Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 103,05 Kb.
səhifə2/9
tarix21.06.2023
ölçüsü103,05 Kb.
#133636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

Kurs ishining predmeti:Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan boy va kam tajribali tarbiyachilar mehnatini kuzatish pedagogik ta’sir etish va ta’lim muassasalaridagi barcha ta’lim-tarbiya jarayoni
Tadqiqot obyekti: umumta’lim maktablarida yosh va kam tajribali (3-5 yillik ish staji ) tarbiyachilar, boy va ilg’or tajribali (15-30 yillik ish staji) tarbiyachilar faoliyati.
Kurs ishining vazifalari:
1.Bo’lajak tarbiyachilar(umuman barcha tarbiyachilar) mehnat faoliyatini samarali tashkil etishda pedagogik qobiliyat ahamiyatini asoslab berish.
2.Pedagogik qobiliyat va ilg’or pedagogik tajribalarni egallash usullarini ishlab chiqish.
3.Tarbiyachi shaxsi va tarbiyachilik kasbiga qo’yiladigan talablarni o’rganish va zarur sxema jadvallari shlab chiqish.
4. Har bir tarbiyachi uchun pedagogik qobiliyat zaruriyati va pedagogik qobiliyat mohiyatini asoslab berish.
5.Tarbiyachining tashqi qiyofasi va pedagogik texnikasi ilmiy asosda yoritish
6.Pedagogik talab va uning tarbiyachi faoliyatidagi tutgan o’rni asoslash
7.Motivasiya ta’lim tarbiya samaradorligini oshiruvchi omil va tarbiyachining pedagogik qobiliyat ko’rsatgichi ekanligini asoslab berish.
Kurs ishining metodlari:
1. Tarbiyachining nihoyat jamiyatda tutgan o’rni tarbiyachilik kasbiga qaratilgan va bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashga yo’naltirilgan Qonun Prezident farmonlari va buyruqlari hamda me’yoriy hujjatlarni o’rganish.
2.Yosh va kam tajribali tarbiyachilar hamda boy pedagogik tajriba ega bo’lgan ustoz mudiralar mehnat faoliyatini kuzatish (dars kuzatish va suxbatlar)
3. Tarbiyachining fanlarga qiziqishlari va tarbiyachilarga munosabatlarini o’rganish yuzasidan anketa –so’rovnomalar o’tkazish.
4.Tadqiqot mavzusi va muammosi yuzasidan pedagogik – psixologik va metodik adabiyotlarni o’rganish.
5.Tadqiqot natijalarini umumlashtirish va tahlil etish.
Kurs ishining metodologik asosi. Barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan va jamiyatga tarbiyachi maqomini yuksaltirishga yo’naltirilgan. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida ”gi Qonunlar, Respublikamiz Prezidenti qaror va buyruqlari mazkur tadqiqot ishining metodologik asosi hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida yosh va kam tajribali tarbiyachilarda uchraydigan kamchiliklar va ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o’rganilib chiqildi. Shu bilan birgalikda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan ilg’or tajribali ustoz murabbiylar ishi kuzatildi, tajribalar to’plandi ,Ilmiy taxlil etildi va ularni ommalashtirish yo’llari ishlab chiqildi.


Yüklə 103,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin