Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Armaturani cho‘zishga va bukishga sinash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

2.4. Armaturani cho‘zishga va bukishga sinash 
Armaturani cho‘zishga va bukishga sinashda po‘latning mexanik xossalarining 
barcha asosiy tavsiflari aniqlanadi. Bu tavsiflarga quyidagilar kiradi: uzilishdan so‘ng 
nisbiy uzayish, uzilishdan so‘ng nisbiy bir tekis uzayish, vaqtincha qarshilik, 
oquvchanlik chegarasi (fizik), shuningdek, oquvchanlik va elastiklik chegaralari 
(shartli) Uzilishdan so‘ng nisbiy uzayish namunaning uzilish yuz bergan chegaradagi 
boshlang‘ich hisobdagi uzunligida aniqlanadi va quyidagi: 
δ

=

0
0
100%
k
l
l
l
formula bo‘yicha hisoblanadi, bunda 
l
k
– uzilish joyini o‘z ichiga olgan uchastkada 
namuna uzilgandan so‘ng o‘lchangan oxirgi hisobdagi uzunlik (2.11-rasm), mm;

l
0
uzayish aniqlanadigan boshlang‘ich hisobdagi uzunlik, mm. 
2.11-rasm. Armatura po‘lati namunasini 
belgilash sxemasi: 1–namuna; 2–qisqichlar;
n–namunaning boshlang‘ich hisob uzunligiga 
mos intervallar soni; ab–oxirgi hisob uzunligi 
lk ga teng kesma; lk–uzilish joyidan 
tashqaridagi chekli hisob uzunligi.
 


101 
l
0
– kattaligi armatura diametriga qarab qabul qilinadi. Armaturaning diametri 
10 mm va undan ortiq bo‘lganda 
l
0
5 diametrga teng qilib qabul qilinadi, qalinligi 9 
mm va undan kam bo‘lganda 100 mm ga teng qilib olinadi. Oxirgi hisobdagi 
l
0
uzunlikni yanada aniqroq aniqlash uchun namuna belgilar qo‘yish yo‘li bilan bir 
nechta teng qismlarga bo‘linadi. Belgilar oralig‘ini, diametri 10 mm va undan ortiq 
bo‘lgan armatura uchun 
d
kattalikdan ortiq bo‘lmagan kattalikka teng va 10 mm dan 
kam diametrli armatura uchun esa 5 mm dan ortiq bo‘lmagan kattalikka teng qilib 
olinadi. Uzilishdan so‘ng nisbiy bir tekis uzayish uzilish uchastkasidan tashqarida 50 
yoki 100 mm ga teng boshlang‘ich hisob uzunligida aniqlnadi va quyidagi: 
δ

=

0
0
100%
k
p
l
l
l
formula bo‘yicha hisoblanadi, bu yerda: 
lk 
– teng o‘lchovli deformatsiyaga ega 
uchastkada o‘lchangan, uzilish joyini o‘z ichiga olmagan, oxirgi hisob uzunligi, mm. 
Eng katta yuklanishga mos keladigan vaqtincha qarshilik quyidagi: 
2
max
/
,
мм
кг
A
F
o
вк
=
σ
formula bo‘yicha aniqlandi, bu yerda: 
F
max
– eng katta yuklanish, sinov 
mashinasining kuch o‘lchagichi bo‘yicha aniqlnadi; 
A0 
— namunaning sinovgacha bo‘lgan ko‘ndalang kesimi yuzi, mm
2

Oquvchanlik chegarasi (fizik) —yuklanish sezilarli darajada oshirilmaganda namuna 
deformatsiyalanadigan eng kichik kuchlanish quyidagi: 
2
/
,
мм
кг
A
F
o
Т
Т
=
σ
formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda: 
F
T
– namunaning deformatsiyasi zo‘riqishni 
sezilarli oshirmasdan yuz beradigan eng kichik yuklanish. 
Oquvchanlik chegarasi (shartli) shunday kuchlanishga mos keladiki, bunda 
kuchlanish bilan deformatsiya o‘rtasidagi proporsional bog‘liqlikdan og‘ish yoki 
qoldiq defrmatsiya namunaning hisoblanayotgan uchastkasi uzunligining 0,2% iga 
yetadi. Oquvchanlik chegarasi tenzometrlar yordamida aniqlanadi, ular namunga 
boshlang‘ich yuklanish qo‘yilgandan so‘ng o‘rnatiladi. 
Yuklanish teng yoki proporsional bosqichlar bilan har bir bosqichda kamida 10 
sek to‘xtab qo‘yiladi. Oquvchanlikning shartli chegarasi quyidagi: 


102 
2
2
,
0
2
,
0
/
,
мм
кг
A
F
o
=
σ
formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda: 
F
0,2 
– shunday yuklanishki, bunda: 
∆ =
∆ + ∆

y
T
l
l
l
tenglik ta’minlanadi, bu yerda: 
Δ
l
– namunaning absolut uzayishi, mm; 
Δ
l
y
– elastik 
deformatsiya kattaligi, mm; 
Δ
l
T
– tenzometr bazasining 0,2% iga teng bo‘lgan qoldiq 
deformatsiyaning qiymati. 
Elastiklik chegarasi (shartli) shunday kuchlanishga mos keladiki, unda 
kuchlanish bilan deformatsiya o‘rtasidagi proporsional bog‘liqlikdan oqish 
boshlanadi va tenzometrning bazasiga teng namuna uchastkasi uzunligining 0,02% 
iga yetadi. 
Elastiklikning shartli chegarasi:
o
A
F
02
,
0
02
,
0
=
σ
formula bo‘yicha aniqlanadi, 
bunda 
F
0,02
– shunday yuklanishki, u: 
∆ =
∆ + ∆

y
n
l
l
l
uzayishiga mos keladi, bu 
yerda: 
∆ln
– qoldiq deformatsiya kattaligi bo‘lib, u tenzometr bazasining 0,02% iga 
teng. Oquvchanlik va elastiklikning shartli chegaralari shuningdek grafik usul bilan
cho‘zilish diagrammasini yasash bilan ham aniqlanishi mumkin. Oquvchanlikning 
shartli chegarasi bevosita mashina diagrammasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. 
Armaturani cho‘zilishga tekshirish gidravlik yuritmali va UMM turidagi 
mayatnikli kuch o‘lchagichi bo‘lgan universal sinov mashinalarida amalga oshiriladi. 
Armaturani bukilishga sinash uchun uzunligi 100–150 mm bo‘lgan 
namunalardan foydalaniladi. Namuna NG–2–3m asbobining qisqichlariga namuna 
burolmaydigan yoki bo‘ylama siljimaydigan qilib siqiladi. 
Namuna vertikal holda, pastki uchi qisqich lablariga qisiladi, yuqori uchi esa 
richag tasmasiga o‘rnatildi. Sinovlarda namuna avval bir tomonga 90° buqiladi, keyin 
esa qarama-qarshi tomonga 180° ga buqiladi, so‘ng yana qarama-qarshi tomonga 
180° ga buqiladi va hokazo, bu ish namuna buzilguncha davom ettiriladi. 
Bukishga sinash bir tekis tezlikda amalga oshiriladi, u armaturaning diametriga 
bog‘liq bo‘ladi. Diametri 5 mm va undan kam bo‘lgan sim uchun sinovlar minutiga 
60 ta bukish tezligida amalga oshiriladi, diametri 5 mm dan ortiq bo‘lgan sim uchun 
sinash tezligi minutiga 30 ta bukishni tashkil etadi. 


103 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin