178
vertikal o‘q atrofida aylanuvchi baraban joylashtirilgan bo‘lib, unda qog‘oz tortilgan.
Yuk bilan baroban o‘rtasidagi aloqa chap uchi vibrogramma chizuvchi pero orqali
o‘rnatilgan. Shu qog‘ozning o‘zida elektromagnit yordamida pero bilan vaqt
masshtabi yoziladi. Tadqiq etilayotgan elementning tezlanishi
2
2
2
2
4
4
af
T
a
x
π
π
=
=
formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda:
a
– eng
katta amplituda;
T
– asbob qog‘ozida (barabanida) yozilgan tebranishlar davri;
f
– tebranishlar chastotasi.
5.7. Dinamik sinovlarni o‘tkazish va natijalarga ishlov berish
5.7.1. Konstruksiyani sinash uchun tayyorlash va sinovni o‘tkazish
Dinamik sinovlarni tashkil etish statik sinovlarni tashkil etishdan
juda kam farq
qiladi va sinash yuklanishining xususiyatlari hamda qo‘llanilayotgan asboblarning
o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘lgan faqat sinovlarning ayrim qo‘shimcha bosqichlrini
o‘tkazishni talab etadi. Statik sinovlarda ham, dinamik sinovlarda ham avval
sinalayotgan konstruksiyani mufassal ko‘zdan kechirish va barcha o‘ziga xos
nuqsonlarni kiritib uning eskizini tuzish zarur.
Masalan, kran osti konstruksiyalarini dinamik yuklanish bilan sinashda kran
yo‘lining profili olinishi kerak. Bu profilda relslar choklarining joylashishi o‘rni va
ularning holati chizib ko‘rsatilishi kerak. Sinash ishlari
rejasi tuzimida harakatdagi
yuklanishning tezliklari, shuningdek harakatdagi yuklanishni tormozlashni amalga
oshirish imkoniyatlari tanlab olinishi va asoslanishi kerak. Buning
uchun birinchi
navbatda tormoz sistemalarini tekshirish va ularni to‘la tartibga keltirish zarur.
Agar tekshirilayotgan konstruksiyaga turli xildagi dinamik yuklanishlar ta’sir
etayotgan bo‘lsa, u holda ularning ham statik, ham dinamik tavsiflarini aniqlash
zarur. Zarbiy yuklanishlar bilan sinashda ularni qo‘yish
nuqtalarini aniqlash va bu
yuklanishlrni amalga oshirish uchun tegishli sxemalarni tanlab olish talab etiladi.
Olingan sinash natijalarining aniqligini ta’minlash uchun o‘lchov
apparaturasini va asboblarini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Seysmik
yuklanishlarga o‘xshash dinamik yuklanishlar ta’sirida tebranishlarni va binolar
hamda inshootlarning holatini o‘rganishda taxmin qilingan eng bo‘sh uzellarning va
179
h.k. larning hisob-kitob sxemasini hisobga olib vertikal va gorizontal bo‘yicha turli
darajada asboblarni (vibrodatchiklarni, akselerometrlarni va boshqalarni) to‘g‘ri
joylashtirish katta ahamiyatga ega. Dinamik sinovlarni o‘tkazish statik sinovlarni
o‘tkazishdan ko‘ra yanada sinchiklab tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Buning
sababi ancha murakkab apparaturaning qo‘llanilishi, shuningdek
dinamik
sinovlarning statik sinovlarga nisbatan ancha tezroq o‘tishidadir va bu yerda: sinov
jarayoniga tuzatishlar kiritish qiyin. Statik sinovlardagi kabi, dinamik sinovlarda ham
sinov natijalarini ikki bosqichda ishlab tayyorlash tavsiya etiladi: birinchisi —
dastlabki (yo‘l-yo‘lakay) va ikkinchisi — yakuniy.
Natijalarni dastlabki ishlash asosiy sinash jarayoni bilan parallel ravishda
amalga oshriladi. Bu ishdan asosiy maqsad asboblarning to‘g‘ri
ishlashini nazorat
qilishdir. Sinov natijalarini yakuniy ishlash sinash jarayoni tugagandan so‘ng
o‘tkaziladi va tebranma harakatning asosiy tavsiflarini aniqlashni nazarda tutadi:
amplitudalar, chastotalar (davr), tezlanish, kuchlanishlarni aniqlash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: