94
Namunani botirish domkrat vinti yordamida amalga oshirilib, domkrat
yuritmasi dastagi aylantirilganda prujinani berilgan kuchlanishgacha siqadi. Ishchi
prujina kuchlanishi richagning katta yelkasi va yuqori tayanch boshmoqlari orqali
namunaga uzatiladi. Namunaning deformatsiyalarini o‘lchash indikatorlar yordamida
amalga oshiriladi.
Qurilma o‘lchamlari 200x200x800 mm bo‘lgan namunalarni sinash uchun
foydalanilishi mumkin. Richagli qurilma tomonidan amalga oshirilayotgan
kuchlanishni tariflash namunaviy dinamometr yordamida amalga oshiriladi, bu
dinamometr tekshirish paytida namuna o‘rniga o‘rnatiladi. Betonni 100 t gacha
kuchlanish bilan uzoq vaqt siqib turish uchun shung o‘xshash konstruksiyaga ega
bo‘lgan richagli prujinali qurilma ham ishlb chiqilgan.
Betonni cho‘zishga uzoq muddatli sinash uchun 5 t gacha kuchlanish beruvchi
prujinali qurilmadan foydaolaniladi. Qurilma (2.6-rasm) payvandlangan metall
ramadan, tortqili ikkita tutqichdan, yuqori va quyi tayanchli prujinalardan tashkil
topgan. 100x100x1480 mm o‘lchamli namuna rama ichiga joylashtriladi va
tutqichlarda mahkamlanadi. Namunaga cho‘zuvchi kuchlanish prujina yordamida
vujudga keltiriladi, u shturval aylanganda siqladi va tutqich bilan tortqini yuqoriga
siljitadi. Quyi tutqich qo‘zg‘almas blgani hamda yuqori tutqichning siljishi namunani
cho‘zadi.
2.6-rasm. Uzoq muddatli cho‘zish uchun qurilma sxemasi:
1–payvand rama; 2–pastki tortqi;
3–pastki tutqich; 4–sinalayotgan namuna; 5–yuqorigi tutqich;
6–yuqorigi tortqi; 7–shturval; 8–prujinaning pastki tayanchi;
9–prujina; 10–prujinaning yuqori tayanchi.
Dostları ilə paylaş: