Mavzu: Ranglar bo‘yicha notekislikni boshqarish
- 2 soat
11- LABORATORIYA
Shlyapkalarni charxlash sifatini tekshirish.
Tarash protsessida
tarovchi
organlarning ignalari o‘tmaslanib qoladi. Shuning uchun bosh va ajratuvchi barabanlari ustiga
jilvir qog‘ozi o‘rnatilgan valiklar yordamida charxlanadi. Shlyapkalarni charxlash uchun
injener I.R. Trofimov ixtiro etgan avtomat ishlatiladi. Bu avtomat bir vaqtda 16 ta shlyapkani
charxlaydi. Charxlash sifatini indikator yordamida tekshiriladi. Bu ishni sex boshlig‘i, remont
masteri va charxlovchi bilan birgalikda tekshiradi. Bunda charxlangan shlyapkalarni 25%
ajratib olinadi. Tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
indikatorni ishlash ishlamasligi tekshiriladi.
Shlyapkalar tekshirib yoziladigan jurnal tekshiriladi.
Indikator bilan xar bir ajratib olingan shlyapka ignasini balandligi.
Agarda kontrol shlyapkaga nisbatan bironta shlyapka ignasini to‘g‘ri kelmasa, xamma
charxlangan shlyapkalar sifatsiz deb topiladi va qayta charxlash uchun beriladi.
Piltani chiziqiy zichligini va notekisligini aniqlash.
Piltani chiziqiy zichligi 1m
kesmalar bilan aniqlanadi. Bu kesmani kvadrant torozida tortib og‘irligi o‘lchanadi. Shu
ko‘rsatkich bir vaqtda piltani kilo teksdagi chiziqiy zichligi ko‘rsatadi. 3 sm kesmalar qirqib
olinib torsion tarozida og‘irligi aniqlanadi. Shu olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha (1 smda
chiziqiy zichlik va 3 smda og‘irlik bo‘yicha) piltani notekisligi aniqlanadi.
Ishning maqsadi:
Rang bo‘yicha notekislikni aniqlash va bartaraf etish
.
Laboratoriya ishi uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar:
Yigirish
laboratoriyasida o‘rnatilgan TTA mashinalari.
Topshiriq
1.
Lot asosida stavkalarni shakillantirishda HVI ko‘rsatkichlaridan foydalanish.
2.
Titish jarayonida toy paxta sirtidagi nuqsonlarni ajratishni tashkil qilish
3.
Detektorlar yordamida ajratilgan nuqsonlarni tozalash va toza paxta bo‘lakchalarini
saralanmaga qaytarish.
Uyda:
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.
Zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan jihozlangan yigirish korxonalarida
aralashma tuzishda “Lot” deb ataluvchi tola partiyalaridan foydalanilmoqda. “Lot” bitta,
ikkita yoki undan ko‘proq tola tipi va navlaridan tuzilgan bo‘lishi mumkin. “Lot”larni
tuzishda korxonada kichik namunalar usulida ishlabchiqarish sharoitida tajribaviy ip
tayyorlanib, sifati tekshirib ko‘riladi. Kerak bo‘lganda tuzatishlar kiritiladi.
HVI tizimining tezligi korxonaga keltirilgan toylarning har biridan tola xossalarini
aniqlash imkoniyatini bersa, uning dasturiy ta’minoti ipning kutilayotgan pishiqligini (CSP)
yoki uzilish uzunligi (uzish kuchi Rkm) ni hisoblay oladi. SHuningdek, HVI tizimi orqali
ishlab chiqariladigan ipning rang bo‘yicha notekisligini ham boshqarish mumkin. Buning
uchun HVI tizimida keltirilgan - rang qaytarish koeffitsienti
((Rd) – sinalayotgan paxta
tolasi na’munasi yuzasida aks etayotgan ranglar soni bo‘lib, foizlarda ifodalanadi) va
sarg‘ishlik darajasi ((+b) – sinalayotgan na’munada sariq rangni tashkil etuvchi daraja) kabi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Shuningdek, TTA operatori tomonidan stavkaga qo‘yilgan toy paxtalar sirtidagi turli
nuqsonli paxta bo‘lakchalarini olib tashlash orqali ham rang bo‘yicha notekislikni oldini olish
mumkin.
TTA mashinalari o‘rnatilgan vaqt oralig‘ida qayta ishlanayotgan saralanmaga bog‘liq
bo‘lgan holda vaqti-vaqti bilan tozalanadi.
3.6-Rasm.Avtotoytitgich barabani stavkadagi paxta toylari yuzasiga chiqazgan begona
jismlar, rangli va rangsiz tolalarni ajratib olish
3.7-Rasm. Qaytimlarni o‘rnatilgan tartibda saralanmaga kiritish
3.8-Rasm. Detektor ajratgan tolali massadan metal parchalari va buyumlarini ajratib
olish.
3.9-Rasm. Detektorlar ajratgan rangli, rangsiz va begona tolalarni paxta massasidan
ajratish
|