3.3. O‘lchov apparaturasi va asboblari Sinalayotgan konstruksiyalar va ular elementlarining ko‘chishlarini, burilish
burchaklarini, deformatsiyalarini va boshqa o‘zgarishlarini o‘lchash turli xil asboblar
va apparaturalar bo‘lishini talab etadi. ¤lchov asboblaridan sinovlarni o‘tazishdan
avval va sinalayotgan elementlarga yuklanishlarning ta’sir ko‘rsatishi jarayonida
konstruksiyalar materiallarining xossalarini nazorat qilishda ham foydlaniladi.
Yaqin vaqtlargacha qurilish konstruksiyalarini sinashda foydalaniladigan
o‘lchov asboblari asosan o‘lchanayotgan kattaliklarning mexanik kattalashishi va
o‘zgarishi tamoyiliga asoslangan edi. Bular progimerlar (egilishni o‘lchagich) va
indikatorlar, tenzometrlar, klinometrlar va boshqa mexanik asboblar. O‘ozirgi paytda
elektronika, fizika, mexanika, akustikaning rivoji asosida axborotni to‘plash va qayta
ishlash uchun turli xil yarim o‘tkazgichli qayd qiluvchi apparatura ishlab chiqilgan va
foydlanilmoqda. Qurilish konstruksiyalarini sinashda noelektrik kattaliklarni
(ko‘chishlar va deformatsiyalarni) elektrik usullar bilan o‘lchashga imkon beruvchi
asboblar keng qo‘llanilmoqda. Bunday asboblar va apparatura yuqori aniqlikka ega
bo‘lishi bilan birga mexanik asboblarga qaraganda konstruksiyaning bir vaqtda
ko‘pchilik nuqtalarida masofadan turib o‘lchashda afzalliklarga ega. Bunday asboblar
va apparatura tegishli qayd qiluvchi moslamalar yordamida ko‘rsatishlarni avtomatik
qayd etishga o‘tib, natijalarni raqam bosish asboblariga, perfolentalarga,
magnitoyozuv moslamalariga berishga yoki olinayotgan ma’lumotlarni keyinchalik
qayta ishlash va foydalanish uchun EHM ga bevosita kiritishga imkon beradi.
Materillar va konstruksiyalarni buzmasdan sinash usullari bilan ishlovchi
asboblar va apparatura keng qo‘llanila boshladi — bular akustik ultratovushli
asboblar, rentgen va radiometrik apparaturalaridir.
115
Beton mustahkamligni busmasdan sinash usulidagi asboblarga mexanik
asboblarning butun bir seriyasi kirdi: etalon bolQalar, KM kompleks asbobi, XPS
turidagi asbob va boshqalar.