85
II BOB. MATERIALLARNING MUSTAHKAMLIK VA DEFORMATSION
TAVSIFLARINI ANIQLASH
2.1. Qisqa muddatli siqish va cho‘zishda betonning mustahkamlik va
deformatsion tavsiflarini aniqlash
Betonning mustahkamlik xossalarining asosiy tavsifi uning siqilishiga bo‘lgan
kubchali mustahkamliligi hisoblanib, bu o‘lchami 15x15x15 sm ga teng bo‘lgan,
yig‘ma temir-beton buyumlarning mazkur turlari uchun va loyiha hujjatlarida monolit
konstruksiyalar uchun davlat standartlari yoki texnik shartlarda ko‘rsatilgan
muddatlarda tayyorlangan va sinalgan etalon namunalarni siqishda mustahkamlik
chegarasini belgilaydi.
Nazorat namunalarini sinash GOST 101-80-90 «Betonlar. Namuna nusxalari
bo‘yicha mustahkamlikni aniqlsh usullari»ga muvofiq amalga oshiriladi. Nazorat
namunalarini tayyorlash va saqlash GOST 18105-86 «Betonlar. Bir jinslikni va
mustahkamlikni nazort qilish va baholash»ga muvofiq amalga oshiriladi. Nazorat
namunlari — kublarning o‘lchamlari beton namunalarining mustahkamliligiga ta’sir
qiluvchi to‘ldirgich donlarining miqdori va yirikligiga bog‘liq holda belgilanadi.
Temir-beton konstruksiyalarni, betonlashda beton aralashmasining har bir
qorishmasidan har bir seriyasidan uchta kubdan kamida uch seriya namuna — kub
ajratib olinadi. Nazorat namunalarini sinash sinovchi gidravlik presslarda yoki
universal sinov mashinalarida amalga oshriladi. Yuklanishni o‘lchash aniqligini
oshirish uchun pressning quvvatini shunday hisob-kitob
bilan tanlab olinadiki, bunda
namunada ko‘rsatilayotgan kutilayotgan buzuvchi kuchlanish pressning chegaraviy
kuchlanishining kamida 10% ini tashkil etsin.
Nazorat namunlarini sinovdan o‘tkazishning qat’iy tartibi bo‘lishi zarur:
namunani pressga betonlash vaqtida chetida bo‘ladigan qirralari bilan o‘rnatiladi;
yuklanishni uzluksiz va bir tekis, sekundiga 6 kg s/sm
2
(0,6 MPa) tezlikda brib
boriladi. Yuklanishni bundan yanada tezroq oshirish mustahkamlik ko‘rsatichlarini
ortishi tomoniga o‘zgartradi, ancha sekin oshirish esa — kamayishi tomoniga
o‘zgartiradi. Nazorat namunalarining tayanch sirtlariga, namuna notekis o‘rab
olinishining oldini
olish maqsadida, tez tutib oluvchi gips yoki eritmasini quyish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
GOST 10180-90 g muvofiq betonning siqishga tekshirilgan mustahkamlik
chegarasining olngan qiymatlarini qirrasi 15 sm g teng bo‘lgan etalon kubning
86
mustahkamligiga keltirish zarur, shuning uchun qirrasi 15 sm dan farq qiladigan
beton kublarning mustahkam chegarasi o‘tkazish koeffitsiyentiga ega.
Siqimda betonning mustahkamlik chegarasini yoki
kub mustahkamliligi R ni
har bir sinalgan namuna — kub uchun:
R = a (P/v)
formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda:
a
— 15
Ѕ15Ѕ15 sm o‘lchamli etalon namuna
ku mustahkamligiga o‘tkazish koeffitsiyenti;
R
— buzuvchi yuklanish, kg s (N)
3
F —
namunaning o‘rtacha ishchi yuzi, sm
2
.
Etalon kub mustahkamligiga o‘tkazish koeffitsiyenti
a
turli o‘lchamdagi
kublar
uchun quyidagi qiymatlarni tashkil etadi:
7,07x7,07x7,07 sm ................. 0,85
10x10x10 sm .......................... 0,91
15x15x15 sm .......................... 1,0
20x20x20 sm .......................... 1,05
30x30x30 sm .......................... 1,10
Etalon kub mustahkamligiga o‘tkazish koeffitsiyenti
a
turli xil o‘lchamdagi
silindrlar uchun quyidagi qiymatlarni tashkil etadi:
diametri 7,14 sm va balandligi 14,3 sm ......... 1,16
diametri 10 sm va balandligi 20 sm ............... 1,17
diametri 15 sm va balandligi 30 sm ............... 1,20
diametri 20 sm va balandligi 40 sm ............... 1,24
Betonning mustahkamligini aniqlash uchun konstruksiyalardan burg‘ulab
olingan yoki qirqib olingn namunalarni sinashga GOST ruxsat etdi. Xususan, bunda
silindrlarning diametrlari 7,14; 10; 15 va 20 sm va balandligi mos ravishda 14,3; 20;
30 va 40 sm bo‘lishi kerak. GOST 10180-90 qirqib olingan silindrlar uchun sinov
ntijalariga nisbatan ma’lum bir pasaytiruvchi koeffitsiyentl
аrni ko‘zda tutadi. Nazorat
namunlarini sinashga tayyorlashda ularning geometrik o‘lchamlarini shtongensirkul
yoki metall chizqich bilan 0,01 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash, so‘ngra
namunalarning massasini 0,5 g gacha aniqlik bilan aniqlash zarur.
Nazorat
nusxalarini sinsh bo‘yicha barcha ma’lumotlar sinash
bayonnomasining maxsus vedomostlariga kiritiladi. Agar mustahkamlikning o‘rtacha
chegarasini aniqlashda namunalardan birining eng kichik natijasi keyingi katta
87
qiymatidan 20% dan ortiq farq qiladigan bo‘lsa, u holda o‘rtacha mustahkamlikni
hisoblashda bu namuna iritilmaydi.
Betonning mustahkamlilik tavsiflaridan biri betonning
prizmani mustahkamligi
(R
b
) = hisoblanadi, u balandligi asosining o‘lchamidan 4 baravar katta bo‘lgan
prizmatik namunani siqishdagi mustahkamlik chegarasini (kg s/sm2 hisobida)
angltadi.
Prizmali mustahkamlikning, elastik modulining va Puassan
koeffitsiyentining kattaligini aniqlash GOST 24452-80 ga muvofiq amalga oshiriladi.
Sinovlarda beton to‘ldirgichining donalari yirikligiga bog‘liq holda o‘lchamlari
10x10x40 sm, 15x15x60 sm va 20x20x80 sm bo‘lgan namunalardan foydalaniladi.
Prizmali mustahkamlilik kubli mustahkamlikdan kichik bo‘lvdi, chunki
namunaning balandligi ortishi bilan namunaning tayanch
yoqlari va press plitalari
orasida yuzaga keladigan ishqalanishning ahamiyati kamayadi, bu ishqalanish
betonning ko‘ndalang cho‘zilish deformatsiyalarining rivojlanishiga qarshilik qiladi.
KMK 2.03.01–96 «Betonlar va temirbeton konstruksiyalar»ning talablariga
muvofiq bajariladigan temirbeton konstruksiyalarining
hisob-kitoblarida betonning
prizmali mustahkamligidan foydalaniladi. Uni aniqlash aniqligiga qarab
konstruksiyalarning ishonchliligi ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Betonlarning kubli va prizmali mustahkamliklari orasidagi bog‘liqlik odatda
laboratoriya sharoitlarida aniqlanadi. Bunda prizmali mustahkamlikning
koeffitsiyenti aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: