113
Yuklanish bilan sinash usullari. Mustahkamlik, bikrlik va yorilishga
chidamlilikni baholash qoidalari». Bu standart barcha turdagi
betondan tayyorlangan
barcha turdagi temirbeton buyumlarga taalluqli va joriy nazorat statik sinashlarning
talablari, tartibi, hajmi va usullarini hamda, bu sinovlar natijalari bo‘yicha
buyumlarning mustahkamligini, bikrligini va yorilishiga chidamliligini baholashlarni
belgilab beradi.
Yangidan loyihalangan konstruksiyalarni sinash ishlari
bu
konstruksiyalarning
yuk ko‘trauvchi qobiliyati, bikrligi va yorilishga chidamliligi bo‘yicha loyihaviy va
me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. GOST
8829-94 yangidan loyihalangan buyumlarning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida
o‘tkaziladigan sinashlar usullarini belgilamaydi, shuning uchun bu sinovlar
konstruksiyalarni tayanish va yuklantirishning qabul qilinayotgan
ishchi sxemalarini
asoslash bilan dastur ishlab chiqishni talab etadi.
Sinovlarning bu guruhiga sinovdagi konstruksiyalarning ularni ommaviy ishlab
chiqarishga joriy qilishdan oldin sinovdan o‘tkazish kiradi. Sinovdagi konstruksiyalar
buzilguncha sinovdan o‘tkaziladi, bu esa ulardagi eng bo‘sh joylarni yoki haqiqiy
mustahkamlik zaxirasi koeffitsiyentini aniqlashga hamda loyihaga tegishli tuzatishlar
kiritishga imkon beradi.
Ilmiy tadqiqotlar jarayonida o‘tkaziladigan konstruksiyalarni sinashlar
, ayrim
konstruksiyalar namunalarida yangidan ishlab
tayyorlanayotgan qurilish
konstruksiyalarini hisoblash nazariyasi va uslubini takomillashtirshga yordam
beruvchi masalalarni tajribada o‘rganish uchun zarur. Bunday sinovlar tajriba-nazariy
yoki loyiha-konstruktorlik ishlanmalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tajriba
o‘tkazish jarayonida beton va armaturaning o‘zro ta’siri, armaturaning miqdori, sifati
va joylashuvining konstruksiyalarning yuk ko‘trauvchi qobiliyatiga, deformativligiga
va yorilishga chidamliligiga ta’siri, elementlar kesimlaridagi zo‘riqish holati, Yig‘ma
elementlar chok birikmalarining hisob sxemasini tanlashga ta’siri, konstruksiyaning
real ish sharoitlarining hisobdagi taxminlardan og‘ishi aniqlanadi va shu kabi Bu
sinovlar qo‘yilgan vazifalarning o‘ziga xos xususiyatlariga mos
keluvchi
tadqiqotning maxsus ishchi dasturini ishlab tayyorlashni talab etadi, ba’zida esa yangi
o‘lchash apparaturasini va zarur qurilmani tayyorlashni tlab etadi.
Yangi qurilgan inshootlar yoki konstruksiyalarni
ularning loyiha va me’yoriy
talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sinashlar kamdan kam hollarda, asosan
114
juda mas’uliyatli konstruksiyalarni (ko‘priklarning
oraliq qurilmalarini, fazoviy
yopmalar va b.q.) foydalanishga topshirish oldingan amalga oshiriladi.
Foydalanilayotgan konstruksiyalar va inshootlarni sinash
odatda bu
inshootlarning yuk ko‘trauvchi konstruksiyalariga ta’sir qiluvchi yuklanishlarni
orttirish zarur bo‘lganda yoki ular ishdan chiqqanda yoki shikastlanganda ularning
haqiqiy yuk ko‘trauvchi qobiliyatini, bikrligini va yorilishga chidamliligini aniqlash
uchun o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: