Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Deformatsiyalarni va yoriqlarni aniqlash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
3.3.2. Deformatsiyalarni va yoriqlarni aniqlash
Konstruksiyalarni sinashda betonning kichik deformatsiyalarini (uzishi yoki 
qisqarishini) o‘lchash uchun bu deformatsiyalarni bir qancha kattalashtirib qayd 
etishga imkon beruvchi tenzometrlardan foydlaniladi. Konstruktiv xususiyatlariga 
bog‘liq holda tenzometrlar mexanik, elektromexanik, torli, simli, qarshilik 
tenzometrlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Mexanik tenzometrlar.
Mexnik tenzometrlar ichida Gugenberger tenzometri 
(3.18-rasm) eng ko‘p tarqalgan, u korpusdan iborat bo‘lib, uning tayanch qismi konus va 
prizma ko‘rinishida ishlangan, prizma ko‘rinishidagi qismiga richag mahkamlangan. 
Asbobning ustuni va richagi orasida sharnir yordamida strelka mahkamlangan. 
Tayanadigan sirt deformatsiyaga uchraganda konus bilan prizma orasida 
L
masofada 
prizma ma’lum bir burchakka buriladi. Unga tutashtirilgan richag ham xuddi shu 
burchakka buriladi, bu strelkaning u yoki bu tomonga og‘ishiga sabab bo‘ladi. 
3.18-rasm. T
еnzomеtr:
a–umumiy ko‘rinish; b–kin
еmatik sxеma; 1–asbob korpusi;
2–str
еlka; 3–shayin; 4–richag; 5–prizma (qo‘zg‘aluvchi pichoq); 6–qo‘zg‘almas pichoq;
 7–rostlovchi vint; 8–saqlagich g‘ilov; 9–prujina; 10–arr
еtir; 11–ko‘zgu shkala;
 L–t
еnzomеtr bazasi; ∆L–dеformatsiya kattaligi. 


120 
3.19-rasm. T
еnzomеtrni o‘rnatish 
sx
еmasi:
a–b
еtonda; b–armaturada;
1–sinalayotgan el
еmеnt; 2–ostqo‘yma; 
3–uzaytirgich; 4–t
еnzomеtr; 5–yumshoq 
simdan o‘ram; 6–sim ank
еrovkasi;
7–elastik spitsa. 
Tenzometrni o‘rnatish sxemasi 3.19-rasmda ko‘rsatilgan. Tenzometrlarni 
o‘rnatishda ular sinash vaqtida zo‘riqishlarning mahalliy to‘planishi mumkin bo‘lgan 
joylarga o‘rnatilmasligini kuzatib turish zarur. 
Sinovlarda ishlashda yuqori ustivorlikka va ishonchlilikka ega bo‘lgan Aistov 
tenzometrlari TA-2 va TA-3 sinovlar amaliyotida keng tarqaldi. Bu tenzometrlar 
diskining mavjudligi tufayli asbobni qayta o‘rnatmasdan keng chegaralardagi 
deformatsilarni o‘lchashga imkon beradi. 
TA-2 tenzometri uchta: A, B va V qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 
yuqori A qismi qolgan ikki qismdan elektrizolatsiyalngan (3.20-rasm). Asbobning 
tayanch qismi ikkita prizmaga ega-vilkaning paziga kirib turuvchi qo‘zg‘aluvchi va 
qo‘zg‘almas. Yuqori A qismda qirqma mufta mavjud bo‘lib, u orqali unga mahkam 
o‘tkazilgan diskli mikrometrik disk o‘tadi. Diskda millimetrlarda darajalangan shkala 
mavjud. A va B qismlar yuqori chastota signallari generatori bilan biriktirilgan. 
Deformatsiyalarni o‘lchashda mikrometrik vintning uchi diskni soat strelkasga teskari 
burish yo‘li bilan peroning kontakt yuzasigacha yetkaziladi, buning natijasida elektr 
zanjir ulanadi va tovush signaliga ko‘ra hisob olinadi. Keyin diskni teskari tomonga 
burib, mikrovint uchi perodan uzoqlashtiriladi va signalning ishlashi to‘xtaydi. 


121 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin