118
3.17-rasm. Aistovning KA–
4 klinomеtri:
1–asbob korpusi; 2–mayatnik; 3–mikrom
еtrik vint;
4–shkalali disk; 5–sanoqlar uchun ko‘rsatkich;
6–d
еmpfеrlovchi eshkak; 7–kuchsiz tok elеktr signali
uchun kl
еmma; 8–mayatnikni tеbranishdan saqlovchi
vintlar; 9–strubtsina.
Egilishning kattaligini uzluksiz kuzatish uchun sinalayotgan konstruksiyaning
ko‘pgina nuqtalarida ko‘chishlarning kattaligini masofadan turib yozishda IPD-1
asbobidan foydalaniladi. Asbob datchiklardan va yozib oluvchi moslamadan iborat.
Datchiklar va qabul qilgichlar (priyomniklar) sifatida o‘zgaruvchan
tokning sanoat
chastotasida ishlovchi selsinlardan foydalanilgan. Datchiklar hisobiy kesimlarda
qo‘zg‘almas tayanchlarda sinalayotgan konstruksiya bilan kontaktda o‘rnatiladi.
Yozib oluvchi qurilma datchiklar bilan simlar orqali ulangan priyomniklarni ulaydi.
O‘lchanayotgan egilishning kattaligini yozish 5:1, 10:1, 50:1 masshtablarda amalga
oshirilishi mumkin. Yozib olishning borishi to‘g‘ri bosqichli va konstruksiyani
yuklashda hamda uni yuklanish ostida tutib turishda (3.15-rasm) alohida amalga
oshiriladi. Yozib oluvchi moslama konstruksiya sinaladigan joydan istagan masofada
joylashtirilishi mumkin. Konstruksiya kesimlarining burilish burchaklarini o‘lchash
uchun klinometrlardan foydalaniladi. Sinovlarda Stopani, Aistov va boshq.
sistemasidagi klinometrlar keng tarqaldi. Stopani klinometri (3.16-rasm) planka bilan
sharnirli mahkamlangan shaytondan (sath
o‘lchagichdan), mikrometrik vintdan, bo‘linmalari
bo‘lgan limbdan va klinometrni
tekshirilayotgan
konstruksiyaga o‘rnatish uchun strubsinadan iborat.
Asbob o‘rnatilgandan so‘ng shayton gorizontal
holatga shunday hisob bilan keltiriladiki, bunda uning
o‘qi konstruksiyaning egilish tekisligiga mos tushsin
yoki unga parallel bo‘lsin.
Konstruksiyani sinashda
uning kesimi buriladi va shayton gorizontal holatdan
chiqadi. Burilish burchagi:
δ
α
=
tg
l
formuladan
topiladi,
bu yerda:
δ
– ko‘chish, u 0,0055 (
s1
–
c
2
)
mm ga teng;
l
– asbob bazasi bo‘lib, u
sharnir markazidan mikrometrik
vintning o‘qigacha bo‘lgan
masofaga teng,
l
=175 mm;
(
s1
–
s
») – mikrometrik vintning vertikal ko‘chishidagi sanoqlar farqi.
119
Aistov klinometri KA-4 ichiga og‘ir mayatnik osilgan quvursimon korpusdan
(3.17-rasm), diskli shkalali mikrometrik vintdan va strubsinadan iborat. Klinometr
sinalayotgan konstruksiyaga vertikal holatda mahkamlanadi. Konstruksiyaning
burilishi
burchak tangensi kattaligi bo‘yicha aniqlanadi, u Stopani asbobi uchun chiqarilgan
formula bo‘yicha hisoblanadi, faqat asbob bazasi uchun vertikal bo‘yicha mayatnik
osilgan nuqtadan mikrometrik vint o‘qigacha bo‘lgan masofada qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: