Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 


95 
2.3. Betonning o‘z-o‘zini kuchlantirishni aniqlash uslubi 
 
Beton va temirbeton asosiy konstruksion materiallar hisoblanadi va qurilish 
konstruksiyalarining jahon ishlab chiqarishining umumiy tuzilmasida yetakchi 
o‘rinlarni egallaydi. Shuning uchun ularning qurilish-texnik tavsiflarini yaxshilash 
respublika iqtisodiyotini jadal rivojlantirish sharoitida qurilish samaradorligini 
oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Beton va temirbetonni rivojlantirish va 
takomillashtirish yo‘nalishlaridan biri konstruksiyalarning ishonchliligini, 
chidamliligi va tejamkorligini ta’minlovchi yangi avlod betonlarini ishlab chiqish va 
qo‘llanish hisoblanadi.
Temirbetonning qurilish-texnik xossalarini yaxshilashning muhim zaxirasi 
dolzarb muammoni – betonda tuzilma nuqsonlarini va o‘tkazish, cho‘kish 
hodisalarini bartaraf etish yoki iloji boricha kamaytirish hisoblanadi. Cho‘kish 
deformatsiyalarini betonning cho‘zilishiga mustahkamligi past bo‘lishi bilan 
qo‘shilib, konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi, ularning 
deformativligini oshiradi, chidamliligini pasaytiradi. Cho‘kishning salbiy oqibatlarini 
kamaytirishning an’anaviy yo‘llari juda murakkab va har doim ham samarali 
bo‘lavermaydi. 
Cho‘kishning salbiy oqibatlarini bartaraf etishning va beton hamda 
temirbetonning qurilish-texnik xossalarini yaxshilashning eng istiqbolli yo‘li 
kuchlantiruvchi sementning (KS) qo‘llanilishi hisoblanadi. Puxtaligi yuqori bo‘lishi, 
yorilishga bardoshligi, 
singdirmasligi va qattiqlashayotganda kengayib 
temirbetonning o‘zini kuchlantirish (oldindan kuchlantirish) 
qobiliyati 
kuchlantirilgan sementli betonlardan turli xil qurilish sohalarida ayniqsa quruq issiq 
iqlim sharoitlarida foydalanishning samaradorligini belgilab beradi. 
Kuchlantiruvchi sement uchun sement toshining nisbatan katta 
mustahkamligida kengayishi qobiliyatining mavjudligi xosdir. Bu kengayishi 
erkinligini armirlash bilan cheklashda uning o‘zini kuchlantirish ta’minlanadi. KS 
ning bu qobiliyati uni boshqa, hajmi faqat qattiqlashning dastlabki muddatlarida, 
sement toshining mustahkamligi hali uncha kata bo‘lmaganda, kengayuvchi 
sementlaridan farq qildiradi. KS ning ancha kengayishi qotgandan keyin va 10,0 ÷ 
15,0 MBa mustahkamlikka erishgandan so‘ng yuz beradi. Bunday mustahkamlikda 
kengayuvchi sement toshi beton ichiga qo‘yilgan armaturani, uning joylashishi va 


96 
oriyentatsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘zadi, bu bilan betonda hajmiy siqilish 
vujudga keltiriladi.
Shuning uchun betonning kengayishi hisobiga temirbetonni oldindan 
kuchlantirish (o‘zini kuchlantirish) ayniqsa egri chiziqli konturga ega konstruksiyalar 
uchun shuningdek ikki va uch o‘qli dastlabki kuchlantirish zarur bo‘lganda, bu 
kuchlantirishni mexanik yo‘l bilan amalgi oshirish qiyin va ko‘pincha amalda 
mumkin bo‘lmaganda ayniqsa samaralidir. 
KS dagi betonlarning muhim xossasi ularning yuqori darajadagi suv, gaz va 
benzin singdirmasligi hisoblanadi. Bundan tashqari, ular issiqlik ishlovidan keyin 
ham, portland-sementga nisbatan 28 sutka me’yorida saqlangandan keyin ham 
mustahkamligining yanada jadal o‘sishi Bilan tavsiflanadi. 
Hozirgi vaqtda KS ning texnik xossalari va sinash usullari NIIJB (TBITI) da 
ishlab chiqilgan TU 5334-072-02495336-98 
da tartibga solingan. 
KS 
mustahkamligiga ko‘ra ikki markada ishlab chiqariladi: 400 va 500 va kengayish 
energiyasiga ko‘ra ikki markada: NS-20 va NS -40 ishlab chiqariladi. KS bu turlari 
4x4x16 sm o‘lchamli standart namunalarning mos holda 2,0 va 4,0 MBa o‘zini 
kuchlantirish bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, asosan cho‘kish xodisalarini 
qoplash uchun mo‘ljallangan, kengayish energiyasi kichik bo‘lgan NS -10 
chiqariladi. 
KMK 
2.03.01 
-96 “Beton va temirbetonkonstruksiyalari”da o‘zini 
kuchlantirish bo‘yicha quyidagi markadagi kuchlantiruvchi betonni qo‘llanishi 
ko‘zda tutilgan: Sp 0,6; Sp 0,8; Sp 1; Sp 1,2; Sp 1,5; Sp 2; Sp 3; Sp 4; (raqamlar 
o‘zini kuchlantirish kattaligi MPa da ko‘rsatadi). 
Kuchlantiruvchi betonga nisbatan qo‘yiladigan talablarga bog‘liq holda o‘zini 
kuchlantirishni – beton markasini o‘zini kuchlantirish bo‘yicha nazorat qilish amalga 
oshiriladi. Kuchlantiruvchi betonning o‘zini kuchlantirish betonning hisob qilingan 
o‘zini kuchlantirshini va armatura kuchlanishini ta’minlash maqsadida betonning 
tarkibini tanlashda va sifatini nazorat qilishda aniqlanadi. 
Betonning o‘zini kuchlantirishi R
bsn 
prizmalarining bo‘ylama armirlanishiga 1: 
miqdorida ekvivalent bo‘lgan, betonning kengayishi jarayonida deformatsiyalarning 
elastik cheklanishlarini vujudga keltiruvchi, qolipga solingan va dinamometrik 
konduktorlarda qattiqlashuvchi (qotuvchi), 
o‘lchamlari 100x100x400 yoki 


97 
50x50x200 mm bo‘lgan (fraksiyasi 20 mm dan ortiq bo‘lmagan shag‘aldan 
foydalanilganda) uchta nazorat namuna – prizmalar bo‘yicha aniqlanadi. 
Sinovlar uchun quyidagi jihozlar qo‘llaniladi: 
-
o‘lchamlari 50x50x200 yoki 100x100x400 mm bo‘lgan namuna prizma uchun 
dinamometrik konduktor (2.7, 2.8 - rasmlar);

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin