120
3.19-rasm. T
еnzomеtrni o‘rnatish
sx
еmasi:
a–b
еtonda; b–armaturada;
1–sinalayotgan el
еmеnt; 2–ostqo‘yma;
3–uzaytirgich; 4–t
еnzomеtr; 5–yumshoq
simdan o‘ram; 6–sim ank
еrovkasi;
7–elastik spitsa.
Tenzometrni o‘rnatish sxemasi 3.19-rasmda ko‘rsatilgan. Tenzometrlarni
o‘rnatishda ular sinash vaqtida zo‘riqishlarning mahalliy to‘planishi mumkin bo‘lgan
joylarga o‘rnatilmasligini kuzatib turish zarur.
Sinovlarda ishlashda yuqori ustivorlikka va ishonchlilikka ega bo‘lgan Aistov
tenzometrlari TA-2 va TA-3 sinovlar amaliyotida keng tarqaldi. Bu tenzometrlar
diskining mavjudligi tufayli asbobni qayta o‘rnatmasdan keng chegaralardagi
deformatsilarni o‘lchashga imkon beradi.
TA-2 tenzometri uchta: A, B va V qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ulardan
yuqori A qismi qolgan ikki qismdan elektrizolatsiyalngan (3.20-rasm). Asbobning
tayanch qismi ikkita prizmaga ega-vilkaning paziga kirib turuvchi qo‘zg‘aluvchi va
qo‘zg‘almas. Yuqori A qismda qirqma mufta mavjud bo‘lib, u
orqali unga mahkam
o‘tkazilgan diskli mikrometrik disk o‘tadi. Diskda millimetrlarda darajalangan shkala
mavjud. A va B qismlar yuqori chastota signallari generatori bilan biriktirilgan.
Deformatsiyalarni o‘lchashda mikrometrik vintning uchi diskni soat strelkasga teskari
burish yo‘li bilan peroning kontakt yuzasigacha yetkaziladi, buning
natijasida elektr
zanjir ulanadi va tovush signaliga ko‘ra hisob olinadi. Keyin diskni teskari tomonga
burib, mikrovint uchi perodan uzoqlashtiriladi va signalning ishlashi to‘xtaydi.