93
Siqishga uzoq muddatl sinashlar uchun yanada mukammal qurilma kuch
o‘lchagich sifatid gidravlik domkrat monometridan foydalaniladigan qurilma
hisoblanadi (2.4b - rasm). Yuklantirishda kuchlanishni nazorat qilish uchun
monometrning qo‘llanilishi yuklanishning kattaligini aniqlash aniqlgini oshiradi.
Bundan
tashqari, namunaning qurilmaning yuqori qismiga o‘rnatilishi namunalarni
yuklantirishda va o‘lchash asboblarining ko‘rsatishlarini kuzatishda ishni
yengillashtiradi.
Bir paytda oltita namunani siqishga uzoq vaqt sinash uchug kassetali prujinali
qurilma xizmat qiladi. U uchta oraliqda ajratilgan payvand ramadan, (ularning har
birida ikkitadan namuna sinaladi), har birining yuk ko‘tarish qobiliyati 8 t dan
bo‘lgan
uchta prujinadan, yuklanish vintlaridan va deformatsiyalarni o‘lchash uchun
indikatorlardan iborat. Prujinada kuchlnish payvand
ramaga bikr mahkamlangan
gaykadagi yuklanish vintini aylantirish yo‘li bilan yuzaga keltiriladi, deformatsiyalar
esa soatga o‘xshash indikatorlar yordamida o‘lchanadi.
Katta yuklanishlar ta’mir ko‘rsatganda uzoq muddatli
jarayonlarni tadqiq qilish
uchun richagli prujinali qurilmalardan foydalaniladi. Kuchlanishi 50 t gacha bo‘lgan
uzoq muddatli siqish uchun richagli-prujinali qurilma (2.5 - rasm) payvand ramadan
metall ustundan, yelkalarining nisbti 1:5 bo‘lgan ustunga sharnirli mahkamlangan
richagdan, vintli domkratdan, ishchi prujina va tayanch boshmoqlaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: