124
Δ
R
— tenzorezistorning deformatsiyada boshlang‘ich qarshiligining o‘zgrishi
kattaligi, Om;
l
— tenzorezistor uzunligi yoki bazasi: mm;
K
— tenzorezistorning sezgirlik koeffitsiyenti (tenzorezistorning omik
qarshiligining nisbiy o‘zgarishi
Δ
R
/
R
ni nisbiy deformatsiya (
Δ) ga nisbati bilan
aniqlanadigan kattalik;
Δ
l
— tenzorezistor deformatsiyasi kattaligi bo‘lib, tekshirilayotgan
elementning deformatsiyasiga teng, mm.
Shunday qilib, tenzorezistorning asosiy tavsiflari quyidagilardir: qarshilik
R
,
baza
l
va sezgirlik koeffitsiyenti
K
.
Tenzorezistorlar 5; 10; 20; 30; 50; 80; 100; 200 mm baza bilan tayyorlanadi.
Qo‘lanilayotgan tenzorezistorlar bazasini tajribaning tavsifi va vazifalariga bog‘liq
holda hamda konstruksiya tayyorlangan materialning bir jinsliligini
hisobga olgan
holda tanlab olinadi.
Qurilish konstruksiyalarini sinashda asosan quyidagi tenzorezistorlardan
foydalaniladi: betondagi deformatsiyalarni o‘lchash uchun - 50; 80; 100 mm baza
bilan, armaturadagi va metalldan tayyorlangan qurilgan detallardagi
deformatsiyamerni o‘lchash uchun — 10; 20; 30 mm baza bilan.
Statik sinovlarda qo‘llaniladigan tenzorezistorlarning qarshiligi 50 dan 400 Om
gachani tashkil etadi. Tenzorezistorlar qarshiligining tarqoqligi portiyada 1 0 m dan
oshmasligi kerak. Avval aytib o‘tilganidek, tenzorezistorning juda muhim parametri
uning
tenzosezgirligi hisoblanadi, u panjaraning materialiga va konstruksiyasiga,
qo‘llanilayotgan yelimining asosiga, shuningdek, tenzorezistorni tayyorlash usuliga
va yelimlanishiga bog‘liq. Tenzorezistorning sezgirligi koeffitsiyenti 2,0 dan 2,3
gacha oraliqda bo‘ladi. Konstantadan tayyorlangan tenzorezistorlar panjara materiali
ishi bosqichiga bog‘liq bo‘lmagan (elastik yoki elastik emas), amalda doimiy
tenzosezgirlikka ega. Shuning uchun omik qarshilikli tenzorezistorlar uchun asosan
konstantan simdan foydalaniladi. Simli tenzorezistorlar sinalayotganda elementning
bir o‘qli va tekis zo‘riqgan holatidagi deformatsiyalarni aniqlashga imkon beradi.
Agar bosh deformatsiyalarning yo‘nalishlari ma’lum bo‘lsa, u holda
tenzorezistorlarni ta’sir qiluvchi kuchlanishlarning yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi;
agar yo‘nalishlari noma’lum bo‘lsa, u holda to‘g‘ri
burchakli yoki uchburchakli
rozetka sxemasi bo‘yicha bir necha tenzorezistor qo‘llaniladi.
125
Hozirgi vaqtda ko‘p marta foydalanish uchun mo‘ljallangn olinuvchi
termokompensatsiyalngan tenzorezistorlar ham ishlab chiqilmoqda.
Tenzorezistorlarni beton sirtiga o‘rnatishda yelimlanadigan joyi chang, bo‘yoq
va shu kabilardan tozalanadi, keyin beton sirti korborundli brusoklar bilan tozalanadi.
Gipsli qorishma bilan chuqur rakovinalar to‘ldiriladi. Tozalangn sirt atseton bilan
artiladi, keyin texnik spirt bilan artiladi, shundan so‘ng
betonning tashqi qatlamini
singdirish va mustahkamlash hamda g‘adir-budurliklarni tekislash maqsadida sirtni
2–3 qatlam yelim bilan gruntlanadi.
Tenzorezistorlarni sinalayotgan konstruksiyalarning metall qismlariga va
armaturalarni yelimlashda bu joylar karborund brusoklar yoki disklar bilan zang,
kuyindi, bo‘yoq va sh.k.lardan tozalanadi. Tozalangan sirt
atseton bilan, keyin esa
spirt bilan artiladi. Tenzorezistorni yelimlashda yelim qatlami qalin bo‘lmasligi
kerak, aksincha yelim maxsus valik bilan sellofan plenka orqali o‘q bo‘yicha
o‘rtasidan chetiga qarab bir tekis silab, valik bilan yo‘qotiladi.
Tenzorezistorlarni tayyorlash va yelimlash uchun qo‘llaniladigan yelimlar
tenzopanjaraga va tekshirilayotgan materialga nisbatan yuqori adgezilga, ko‘chishda
yuqori bikrlikka, barqaror va yuqori
dielektrik xossalarga, texnologik qo‘llanishdagi
termogidromustahkamlikka ega bo‘lishi kerak.
Tenzometrik qayd etuvchi apparatura.
Sinovlarda o‘lchanadigan
deformatsiyalarning kattaligi tekshirilayotgan konstruksiyaning materiliga, sinash
xarakteriga bog‘liq va ko‘p hollarda
1Ѕ10-6 dan 1Ѕ10-3 nisbiy birliklardan tashqariga
chiqmaydi. Shunchalik kichik deformatsiyalarni o‘lchash, odatda, elektron
kuchaytirgichli sezgirligi yuqori qayd etuvchi apparaturaning qo‘llanilishini talab
etadi. Statik sinovlarda dastaki balansirovkali bir qavatli ko‘prikka ega ID (ISD-2,
IMASH, ISD-3, ID-62) turidagi deformatsiyalarni elektron o‘lchagichlar; ko‘prigi
avtomatik balansirovkali AI yoki AID (AI-1, AI-2, AID-1, AID-2, AID-2M) turidagi
elektron deformatsiya o‘lchagichlari amaliyotda qo‘llanilmoqda. Tenzometrik qayd
etuvchi appraturaning tavsiflari 3.1-jadvalda keltirilgan. Tenzorezistorlarning
ko‘rsatishlarini avtomatik yozib oluvchi asboblar qatoriga EPP-00 elektron
potensiometrdan yoki EMP-209 asbobidan qayta jihozlangan deformatsiyalarni
avtomatik qayd etuvchisi AR-1 kiradi. AR-1 asbobi bir vaqtda 24
nuqtadagi
deformatsiyalarni o‘lchash va qoQoz tasmaga qayd etishni ta’minlaydi.