Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Qorong‘i maydonli usul
, shuningdek, ob’yekt ushbu uchastkasining elektron-
mikroskopik tasviri va uning elektronogrammasi o‘rtasida aloqani o‘rnatish 
imkoniyatini beradi. Tekshirishning qorong‘i maydonli va yorug‘ maydonli elektron-
mikroskopik hamda elektronografik usullarini parallel qo‘llash natijasida qorong‘i 
maydonli suratdagi tuzilma detallarining jadal va keskin tasavirlari muayyan 
kristallografik tekisliklardan elektronlar orqali hosil qilinishi isbotlangan. Gorizontal 
tekislikdagi kontrast diafragmasini siljitib, butun elektoronogramma maydonidan 
faqat muayyan kristallografik tekisliklardan aksini ajratish va hosil bo‘lgan qorong‘i 
maydonli tasvirga tegishli kristallografik indekslarni kiritish mumkin. Qorong‘i 
maydonli usulning ajratish qobiliyati 50 Å ni tashkil etadi. 
Bevosita usullar elektron mikroskopiyada keng tarqalgan: ulardan 
foydalanganda ob’yektning o‘zi emas, butun relyefning nusxasi (ko‘chirmasi) – izi, 
replikasi tekshiriladi. 
Elektron-mikroskopik tekshirishdagi eng murakkab 
masalalardan biri bo‘lgan tasvirning talqin etilishi yanada qiyinlashadi. Bu qiyinlik 
qisman bartaraf etiladi, agar ob’yektning aynan bitta uchastkasi turlicha ta’sir 
ko‘rsatilganidan keyin uni kuzatish imkoniyati bo‘lsa, bu o‘rganilayotgan 
mikrouchastkani nazorat qilish imkonini beradigan replikani belgilash maxsus uslubi 
yordamida amalga oshiriladi. 
Tekshirilishi kerak bo‘lgan shlif oddiy yorug‘lik mikroskopida ko‘riladi va 
kerakli joyi olmos belgilagich bilan chiziladi. Belgilangan shlifdan oddiy usullar 
bilan replika tayyorlanadi. Bu asbobning imkoniyatlarini ancha kengaytiruvchi, 
elektron mikroskop ostida tekshirishning maxsus usullari keyingi vaqtda keng 
tarqalmoqda. 
Stereo mikroskopik usul 
tekshirilayotgan material yuzasining tuzilmasining, 
ayrim amorf va kristallar va shu kabilarning joylashish xarakterini aniqlash imkonini 
beradi. Ob’yekt stereoskopik tuzilmasining elektron-mikroskopik fotosurati ob’yektni 
turli burchaklar ostida suratga olish va stereoskopda ikkita suratni keyingi birgalikda 
foydalanish yo‘li bilan olinadi.Turli burchaklar ostida ob’yektning ma’lum 


48 
uchastkalarini suratga olish uchun preparatni mikroskopning o‘qiga nisbatan 
og‘dirish imkonini beruvchi maxsus stereopatronlar qo‘llanadi.
Stereokomparatorda ikkita stereo mikrofotosuratlarni ko‘rib chiqishda nafaqat 
ob’yektning sifatli fazoviy tuzilmasini olishga, balki murakkab relyef ayrim 
elementlarining o‘lchamlarini aniqlashga imkon yaratiladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin