IKKINCHI BO‘LIM KONSTRUKSIYALARNI STATIK VA DINAMIK YUKLANISHLAR BILAN NATURA SINOVLARI III BOB. SINOVLAR TURI VA VAZIFALARI, ASBOBLAR VA QURILMALAR 3.1. Konstruksiyalarga talablar va ularning ishini baholash Barcha temirbeton buyumlarga, ayrim elementlarga va inshootlarga nisbatan
umuman qurilish me’yorida va qoidalarida, texnik shartlarda va davlat standartlarida
bayon qilingan talablar qo‘yiladi. Bu talablar temirbeton konstruksiyalarni ko‘tarish
qobiliyati (birinchi guruhning chegaraviy holatlari) bo‘yicha va me’yorida
foydalanishga yaroqliligi (ikkinchi guruhning chegaraviy holatlari) bo‘yicha
hisoblash zarurlgini ko‘zda tutadi.
Konstruksiyaning ishini baholashda asosiy omillarni: hisobiy sxemasining
shartliligi, materiallarning hisobiy tavsiflarini shartliligini, konstruksiya ishining vaqt
o‘tishi bilan tavsifining o‘zgarishini hisobga olish zarur. Sanab o‘tilgan omilarni
to‘g‘ri hisobga olinishiga o‘tkazilgan sinovlar natijalarining aniqlik darajasi bog‘liq
bo‘ladi.
Hisobiy sxemalarining shartliligi. Sinalayotgan konstruksiyalarning hisobiy
sxemalari bu konstruksiyalarni loyihalash jarayonidagi hisoblashdagi kabi yoki
konstruksiyaning inshoatda haqiqiy ishlash sharoitlariga muvofiq o‘zgartirilgan holda
qabul qilinadi. Masalan, bir oraliqli to‘sin loyihada biri qo‘zg‘almas va ikkinchisi
qo‘zg‘aluvchi tayanchlari bo‘lgan sharnirli tayanchli sifatida hisob qilinadi.
Tayanishning xuddi shunday sxemasi sinovlar vaqtida ham tashkil qilinadi. Tajribada
olingan ma’lmuotlar konstruksiyaning inshootdagi haqiqiy ishini aks ettirmaydi,
chunki bunda real sharoitlarda tayanchlardan birining hisoblash sxemasida ko‘zda
tutilgan qo‘zg‘aluvchanligi ta’minlanmaydi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni nazorat sinovlardan o‘tkazishga davlat
standartlari tomonidan ularning tayanish va yuklantirish sxemalari belgilab qo‘yilgan.
Konstruksiyalar odatda ishchi holatida, ya’ni ular inshootda ishlaydigan holatda
sinalishi kerak.
Tajribalarda yo‘l qo‘yiladigan konstruksilarni 90° yoki 180° ga burishlar
bunday burishlarda yoriqlarning paydo bo‘lishini istisno qilgandagina amalga
108
oshirilishi kerak, va bu holda ham sinovlar quyiladigan yuklanishning yo‘nalishi
tegishlicha o‘zgartirilganda amalga oshirilishi kerak.