Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

3.3.1. Ko‘chishlarni aniqlash 
Konstruksiyaning bir nuqtasini uning qo‘zg‘almas bir boshqa nuqtasiga 
nisbatan ko‘chishini o‘lchash uchun, ya’ni egilishlarni o‘lchash uchun oddiy 
moslamalar va maxsus asboblardan foydalanish mumkin. Ular sinashlarning talab 
etilgan aniqligini, mumkin bo‘ladigan egilish kattaligini va boshqa omillarni hisobga 
olgan holda tanlab olinadi. 
Katta o‘lchash aniqligi talb etilmagan va egilish ancha katta qiymatga yetgan 
hollarda oddiy moslamalar va qurilmalar qo‘llaniladi. Bunda ikkita reykadan 
foydalaniladi, ulardan biri qo‘zg‘almas, ikkinchisi tekshirilayotgan konstruksiyaga 
mahkamlangan bo‘lib, u bilan birga ko‘chiydi. Ikkala reykaga chizilgan to‘g‘ri 
chiziqlar bir biriga nisbatan ko‘chishiga qarab, egilishning kattaligi to‘g‘risida fikr 
yuritiladi (3.10-rasm). 
3.10-rasm. Eng sodda moslamalar yordamida egilish kattaligini aniq
lash sxеmasi: a–ikkita 
rеya yordamida; b–planshеt yordamida; 1–qo‘zg‘almas rеyka; 2–qo‘zg‘aluvchi rеyka; 
3–r
еykalardagi to‘g‘ri chiziq; 4–sinalayotgan buyum; 5–strubtsina; 6–qalam;
7–plansh
еt qog‘ozi bilan. 


116 
3.11-
rasm. N.N.Maksimov progibomеri 
(egilishni o‘
lchagichi)ning sxеmasi:
1–korpus; 2–shkiv; 3–disk; 4–ko‘rsatkich 
str
еlka; 5–shkala; 6–rolik; 7–diskning 
aylanish o‘qi; 8–rostlovchi vint; 9–rolikni 
diskka sig‘uvchi disk. 
 
Yanada aniq natijalarni olish uchun maxsus o‘lchov asboblaridan 
foydalaniladi. Bunday asboblar qatoriga Aistov, Yemelyanov, Maksimovning 
progibomerlari (egilishni o‘lchagichlari) va boshqalar kiradi. Ular orasisda Maksimov 
progibomeri keng qo‘llanilmoqda. U korpusdan (3.11-rasm) iborat bo‘lib, uning 
ichida o‘qda aylanuvchi shkiv bilan mahkam biriktirilgan disk joylashgan. Disk 
kichik rolik bilan biriktirilgan bo‘lib, uning o‘qi ko‘rsatkich strelka bilan tugaydi. 
Progibomerning shkalasi 100 bo‘limga ajratilgan, bu konstruksiyaning 1 sm ga 
chiziqli ko‘chishiga mos keladi. Progibomer sinalayotgan konstruksiyaga strubsina 
yordamida mahkamlanadi. Asbobning shkifi orqali ingichka sim o‘tkazilib, uning bir 
uchi konstruksiyaga mahkamlanadi (agar asbob ustunda joylashtirilgan bo‘lsa) yoki 
qo‘zg‘almas nuqtaga mahkamlanadi (agar asbob konstruksiyaning o‘ziga 
mahkamlanib o‘rnatilsa), ikkinchi uchiga esa yuk osiladi (3.12-rasm). Egilish paydo 
bo‘lganda sim shkifni aylantiradi, u esa disk va u bilan biriktirilgan rolik yordamida 
strelkani buraydi. Uncha katta bo‘lmagan ko‘chishlarni (10 mm gacha) o‘lchash 
uchun progimomer sifatida o‘lchash texnikasida keng tarqalgan indikatordan 
foydalanilishi mumkin (3.13-rasm). Bu indikator tishli kesim bo‘lgan metall sterjen 
o‘tkazilgan korpusdan iborat. Sterjen o‘z o‘qi bo‘ylab ko‘chib, tishli sektorni va tishli 
g‘ildirak 
(shesternya)ni aylantiradi, shesternya ko‘rsatkich strelka bilan 
birlashtirilgan.


117 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin