Urganch davlat universitetisan`atshunoslik fakulteti “Tasviriy sanat kafedrasi“



Yüklə 103,86 Kb.
səhifə4/9
tarix12.05.2023
ölçüsü103,86 Kb.
#112393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Atabayeva Muharram

II-BOB Rangtasvir kompozitsiyasi
Rangtasvir kompozitsiyasi. 5-7-sinflarda rangtasvir kompozitsiyasining metodikasi 1-4-sinflar bilan umumiylikka ega va uning davomi hisoblansada, biroq ularning bir-birlaridan farqi bor. Bunda asosiy e`tibor mavzular va topshiriqlarni o`quvchilarning yoshi, qobiliyati, ularning avvallari o`zlashtirgan bilim va malakalari hisobga olinadi.
Rangtasvir mashg`ulotlari o`qitish metodikasi mazkur yo`nalish bo`yicha ta`lim mazmuni asosida tashkil etiladi. Bunda topshiriqlar o`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzular asosida o`tkaziladi. Ular asosan, manzara, turmush, tarixiy, batal, afsonaviy, marina, animal janrlar asosida bo`ladi.
Bolalar beshinchi sinfning dastlabki mashg`ulotlarida kompozitsiya, hajm, rangshunoslik, yorug`soya, perspektivadan nazariy bilimlarni o`zlashtirganliklarini xisobga olib, 6-7-sinflarda rangtasvir kompozitsiyasidan beriladigan topshiriqlar ma`lum miqdorda murakkablashadi, ularni bajarishga ajratiladigan soatlar ham oshadi. Chunki, 5-7-sinflardagi rangtasvirdan kompozitsiya ishlash ma`lum tayyorgarlik asosida olib boriladi. Bunday mashg`ulotlar ko`proq rangtasvirchi rassomning ijodiy ish uslubiga yaqinlashadi. Bunda o`quvchi mavzuni bilib olgandan so`ng shu asosda bironta g`oyani ilgari suradi. Aytaylik, o`zbek halqining mustaqillik uchun kurashini ko`rsatuvchi mavzu tavsiya etilsa, bolalar o`zbek xalqining millatparvar, vatanparvar ekanligini, o`z xalqi Vatani uchun jonini ham ayamasligini, xalq jasoratini tasvirlashni o`z suvratining g`oyasi sifatida ilgari suradi. Ana shu g`oya asosida mavzu yuzasidan materiallar to`plashi kerak bo`ladi. So`ngra ana shu to`plangan materiallar asosida suvratning bir necha variantdagi eskizlari ishlanadi. Suvrat mazmuni yuzasidan qat`iy bir eskiz tanlangandan so`ng uni bajarishga kirishiladi.
O`quvchilar rassomlar kabi yuqorida qayd qilinganidek katta tayyorgarlik ishlarini olib bormaslarda, har qalay ma`lum ishlarni bajarishlari kerak bo`ladi. Maktab Sharoitida rangtasvirdan topshiriq mavzusi e`lon qilingach, o`qituvchi uni tushintiradi. Bunda faqat topshiriqni emas uni bajarish tartibi haqida ham fikr yuritadi. Mavzu yuzasidan suhbatda o`qituvchi uning mazmuni haqida to`xtaladi. Bu mazmun, albatta, mavzu asosida bo`ladi. Ma`lumki, 5-6- sinflarning tasviriy san`at dasturida rangtasvir yuzasidan “Karvon”, “Muqanna qo`zg`oloni”, “Suv osti dunyosi”, “Oltin kuz”, “Oyim non yopyaptilar”, “Jaloliddinning so`nggi jangi”, “Ulug`bek rasadxonasida”, “Xiva-qo`riqxona ShaHar”, “Men sevgan kasb”, “Darbozlar” kabi mavzular tavsiya etilgan. O`qituvchi esa avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqib suhbat o`tkazadi. Keyin esa mavzuga doir san`at asarlarining reproduksiyalari, fotolari, otkritka, etyud va boShqa xomaki ishlar ko`rsatilib tahlil qilinadi.
Bunday ko`rgazmali materiallarni to`plaShni o`qituvchi o`quvchilarga avvalgi darsda topshiriq tarzida bergan bo`ladi. Chunki, bunda bolalar mavzu haqida kengroq fikr yuritadilar va o`qituvchiga ko`rgazmali materiallarni to`plashga yordam beradilar.
Shundan so`ng o`qituvchi sinf doskasida kompozitsyaning 2-3 variantini chizib ko`rsatadi yoki uni o`zi avvaldan tayyorlab qo`ygan rasmi orqali tushuntiradi.
Har qanday kompozitsiya ishlash qat`iy ketma-ketlilik asosida bo`ladi. Xususan: 1. Mavzu yuzasidan mazmun tanlaSh. 2. Mavzu yuzasidan kuzatish ishlarni olib borish. Ayniqsa, manzara, turmuSh, animal janrlarda rasm ishlaganda bu metod qo`l kelsa, tarixiy, batal, marina janrlarida rasm ishlaganda esa san`at asarlarining reproduksiyalari, slayd, diopozitiv, diafilm, foto va otkritkalardan foydalaniladi. 3. Rasm o`lchovi va formatini tanlaSh. 4. Tanlangan mazmunni dastlabki kichik o`lchovdagi ishchi eskizda aks ettirish. 5. Rasm uchun qoralama, ranglamalarni bajarish. U dars, darsdan tashqari vaqtlarda ham bajarilishi mumkin. 6. Rangtasvirni chiziqli tasvirini ishlash. 7. Rangtasvirni bo`yoqlar bilan tasvirini ishlash. Mazkur tartib mavzu, mazmun, o`quvchilarning tayyorgarligi, qobiliyati, tasvirlash imkoniyatlariga qarab o`zgarishi mumkin. Bu o`zgarish ish hajmini ko`payishi yoki kamayishi hisobiga, shuningdek, tayyorgarlik va rasm ishlash bosqichlarida ham bo`lishi mumkin.

Yüklə 103,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin