84
suyuqliklar bilan aralashmasidan masalan, suvning gletsirin
bilan aralashmasidan
foydalanish mumkin.
Sementning sedimentatsion tahlilini 0 dan 500 mg gacha shkalali torzion
tarozilarda kerosinda cho‘kib qolgan kukunni uzluksiz tortish yo‘li bilan o‘tkazish
mumkin. Aniqlashdan avval kerosinning dinamik
qovushqoqlik va zichligini
belgilash kerak. Gidrotatsiyani istisno etish uchun, dastlab kerosin 2-3
kechayu
kunduz mobaynida qizdirilgan xlorli kalsiyda (1 l kerosin uchun 200 gr xlorli kalsiy)
tindirilishi kerak. Suvsizlantirish tugatilganidan keyin kerosin filtrlanadi va
sedimentatsiyani o‘tkazish haroratida uning zichligi va dinamik qovushqoqligi
(keyingi hisoblar uchun zarur bo‘lgan) aniqlanadi. Aniqlashlar imkoni bo‘yicha
aynan
bir xil haroratda masalan, 20 S da olib borilishi kerak. Agar qovushqoqlik
ostvald viskozimetri bilan o‘lchansa (1.23-rasm) avval ma’lum qovushqoqlikka ega
standart suyuqlik tugaganda asbob kostantasi aniqlanadi. Agar standart va
tekshirilayotgan suyuqliklarning zichligi qiymatlari bo‘yicha teng yoki yaqin bo‘lsa,
bu konstanta tekshirilayotgan suyuqlikni qovushqoqligi to‘g‘ri aniqlash imkonini
beradi. Standart suyuqlik sifatida suvdan xam foydalanish mumkin, agar kapillar
diametri 0,6 mm ga teng yoki kichik bo‘lsa. Aks holda boshqa yanada qovushqoq
suyuqliklardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: