127
Ulardan birinchisi konstruksiyani sinash ma’lumotlari bo‘yicha ishlov berishni
avtomatlashtirish hisoblanadi. Bu masalani yechish kompyuterga kiritish uchun
tenzistorlarning birlamchi o‘zgartkichlari chiqish signalini almashtirishni amalga
oshiruvchi texnik vositalar to‘plami bilan, shuningdek juda tez ishlovchi, xotira hajmi
katta va h.k. bo‘lgan kompyuterning sof hisoblash imkoniyatlari bilan ta’minlanadi.
Axborotni to‘plash va mashinada ishlov berish
masalalarini hal qiluvchi
sistemalarning o‘ziga xos xususiyati turli xil quvvatga ega universal kompyuterlardan
va maxsus dasturlardan, eksperimental qurilmali ko‘p miqdordagi aloqa kanallaridan,
ishlov berish natijalarini grafik va vizual taqdim etishning rivojlangan vositalaridan
va axborotni operativ to‘plagichlaridan foydalanish hisoblanadi. Sistemalar
ishlashining eng afzal rejimi axborotga tajriba sur’atida (tempida) ishlov berish
hisoblanadi.
Eksperimental tadqiqotlarni avtomatlashtirishning
ikkinchi jihati axborotga
ikkilamchi ishlov berishning katta imkoniyatlaridadir. Axborotga ishlov berish
dasturlarining tez-tez almashishi mumkinligi, bir qancha tajriba seriyalari bo‘yicha
statistik axborotning yig‘ilishi, matematik ta’minot, kompyuter bilan axborot
almashishning grafik sistemalari, axborotni yanada quvvatli kompyuterlarga uzatish
imkoniyati — bularning hammasi sinalayotgan konstruksiya to‘g‘risidagi birlamchi
axborotga ishlov bergandan so‘ng yangi bilimlar va hodisaning
qonuniyatlarini
olishni ta’minlovchi bog‘lanishlarni hosil qilishga imkon beradi.
Uchinchi jihat — tajribani dasturiy boshqarishning yoki tajriba va EO‘M
o‘rtasidagi teskari aloqalarni tashkil etish yo‘li bilan boshqarish imkoniyatlarini
nazarda tutuvchi, xsusan tajribani avtomatlashtirish.
Zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari ko‘p jihatdan hisob-kitob olib
borishning an’anaviy, kam samarali usullarini avtomatlashtirishga imkon berib,
bunda dastlabki axborotga ishlov berish muddatlarining ancha qisqarishini va
olinayotgan natijalar aniqligining ortishini ta’minlaydi. Kuzatish natijalariga ishlov
berish uchun «Kuzatish natijalariga statistik ishlov berish» dasturi tuziladi yoki
mavjud sinchiklab tekshirilgan kompyuter dasturlaridan foydalaniladi.