Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Dinamik sinov natijalarga ishlov berish



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

5.7.2. Dinamik sinov natijalarga ishlov berish 
Dinamik sinov natijalarini ishlashning mazmuni qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq. 
Biroq shunday masalalar guruhi ham borki, ularni hal etish ko‘pchilik hollarda 
majburiydir. Quyida ana shunday masalalar ko‘rib chiqilgan. 
Vibrogrammalarni tahlil qilish va tebranishlarning asosiy tavsiflarini aniqlash.
Vibrogramma tebranma harakatning vaqt o‘tishi bilan yoyilgan manzarasini 
ifodalaydi. Ma’lumki, vaqt ko‘lamini qayd etishga bog‘liq holda vibrogrammalar 
vaqti belgilanmagan va vaqti belgilngan bo‘ladi. 
Vaqti belgilanmagan vibrogrammalar holida ulrni ishlash natijasini tebranishlar 
amplitudasi aniqlanadi; ikkinchi holda (vaqti belgilangan vibrogrammalar) – 
qo‘shimcha ravishda tebranishlar chastotasi (davri) aniqlanadi. Tebranishlarning 
turiga bog‘liq holda. (5.16-rasm): oddiy, birtonli vibrogramma; murakkab – ikki va 
uch tonli vibrogramma; zarbiy (impuls) yuklanishdan hosil bo‘lgan murakkab; bir 
necha tanli murakkab vibrogrammalar farqlanadi. 5.16-
ye 
rasmda rezonans hodisasi, 
5.16-j rasmda urilish hodisasi ko‘rsatilgan. 
Bir tonli oddiy tebranishda konstruksiya bitta uyg‘otuvchi kuch ta’sirini sezadi 
(xususiy tebranishning ta’siri juda kam va vibrogrammada ko‘rinmaydi). 


180 
Murakkab tebranish (bir necha tonli) ham yo bitta kuch ta’sirida (agar bu kuch 
ta’sirida turli chastotali davriy impulslar yuzaga kelgan holda), yoki turli chastotalar 
bilan ta’sir etuvchi bir necha kuchni qo‘shish natijasida yuzaga kelishi mumkin. 
Shunday qilib, murakkab tebranishni turli xil chastotaga ega bo‘lgan bir nechta 
oddiy tebranishlar yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Yozib olingan vibrogrammalar bo‘yicha dinamik tavsiflarni aniqlash uchun 
ularning shifrini ochish (o‘qish) kerak bo‘ladi. Buning uchun bir holda yozib olngan 
vibrogrammalar bo‘yicha keng ko‘lamli o‘lchamlar bilan cheklaniladi, boshqa holda 
— yozuvni o‘qishning yanada aniqroq analitik usullari qo‘llaniladi. 
Tashqi 
ko‘rinishga ko‘ra vibrogrammalarni konstruksiyani yuklantirishda 
kechadigan jarayon deb taxminan tasavvur qilish mumkin. Mana, masalan, 
tebranishlar amplitudasi keskin o‘zgarganda (5.16-

rasm) bu zarbiy xarakterga ega 
kuchlar ta’sir etayotganini ko‘rsatadi. Amplituda qiymatining juda kam o‘zgarishi va 
uning o‘zgarishi qonuniyatlarining noaniq ifodalnishi (5.16-

rasm) dinamik 
yuklanish intensivligi (jadalligi)ning barqarorligini ko‘rsatadi. Rezonans hodisasi 
amplitudaning keskin o‘zgarib, ma’lum vaqtda uning maksimal qiymati saqlanib 
turishi bilan ifodalanadi (5.16-

rasm). 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin