mashinasining sxemasi:
1 – o‘ziyozar asbob; 2 – mayatnikli kuch o‘lchagich; 3 – ishchi silindrga
moy uzatish uchun nasos; 4 – gidroquvurlar; 8 – vertikal ustunlar; 9 – ko‘taruvchi tortqilar;
10 – yuqoridan tutib turuvchi ko‘ndalang to‘sin; 11 – ustunlarni bog‘lovchi ko‘ndalang to‘sin;
12 – ishchi silindr; 13 – kichik qo‘zg‘aluvchi ko‘ndalang to‘sin.
Mashinadagi statik yuklanish mayatnikli kuch o‘lchagich bilan o‘lchanadi,
o‘ziyozar asbob yordamida esa yuklanishlar — deformatsiyalar egri chizig‘larini
yozish amalga oshiriladi.
Siklik yuklanish dastlabki statik yuklanishdan so‘ng mashinaning ishchi
silindri bo‘shlig‘idan moyni navbatlashuvchi purkash va so‘rish bilan vujudga
keltiriladi.
Ikki tayanchda joylashgan, aylanuvchi namunaning siklik bukilishida
metallarni charchashga sinash MUI-6000 turidagi mashinada amalga oshiriladi.
Metall namuna mashina shkindellariga mahkamlanadi va elektroyurgizgich
yordamida aylantiriladi. Namuna shu bilan bir vaqtda richagli mexanizm yordamida
yuklantiriladi va doimiy bukuvchi momentni sezadi. Yuklanish miqdori kuch
o‘lchovchi asbobning shkalasi bo‘yicha g‘ayd qilinadi, yuklantirish sikllarining soni
esa schetchik (hisoblagich) bilan qayd qilinadi. Namunaning urilishi indikatorlar
yordamida nazorat qilinadi.
106
NU turidagi mashinalarda namunani yuklantirish richagli mexanizm bilan
emas, balki bevosita donali bklar bilan amalga oshiriladi.
Davriy profilli armatura po‘latidan tayyorlangan natura namunalarni
charchashga sinashda namunlarni sinash mashinasining qisqichlariga mahkamlash
masalalariga katta ahamiyat beriladi. Sinovlar amaliyotining ko‘rsatishicha,
ko‘pchilik namunalar uning hisobdagi qismida buzilmasdan, blki uzish mashinasining
qisqichlari ostidagi uchastkalarida buziladi. Shu munosabat bilan namunalarning
uchlariga namunaning siqib turilgan qismining uzunligi bo‘yicha kuchlanishlarni
tekislash va tag‘simlash maqsadida ishlov berish tadbirlari katta ahamiyatga ega
bo‘lmoqda.
|