II BOB Ertak o”tish uslubiyati
2.1 O‘qish darslarida ertak o‘tish uslubiyati
Ertakning o‘tkir , maroqli syujeti , voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard , kuchli , topqir , dovyurak , chaqqon qahramonlar , ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi , unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z iboralarining qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz , baxil , ochko‘z kishilar timsoli bo‘ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundaki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik , halollik g‘alaba qilganidan , kambag‘al kishilar qiyinchiliklardan qutilganidan , ya’ni yaxshilik , ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik , yovuzlik mahkimlikka uchraganidan quvonadilar.
Boshlang‘ish sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi. Masalan , “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqidagi ertak”, “Ko‘zacha bilan tulki” kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmunigaa oid savollar tuzib , javob berishlari , reja hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktab tajribasidan ma’limki, 4-sinf o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o‘qib tahlil qilganda , barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok etishga , syujet rivojini , qatnashuvchi personajlarning xatti- harakati , o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.
Masalan, “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining mazmunini o‘zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o‘qing. Sichqonchaning “Odobli bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?” degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so‘zlab bering.
2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o‘rinni topib o‘qing. Nima uchun “Shum Baroq” ko‘zidagi yovuzlik birdaniga so‘nadi?
3. Echki nima uchun Sichqonchani “ Kam bo‘lma” deb duo qiladi? Shu o‘rinni topib o‘qing.
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida “Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o‘qing”, “Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting” , “Hayotingizda ertakdagi voqealarga o‘xshash voqealar bo‘lganmi?” kabi savol - topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushuntirishlariga erishiladi.
Boshlang‘ish 4-sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, “Davlat”, “Ilm afzal”, “Hiylagarning jazosi”, “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” kabi maishiy ertaklarni ham o‘qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o‘z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o‘quvchilar ertakni o‘qigach o‘tmishdagi xalq hayotini , o‘y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilishda badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar , ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar.
“Davlat” ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasvirlagan bo‘lsa shunday ko‘z oldidan o‘tkaziladi. Bundan tashqari ertakdagi obrazlarni , ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. “Davlat” ertagining matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar “Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?” , “Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?” kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib , halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir.
Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. O‘quvchilarni 4-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o‘qituvchi aytib berishi mumkin. O‘quvchi ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng , uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda qahramonlarga tavsif berishda o‘quvchilarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli foydalanish talab qilinadi.
Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat , ehtiyoj yaratish zarur. Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri” ertagida “Tog‘ echkisi siz ulug‘imizniki bo‘lsin”, “Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo‘lsin”, “Kiyik kechqurungi taomingiz, qo‘y kunduzgi xo‘ragingiz bo‘lsin” kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga o‘quvchilar diqqati qaratlib , ertakni so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash , ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish , yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish , nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan , “Rostgo‘y bola” ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Bu ertak orqali o‘quvchilar rostgo‘y bo‘lish insonga qanday obro‘ olib kelishi haqida xulosa chiqaradilar.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vositalar : jonlantirish, metafora , mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi , yod aytib berishi va hokazo;
2. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha subat o‘tkazish;
3. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);
Yuqoridagilarni hsobga olganda, ertakni izohli o‘qitish darsining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayorlash;
2) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi , yod aytib berishi;
3) ertakni o‘quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish;
4) ertakni aytish;
5) umumlashtiruvchi suhbat ( ertak g‘oyasini ochish);
6) ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o‘qish;
7) vazifani tekshirish va yakunlash;
8) uyda boshqalarni ham qiziqtiradigan qilib ertakni o‘qib
( yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Barkamol kompozitsiyaga ega ertak bolani mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi: undagi voqealar qat’iy ketma-ketlikda sodir bo‘ladi. Ertak syujet dinamikasini qamrab oladi. Oxiri qanchalik yaqin bo‘lsa , qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlar shunchalik keskin va shiddatli bo‘ladi. Ko‘pincha , qahramonni maqsadga deyarli to‘liq erishish vaqtiga olib kelgan ertak voqealarining keskin burilishlarini datlabki holatga e’tirof etadi - va u yana adolat g‘alabasi uchun kurashni boshlaydi. Ushbu uslub bolaga maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik, burchga sodiqlik va har qanday holatda ham g‘alaba qozonish istagi kerakligini tushunishga yordam beradi.
Ertak bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama qilib , baholash ko‘nikmasini o‘stiradi. Boshlang‘ish sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashda ham ertaklardan foydalanish eng yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar, katta qiziqish bilan tinglaydilar, ertak qahramonlariga o‘xshagilari keladi. O‘zlari yoqtirgan qahramonlarga o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli va farosatliligiga , mehnatkash va uddaburonligiga ham ahamiyat bradilar , bu fazilatlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar.
“Donishmand” ertaida ahillikka undashdan iborat. Ertakda xalq o‘z hayotini o‘zi hikoya qiladi, shuning uchun o‘quvchilar ertakni o‘qish bilan ma’lum davrdagi xalq hayotini , o‘ylarini, orzu- istaklarini bilib oladilar. Ertak o‘quvchilar nutqini , so‘z boyligini o‘stirishda ham katta ahamiyatga ega. Ertak matni bog‘lanishli nutqni o‘srirish uchun zarur material beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakni juda qiziqib , obrazli ifodalarni va tasviriy vositalarni , shuningdek, ertakning o‘ziga xos sintaktik qurilishini , gap tuzilishini saqlagan holda jonli aytib beradilar.
Ertaklar bolaning axloqiy fazilatlarini tarbiyalshda foydali asosdir. Unda inson va tabiatning yaqinlig, odamlarning qanday munosabatlari va hissiyotlari borligi, yaxshilik va yomonlikni qanday ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan. Bolani fikrlashga , qaror qabul qilishga , oq-qorani ajratishga yordam beradi. Bolalar o‘zlarining birinchi tajribalarini ertaklar orqali oladi.
“Ertak yolg‘on, lekin unda ishora bor ! Xayrli darslar!”- deb yozgan edi buyuk rus yozuvchisi A.S.Pushkin Ertak maktab o‘quchilarining qadriyat nuqtai nazarini rivojlandiradi. Ertakni tahlil qilish jarayonida ular qayta-qayta savollarga duch keladilar: Nima jazolanadi va nima rag‘batlantiradi? Nima uchun ba’zi ertak qahramonlari hatto tabiat kuhlari ham yordamga keladi va ba’zilaridan ular aksincha , yuz o‘giradi ?
O‘quvchilar nutqini rivojlandirish vositasi siatida ertaklarning ahamiyati katta. Ertaklar matni izchil nutq ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ajoyib materialdir. Kichik maktab o‘quvchilari ertaklarni ajoyib tasviriy iboralar va tasviriy vositalarni , shuningdek , ertaklarda qabul qilingan nutqning o‘ziga xos sintaktik tuzilishini , jumlalar tuzilishini va hikoyaning jonliligini saqlab , ertaklarni aytib berishdan mamnun bo‘lishadi.
Maktabning oshlang‘ish sinflarida an’anaviy o‘quv rejasiga ko‘ra o‘quvchilar ertakning xalq og‘zaki ijodi janri sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan faqat amaliy jihatdan tanishadilar.
Ertak tahlili. Ertak realistik hikoya sifatida tahlil qilinadi va hamma narsa o‘quvchilarning aniq mazmunni jonli idrok etishni , syujetning rivojlanishini , qahramonlarning xatti-harakatlarining motivlari , ularning munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur qilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Faqat ertak ustida ishlashning oxirgi bosqichida o‘qituvchi bolalarni ertakning xulosasini hayotdagi o‘xshash holatlarga “o‘tkazish” sharoitiga qo‘yadi.
Bu bir tomondan, o‘quvchilar uchun ertak ertak bo‘lib qolishi , ikkinchidan , ular hayotning ma’lum hodisalari haqidagi bilimlarni boyitishi uchun etarli. Shuni ta’kidlash kerakki , o‘qituvchi o‘qish mahoratining ifodalilik , onglilik kabi jihatlarini shakllantirish ustida doimiy ish olib borishi kerak. Ertakning u yoki bu xarakterining xususiyatlarini payqagan o‘quvchilar , go‘yo o‘z ovozlarida uning tashqi ko‘rinishini , boshqalarga munosabatini bildiradilar.
Bunda so‘zning lug‘oviy ma’nosi , gapda qo‘llanishi borasida to‘g‘ri tuzilgan ish muhim o‘rin tutadi. Ertaklarning asosiy vazifasi fikrlay oladigan , his eta oladigan , o‘z fikrini ifoda eta oladigan axloqiy rivojlangan avlodni tarbiyalashdan iborat. Ertak boshlang‘ish sinf o‘quvchilarining kitobxonligini oshirishda katta o‘rin tutadi.
Boshlang‘ish sinflarga ertak o‘tish:
- Odatda , ertak o‘qishdan oldin kichik tayyorgarlik suhbati o‘tkaziladi: siz qanday ertaklar o‘qidingiz , qaysilarini bilasiz. Ertaklar ko‘rgazmasini tashkil qilish kerak.
- Hayvonlar haqidagi ertaklarni o‘qishdan oldin hayvonlarning odatlari haqida eslatish , bu hayvonlarning rasmini ko‘rsatish tavsiya etiladi.
- Agar bolalarga yaqinda tabiat haqida ertak o‘qilgan bo‘lsa , u holda ekskursiya materiallari , tabiat kalendarlaridagi yovuzlar, ya’ni kuzatishlar va tajribalardan foydalaniladi.
- Odatda , hayvonlar haqidagi ertakni o‘qish hech qanday tayyorgarlikni talab qilmaydi, lekin ba’zida hayvonlarning axloqi va odatlari haqida suhbatda eslatib turish kerak.
- O‘qituvchi ertakni o‘qiydi, lekin uni aytib berish tavsiya etilmaydi.
- “Hayotda bunday bo‘lmaydi”, bu fantastika ekanligi tushuntirmasdan, realistik hikoya sifatida ertak ustida ishlash kerak.
- Xarakterisikalar va baholarni tuzish ucun ertakdan foydalanish mumkin, chunki ertak qahramonlari odatda o‘zlarining harakatlarida aniq namayon bo‘ladigan bir yoki ikkita xarakterli xususiyatlarning namayon xulq - atvori mavjud.
- Ertakning axloqini insoniy belgilar va munosabatlar sohasiga tarjima qilmang. Ertakning didaktikasi shunchalik kuchli va ravshanki, bolalarning o‘zlari shunday xulosa chiqaradilar: “Baqa to‘g‘ri - maqtanishning hojati yo‘q” (“Sayohatchi qurbaqa” ertagi) . Agar bolalar shunday xulosaga kelishsa , ertakni o‘qish o‘z maqsadiga erishgan deb taxmin qilishimiz mumkin.
- Xalq ertaklarining o‘ziga xosligi shundaki , u hikoya qilish uchun yaratilgan. Shuning uchun prozaik ertaklar iloji boricha matnga yaqinroq qilib aytiladi. Hikoya ifodali bo‘lishi bo‘lishi kerak. Bunga tayyorgarlik ko‘rishning yaxshi usuli - bu ertakni yuzlarda o‘qish. Sinfdan tashqari vaqtlarda ertaklarni dramatizatsiya qilish ertak xarakterini ifodalashga yordam beradi, bolalarda nutq va ijodkorlikni rivojlantiradi.
- Ertak rejalarini tuzish bo‘yicha o‘quv ishlarida ham qo‘llaniladi, chunki u aniq sahnalarga bo‘lingan - rejaning qismlari , sarlavhalari ertak matnida osongina topilai.
- Ertak tahlil qilganda , undagi biror narsa fantastika ekanligiga e’tibor qaratmaslik kerak, aks holda ertakning jozibasi yo‘qoladi.
- Ertak mazmunini ishlab chiqish , uni to‘liq tahlil qilish , ertakni rollar bo‘yicha o‘qish kerak .
-Ifodali o‘qish , rollarda o‘qish har doim bolalarga zavq bag‘ishlaydi, ertakning tipik xususiyatlarini o‘zlashtirishni osonlashtiradi: nutq tili, takrorlashlar , maxsus ritm.
- Ertak o‘qish bilan bog‘liq holda , qo‘g‘irchoqlar , qo‘g‘irchoq teatri uchun bezaklar , soya teatri uchun hayvonlar va odamlarning haykalchalarini yasash mumkin.
- Ertak kompozitsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha elementar kuzatishlar o‘tkazilishi kerak, chunki bu kuzatishlar bolalar tomonidan ertakni idrok etish ongini oshiradi.
- 3-4-sinflarda bolalar bir necha marta takrorlashning ertak usullariga duch kelishadi va bu ertakni eslab qolishga yordam berishini payqashadi.
- Ertak bilan ishlashda uning xususiyatlarini ko‘rsatish , bolalar bilan birgalikda uning ma’nosga erishish , ertaklardan keng foydalanish kerak. Ertak bolalarni tarbiyalsh va ularning san’atdan zavqlanish manbasi sifatida qaraladi.
- Ertaklar versiyalarini , turli xalqlar uchun bir xil syujetning turli “nashrlarini” qiyoslash, ertakni chuqur anglash uchun o‘yinchoqlarni jalb qilish, xalq ertagi va adabiyoti o‘rtasida aloqa o‘rnatish.
- Og‘zaki rasmni qabul qilish bolalarga xarakterli tafsilotni sezishga , asosiy g‘oyani tushunishga yordam beradi.
- Ertakni o‘rganishning eng minnatdor usuli - uni sahnalshtirish . Bunga ertakning dialoglar bilan boyligi yordam beradi.
- Bolalar o‘qituvcilar rahbarligida ertak syujeti asosida senariy tuzadilar. Bu ish ertakni idrok etishning ishinchli usulidir.
- Ertaklarni o‘qishda intonatsiya katta ahamiyatga ega. Noto‘g‘ri intonatsiya ertak olamining illyuzuyasini yo‘q qiladi. Ertak zerikarli , qiziq bo‘lmagan , rangsiz bo‘lib undagi temperament, shaxsiyatning aksi, o‘ziga xos ma’no tuslari yo‘qoladi.
- Ertakning nutqi sodda , takrorlash matnga yaqin bo‘lishi kerak ( kulgi, o‘yin yoki qayg‘u bilan).
- Qayta hikoya qilish uchun zarur bo‘lgan aniq ta’riflarni , xarakterli iboralarni doskaga yozish kerak.
- Yuzlarda o‘qish , karton qo‘g‘irchoqlarni ko‘rsatish , qo‘g‘irchoq teatri , audio yozvlar muhim ahamiyatga ega.
- Muammoni qo‘yish uchun - xarakter nima , o‘quvchilar buni o‘z fikrlari va matn so‘zlari bilan isbotlashi lozim.
- O‘quvchilar so‘zlar , iboralar frazelogik iboralar ustida leksik ishlashi kerak
Dostları ilə paylaş: |