111
Ko‘p qatlamli panellarni sinashda panellarning
yuklanishini uzatish va tayanish shartlari loyihada
qabul qilinganlarga javob berishi kerak. Agar loyihada
yuklanishni panelni barcha qatlamlariga uzatish ko‘zda
tutilgan bo‘lsa, u holda sinashda yuklanish butun
tayanch kesimi bo‘yicha loyihada qabul qilingan
ekssentrisitet bilan uzatilishi kerak, bundan bo‘shliqlar
va yumshoq issiqlik izolyatsion qistirmalar bilan
to‘ldirilgan uchastkalar mustasno (3.8-rasm).
Bir vaqtda vertikal va gorizontal yuklanishlar
ta’siriga mo‘ljallangan devor panelini sinashda
sinalayotgan panelning ikkala yo‘nalishda ham
erkin egilishini ta’minlovchi sharnirli
tayanchlarga suyash lozim. Qo‘yilgan
yuklanish panel chetining erkin ko‘chishiga
qarshilik ko‘rsatmasligi, yuklanish qo‘yilgan
nuqtalar esa sinash jarayonida sinalayotgan panelga nisbatan ko‘chimasligi kerak.
Vertikal va gorizontal yuklanishlar bir vaqtda ta’sir qilganda devor panelini
sinash sxemasi 3.9-rasmda keltirilgan.
Materillar hisobiy tavsiflarining shartliligi.
Konstruksiyalardagi zo‘riqishlar va
yuklanishlarni aniqlashda materillar va yuklanishlarning me’yoriy tavsiflaridan kelib
chiqqan holda QMQ (qurilish me’yorlari va qoidalari) bo‘yicha statistik ma’lumotlar
asosida hisoblab chiqilgan tegishli koeffitsiyentlar kiritiladi.
Temirbeton buyumlarni sinashni amalga oshirib va ularning yuk ko‘taruvchi
qobiliyatini baholab, beton material sifatid o‘z tuzilishiga ko‘ra turli xil yo‘nalishlar
bo‘yicha juda ham bir jinsli emasligini va yaxlit emasligini e’tiborga olish lozim.
Betonning bir jinsli emasligi (anizotro-piyasi) uni tayyorlash texnologiyasi bilan
bog‘liq. Beton yaxlit material emasligi sababi temirbeton buyumlarni qoliplash
jarayonida sirtga chiqadigan ko‘rinuvchi yoriqlardan tashqari, mikroyoriqlar ham
hosil bo‘lishi. Sinalayotgan konstruksiyalarda materilning zo‘riqgan holatini
baholashda bu omillarning barchasini hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: