Mehnat resurslarining sonini hisoblash chikish sxemasi quyidagi tarzda taqdim etilishi mumkin: Mehnat resurslari mehnat qilishga layoqatli aholi mehnat – qilish yoshidagi ishlamaydigan I va II gurux nogironlari ishlamaydigan imtiyozli pensionerlar ishlovchi o`smirlar ishlovchi pensionerlar.
Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar butun aholining bir qismi bo`lib, ularning soni demografik omil ta’sirida o`zgarib turadi. Ularning qancha bo`lishi tegishli yoshdagi o`lim darajasiga bog`lik bo`ladi. Bu shuningdek, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqarolar soni o`rtasidagi nisbatga xam bogliq bo`ladi. O`lim qanchalik kam bo`lsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqarolar bu yoshdan chiqqan kishilarning o`rtasidagi farq qanchalik yuqori bulsa, mehnat qilish qobilyatiga etgan kishilar soni shunchalik ko`p bo`ladi yoki aksincha.
Mamlakatimiz va boshqa mamlakatlarni tarixiy tajribasi shundan dalolat beradiki, farovonlik darajasi va ishlovchi o`smirlar soni bir-biriga teskari bog`likda bo`ladi: farovonlik qanchalik yuqori bo`lsa, o`smirlar shunchalik kamrok ishlaydilar va aksincha bo`ladi. Shu bilan birga, bu bog`liklik vakt o`tishi bilan yuksalib boradi.
Iqtisodiyotning o`smirlar mehnatiga bo`lgan extiyoji ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish soxalarining murakkablashib borishi bilan qonuniy ravishda pasayib boradi – mehnat faoliyati soxasi kengayadi, bunda yaxshi ma’lumot darajasi, kasb tayyorgarligi zarur bo`ladi.
Mamalakatimizda bozor iqtisodiyoti shart sharoitlari asosida islohiy o`zgarishlar boshlanishi bilanoq vaziyat keskin o`zgardi, bu xol kishilarning erkinligi ortishi bilan bog`liq bo`lib, ularga tobora ko`proq imkoniyatlar berila boshlandi, ular uz taqdirlari bilan o`zlari xoxlaganlaricha shug`ullana boshladilar. Ko`plab oilalarning moddiy axvoli og`ir ekanligi xam o`z ta’sirini ko`rsatadi. Qo`shimcha daromad ishlash uchun yoshlar xam, kattalar xam xarakatga tushib qoldilar, bunga iqtisodiyotdagi vaziyat majbur qilgan edi. Xar xil mayda-chuyda xizmatlarni bajarib, xususan, mayda chakana savdo bilan shugullanib pul ishlashning imkoniyatlari paydo bo`ldi. Bu erda shiddat bilan vujudga kelgan ish o`rinlari asosan o`smirlar bilan to`ldi.
Kelgusida o`smirlarning mehnat resurslaridagi ulushi o`smir fuqarolarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga zarar etkazgan xolda ular mehnatidan madaniyatli tarzda foydalanish imkoniyatini beradi.