamida yetkaziladi. Olib borilgan tadqiqotlarning guvohlik berishicha tarbiyachi ning harakatsiz yoki ko’rinmas yuzi berilayotgan ma’lumotning 10 -15% gacha qismini yoqotadi. Tinglovchilar notiq yuziga juda e’tiborli boladilar. Tarbiyachi g’azablanganda, asabiylashganda, kayfiyati buzilganda uning ko’z qorachiqlari torayadi. Bunday hollarda uning yuzida xayrixoxlik sezilmaydi, bolalarlar o’zlarni noqulay sezadilar.
Aniqlanishicha tarbiyachi gavdasining “yaxshirinilishi” (boshni quyi tashlab turishi, kam harakatlilik; muqum o’tirish) tinglovchilar tomonidan ishonchsizlik, norozilik, zid harakat sifatida qabul qilinadi.
Ovoz tavsifi ekstromengvistik xodisadir. Tashabbus quvonch va ishonchsizlik odatda baland ovoz bilan beriladi. G’azab, qo’rquv –odatda yanada balandroq ovoz bilan qayg’u, g’am va charchoq holati –yuumshoq va jarangsiz ohang bilan talaffuz qilinadi.
Ovoz tezligi tarbiyachi his tuyg’ularini ifodalaydi, tezkor nutq –hayajon va havotirni sekinlashgan nutq –ezilgan, charchoq, holatni ifodalaydi.
Pedagogik muloqotning mehr va yaqinligini ko’rsatuvchi vositalar qo’l siqish, yelkasiga yengil urush, boshini silash, tanasiga tegishlidir.
Yana shu narsa aniqki, bolalar bolalar tarbiyachi mehrini qabul qilish yuzasidan 3 toifaga bo’linadilar.
1. Bolalar tanasiga tegib (boshini silash, qo’lidan ushlab quchish)
2. Bolalar esa ismiga erkalash qo’shimchalaini (jon, bek, oy -xon) qo’shib aytgan tarbiyachi larni xush ko’radilar.
3. Bolalar do’stona samimiy nigohning o’zi yetarli.
Ammo bunga hamma tarbiyachi ham haqli emas, faqat bolalarlar ishonchini qozongan tarbiyachi largina haqlidirlar. Ushbu usullardan foydalanish xususan bola tanasiga tegish usulidan foydalanish qator omillarni talab qiladi. Ular ichida eng muhimlari tarbiyachi maqomi obro’ –e’tiborliligi, yoshi, tarbiyachi va bolalar jinsi kabilardir.
Pedagogik munosabatining so’zsiz shakllari orasida munosabat va masofaning, o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Munosabat va masofa –bu tarbiyachi va bolalarning ta’lim jarayonidagi o’zaro munosabati hamda ular orasidagi me’yoriy masofadiryu tarbiyachi va bolalar o’rtasidagi masofa quyidagi me’yorda saqlanishi maqsadga muvofiq:
- tarbiyachi bilan yakka muloqotda
- 45 -120 sm
- Sinf bilan rasmiy muloqtda -120 -400 sm
- Ko’p sonli tinglovchilarga mo’ljallangan ouditoriyada chiqish muloqotida 400-750 sm
Pedagogik faoliyatning o’ziga xsoligi shundaki jarayon obyekti va subyekti doimiy o’zgaruvchandir. Bu esa o’z o’rnida tarbiyachi dan mazkur o’zgaruvchan sharoitga ko’p marotada moslashishni va kuchli zo’riqishni talab etadi.
Boshqacha qilib aytganda inson hissiyotsiz haqiqatni izlay olmaydi, bolalar esa ta’limni o’zlashtira olmaydi.
Qanday qilib hissiy faollikni ushlab turish mumkin? Birinchidan, tajribali tarbiyachi lar hissiy faollikni yuzaga keltirish uchun dars mashg’ulotini boshlashdan oldin mavzuga oid qiziqarli ma’lumot berish usulidan foydalanadilar. Misol uchun. Tarix tarbiyachi si dars oldidan quiydagi ma’lumotlarni berdi yer sayyoramizda bugungi kungacha 14573 ta kalta –kichik urushlar bo’lib o’tgan. 3million 6 taming kishi olamdan bevaqt ko’z yumgan. Ikkinchidan, mashg’ulot davomida qiziqarli ma’lumotlarni, xususan taniqli olimlarning hayoti va faoliyati bilan bog’liv qiziqarli faktni keltirish uchun bolalarlarga inson aqli nimalarga qadriligini va intilsa erishish mumkinligini ko’rsatish mumkin.
Misol uchun: I.N’yuton ommaning boshiga tushishi yangi fizik qonuni kashf etishga turtki bo’lganligi, yoki Arximedning cho’milayotganda ko’p yillik izlanishlari samarasiga erishganligi (“Evrika”)
Uchinchidan –bolalarlarni qiziqarli ijodiy ishga jalb qilish. Buning usullari ko’p muammoli vaziyat yaratish “baho munozara tashkil etish” “guruhlarga bo’lish va boshqalar.
Misol uchun –bolalarlar geografiya darsida “Gporosferada xavoning isishi (sinf) mavzusini o’rganmoqda. Yer quyoshdan harorat oladi. Demak quyoshga qancha yaqin bo’lsa, shuncha issiqlik kuchli bo’ladi.
Bir qarashda bolalarlar uchun bu tushuntirib bo’lmasdek tuyuladi. Shunda tarbiyachi qor bilan qoplagan tog’lar aks etgan kartinani doskaga iladi va savol qo’yadi. “Nima uchun tog’ cho’qqilarida yozda ham qor erimaydi?” Tog’ choqqilari quyoshga yaqinku?
Bolalarlar javob berishga harakat qiladi. Tarbiyachi ular bilan birgalikda xulosa yasaydi. Quyosh nurlari yerga tegib, uning tashqi qobig’ini isitadi, yer qobig’i esa havo haroratini ko’taradi. Demak, yerga qancha yaqin bo’lsa havo shuncha issiq.
Dars samaradorligini oshirish uchun pedagogik faoliyatni endigina boshlaydigan tarbiyachi shu narsani unutmasligi lozimki o’rganilayotgan material chiroyli, obrazli, hissiyotga boy nutq bilan yetkazilishi bolalarlarni befarq qoldirmaydi, bu ularga yuqadi.
1. Bolalarlarning fan yuzasidan mavjud bilimlarning aniqlab olishingiz zarur, bu o’zgariladigan o’quv materialiing murakkablik darajasini belgilab olishingizda yordam beradi.
2. Bolalarlarning o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish pedagogik rahbarlikka bog’liqligini e’tiborga olgan holda bolalarlarda o’rganishga qiziqish intilishni vujudga keltirib zarur.
3. O’z ishingizni taxlil tish borish ko’nikmasini muntazzam rivojlantirib boring.
4. O’zingiz tomondan sinab qo’yilgan va yaxshi samara bergan ta’sir etish tizimidan eng yaxshisiga ko’proq e’tibor qarating, bolalarlarning ko’proq mustaqil ishlashini tashkil etish boring.
5. Har bir darsda ijodiy muhitni va hissiy intellektual sharoitni yaratishga harakat qiling.

Yüklə 103,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin