Ilmiy tadqiqot namoyon bo’lishining asosiy jihatlari: erkinlik,yozma matn va unig og’zaki matndan farqi. Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o‘zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o‘z ruhiyatida ham o‘zgarish yasaydi. Ilmiy ijod xilma-xil ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha sonsanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo'lish - moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda obyektiv va xolis bo'lish muhimdir. Bundan ko‘rinadiki, olimlar o‘z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga o‘zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy me’yorlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlardan voz kechishlari lozim.
Har qanday ilmiy faoliyat matnlarda «yozma» ko'rinishda (qog ‘ozda yoki elektron) - ilmiy hisobot, ilmiy mа’ruza, referat, maqola, kitob tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishining asosida ikki shart-sharoit yotadi. Birinchidan, olim o‘z g‘oyalari va natijalarini qat’iy ilmiy tilda faqat yozma (elektron) tarzda bayon etishi mumkin.
Har qanday ilmiy ishni, hatto kichkina maqolani qog‘ozga tushirish, fikrning ifodasida ketma-ketlikga erishish muhim ahamiyatga ega, maqola yoki tezis yozish boshlovchi tadqiqotchi uchun jiddiy muammolar bilan bog‘liq, chunki jamoa oldidagi chiqishlarda osonlik bilan aytiladigan yoki odam «ichida» tafakkurida shakllangan so‘zlar va fikrlarning ifodasini o‘z vaqtida qog'ozga tushirish uchun olimga mantiqiy izchillik ko‘p hollarda etishmaydi.
Yozma nutq va og'zaki nutqning bir-biridan farqi shundaki, og'zaki nutqdagi ba’zi nuqsonlar eshiticvchilar tomonidan e’tiborga olinmaydi, biroq yozma matnda qati'iy mantiqiy izchillik talab etiladi, chunki undagi fikrlar ketma-ketligiga о ‘quvchi qayta-qayta murojaat qiladi va yangi bilimning maqsadi va mohiyatini aniqlashga harakat qiladi.
Ikkinchidan, olimning salohiyati uning turli jumallarda nashr qilgan ilmiy maqolalarining soni va salmog‘i hamda respublika va xorijda o'tkazilgan konferensiyalaridagi ilmiy ma’ruzalarda aniqlanadi. Shu bois, tadqiqotchi uchun nashr etilgan ishlari ro ‘yxatini doimiy to‘ldirib borilishi va ma’ruzalar mazmunining turli tumanligi uning imidji shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot jarayoni olimning ilhomi, fantaziyasi, umumiy madaniyati, shuningdek uning shaxsiy sifatlari bilan chambarchas bog‘liq.