2.3.2-jadval Ishga joylashmagan va vaqtinchalik ishlarda band bo`lgan aholi, 2022yil*
№
Xududlar (viloyatlar) nomi
Ishsizlar soni
(kishi)
Ishsizlik darajasi (%)
vaqtinchalik va
mavsumiy ishda band (kishi)
1
Jizzax
17 429
4,2%
54 684
2
Sirdaryo
14 438
4,3%
32 781
3
Toshkent v.
53 239
4,5%
186 203
4
Toshkent sh.
40 597
3,4%
80 070
5
Andijon
61 725
5,5%
201 354
6
Namangan
45 081
5,4%
115 674
7
Farg`ona
76 216
5,5%
228 644
8
Buxoro
38 306
4,9%
82 560
9
Navoiy
21 668
5,1%
38 364
10
Samarkand
68 002
5,4%
174 795
11
Qashqadaryo
50 593
5,1%
150 956
12
Surxondaryo
39 914
5,1%
115 100
13
Xorazm
32 217
5,2%
80 754
*Jadval Xorazm viloyati Mehnat va aholini ijtimoimy muhofaza qilish boshqarmasi
ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.
Keyingi yillarda iqtisodiyotning innovasion turiga o`tish natijasida O`zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning innovasion yo`nalishi kuchayganligini aks ettiruvchi ijobiy o`zgarishlar ko`zga tashlanmoqda. Masalan, O`zbekiston iqtisodiyotida o`zlashtirilgan investisiyalarning 70 foizga yaqini ishlab chiqarish sektoriga, shu jumladan yarmidan ko`pi texnik va texnologik modernizasiyalashga yo`naltirilgan. 2006-2022yillarda xorijiy va davlat kapital qo`yilmalarini ko`paytirish natijasida fan va texnologiyalar rivojlanishini uyg`unlashtirishni yaxshilash, fan va ishlab chiqarish o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish imkoniyati yaratildi. Mana shunday say’i harakatlar tufayli, YAIM dagi yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi 2018 yildagi 3,5 foizdan 2022yilda 6,8 foizga yetkazildi2.
Xorazm viloyatida mexnat bozorini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va istiqbollari.Aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish belgilangan.
Mamlakatni modernizasiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish asosiy yo`nalishlardan hisoblanadi.
Aholi bandligini oshirish va ish o`rinlarini ko`paytirish borasida viloyat iqtisodiyoti oldidagi vazifalar:
yangi ish joylarini yaratish bo`yicha 2013 yilga belgilangan dastur parametrlarining bajarilishini ta’minlash;
har bir shahar va tuman kesimida ―2013 yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi‖ning manzilli ro`yxatlarini har bir korxona, ob’ekt bo`yicha ishga tushirish rejasini (―tarmok grafigi‖ni) tasdiqlagan holda, tasdiqlash va nazoratini amalga oshirish;
2013-2015 yillarda kichik biznes, xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari va ob’ektlarni ishga tushirishning aniq manzilli ro`yhatlarini shakllantirish;
har bir tuman, shaharda hokimlar boshchiligida yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash choralarini ko`rish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qo`llabquvvatlash, jumladan ro`yxatdan o`tkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik kommunikasiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va hal etish choralarini amalga oshirish;
kasanachilik ish joylarini ko`paytirish borasida tuman (shaxar)larda ishini keskin jonlantirish, mavjud kasanachilik ish joylarini saqlab qolish va 2013 yil manzilli dasturi ijrosini ta’minlash;
ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilma ob’ektlarini loyihalarini amalga oshirishga ishsizlarni jalb etish;
band bo`lmagan aholini ijtimoiy ximoyasini kuchaytirish (ishsizlarni xak to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, kasbga qayta o`qitish va sh.k.)
Obod turmush yilida yoshlar, jumladan kollej bitiruvchilari va xarbiy xizmatdan qaytganlarning xar biri bilan ishlab, to`liq ish bilan, jumladan zaxira kilingan ish joylariga ta’minlash.
kam ta’minlangan oilalarni qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish, bunday oilalardagi mehnatga layokatli yoshlarni birinchi navbatda ish bilan ta’minlash va o`z ishini boshlashlariga ko`maklashish
Xorazm viloyatining tumanlari bo`yicha ishga joylashmagan va vaqtinchalik ishlarda band bo`lganlarni taxlil qilish shuni ko`rsatadiki, ishsizlar soni Xazarasp (4,2 ming kishi), Qo`shko`pir (4,0 ming kishi), Xiva (3,5 ming kishi), Bog`ot (3,5 ming kishi) tumanlarida eng yuqori ko`rsatkichga egadir (2.3.4-jadval). SHunga mos ravishda ishsizlik darajasi ќam Qo`shko`pir (7,5 %), Bog`ot (5,9 %), Xiva (5,4 %) va Urganch (5,4 %) tumanlarida viloyatda eng yuqoridir. Bundan tashqari ushbu tumanlarda vaqtinchalik va mavsumiy ishda band bo`lganlar miqdori ќam yuqoridir. Ular Xazarasp (11,3 ming kishi), Bog`ot (9,7 ming kishi), Urganch (9,5 ming kishi) tumanlarida, Urganch shaxrida (9,5 ming kishi) va Gurlan tumanida (9,1 ming kishi) ko`pchilikni tashkil qiladi.
2.3.3-jadval