Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

3.20-rasm. Aistovning TA–
2 tеnzomеtri:
1–qo‘zg‘almas prizma; 2–qo‘zg‘aluvchi prizma;
3–p
еro; 4–makromеtrik vint; 5–tortuvchi gayka; 6–shkalali disk; 7–sanoq uchun ko‘rsatkich;
8–hisoblagich (schyotchik); 9–tovush chastotasi signallari g
еnеratori; 10–strubtsina. 
Konstruksiyani yuklashda tenzometr o‘rnatilgan uchastkaning uzunligi 
o‘zgarib boradi va qo‘zg‘aluvchi prizmaning ma’lum burchakka burilishga majbur 
qiladi. Shu paytda disk soat strelkasiga qarama-qarshi peroga tekkuncha aylantiriladi 
va tovush signali paytida ikkinchi sanoq amalga oshiriladi. 
Elementning deformatsiyasi: 
Δ
l

Δ
Nm
formula bo‘yicha aniqlnadi,
bunda: 
Δ
N
— shkala bo‘yicha sanoqlar farqi, mm; 
m
— shkalaning bir bo‘limi qiymati. 
Diskning bir marta aylanishi 100 mk deformatsiyaga mos keladi, 
mikrovintning to‘liq yurishi esa 800 mk gacha deformatsiyalarni o‘lchash imkonini 
beradi. 
Siljishdan deformatsiyani aniqlash zarur bo‘lganda universal tenzorezistor — 
Aistov sdvigomeri (siljish o‘lchagichi) TAS dan foydalaniladi. Bu asbob bo‘ylama 
deformatsiyalarni tenzorezistor bilan o‘lchashda ham, sdvigomer sifatida ishlab, 
siljish deformatsiyasini o‘lchashga ham imkon beradi. 


122 
Temirbeton konstruksiyalarni uzoq muddatli sinovlarda deformatsiyalarni 
aniqlash uchun, o‘lchashlarda oddiy tenzorezistorlar yaroqsiz bo‘lganda, 
komparatorlardan foydalaniladi. Komparatorlar optik va mexanik turlarga bo‘linadi. 
Tenzorezistorlar va tenzorezistorli apparatura.
Qurilish konstruksiyalari va 
detallarini tadqiq etishda hamda sinashda deformatsiyalarni o‘lchash uchun simli 
tenzorezistorlar keng qo‘llaniladi. Deformatsiyalarni tenzorezistor bilan o‘lchash 
usulining asosida tenzometrik effekt — deformatsiya vaqtida o‘tkazgichning va 
yarimo‘tkazgichning elektr qarshiligining o‘zgarishi yotadi. Simli tenzorezistorda 
tenzometrik effekt metall sim elektr qarshiligining elastik deformatsiyada 
o‘zgarishidan iboratdir. Bu xossa tenzorezistorning tenzosezgirligi deyiladi. 
Tenzorezistorning muhim tavsifi uning tenzosezgirlik koeffitsiyenti 
hisoblanadi, u tenzorezistor qarshiligi o‘zgarishining uning nisbiy deformatsiyasiga 
nisbatini ifodalaydi. 
Yupqa qog‘oz moslamasiga maxsus elastik yelim bilan yelimlangan bir biriga 
yaqin joylashtirilgan bir nechta konstantan sim halqalardan (panjara ko‘rinishida) 
iborat simli tenzorezistorlar juda keng tarqalgan (3.21-rasm). Sim panjara (to‘r)ning 
uchlariga elektromontajda qulaylik uchun diametri 0,1-0,2 mm va uzunligi 20–30 
mm bo‘lgan mis sim ko‘rinishidagi tokeltuvchilar kovsharlab qo‘yiladi. Tenzorezistor 
yuqori tenzosezgirlikka, yuqori solishtirma qarshilikka va kichik temperatura 
koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerakligi uchun odatda tenzorezistor panjaralari diametri 
0,12–0,3 mm bo‘lgan mis bilan nikel (konstantan, edvans, elinvar va boshqalar) 
qotishmalaridan tayyorlanadi. Tenzorezistorning ijobiy sifatlariga quyidagilar kiradi: 
deformatsiyalarni konstruksiyaning sirtida ham, ichida ham bevosita qayd etish 
mumkinligi; deformatsiyalarni o‘lchashning yuqori aniqligi; yuklanishning barcha 
bosqichlarida, hatto konstruksiya materialining oquvchanligigacha (materilning 
oquvchanligida tenzorezistorning ko‘rsatishlari suzadi) deformatsiyalarni o‘lchash 
mumkinligi; datchikni tekshirilayotgan konstruksiyaga o‘rnatishning nisbatan 
osonligi va uni mexanik asboblarni o‘rnatish mumkin bo‘lmaydigan joylarga 
o‘rnatish mumkinligi; ham statik, ham dinamik yuklanishlarda bo‘lgan 
konstruksiyalarning turli xil detallari va elementlarining deformatsiyalarini tadqiq 
etish mumkinligi; massasi kichik va o‘lchamlari ham kichik simli tenzorezistorlarni 
tayyorlashning nisbatan osonligi va arzonligi. 


123 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin