Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Dispersli tizimlarni tekshirish usullari



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.9. Dispersli tizimlarni tekshirish usullari 
Maydalash jarayoni ko‘pchilik qurilish materiallarini ishlab chiqarishda 
asosiylardan biri hisoblanadi. Ular ichiga sement, ohaktosh, ohak, gips, qurilish 
plastmassalarining turli to‘ldirgichlari, kvarsli qum va boshqalar kiradi. 
Hozirgi vaqtda laboratoriya tekshiruvlarida va zavod nazorati uchun 
qo‘llaniladigan dispersli materiallar, shu jumladan, qurilish materiallarining tahlili 
turlichadir. 
Ba’zi xollarda zarralarning o‘lchamlari buyicha taqsimlanishi, boshqa hollarda 
zarralarning o‘rtacha ulchami yoki solishtirma yuzasini bilish muhimdir. Disperslik 
tavsiflari o‘ziga xosdir. Dispers tahlil usullari bevosita va bilvosita usullarga 
bo‘linadi. Bevosita usullarga qandaydir shkala yordamida zarralar o‘lchamlarining 
bevosita o‘lchashlari kiradi. Bu guruhga mikroskopik va elastik tahlil, pona va oddiy 
yoki avtomatlashtirilgan mikrometr bilan mexanik o‘lchash usullari kiradi. Bilvosita 
usullar guruhiga zarralar o‘lchamlari yoki ularning shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan 
qandaydir belgi bo‘yicha aniqlanadiganlar kiradi. Bu guruhga sedimentatsiyali tahlil 
elektr maydonidan zarralarni hisoblash va kalibrlash usullari, solishtirma yuzani 
o‘lchashning barcha usullari va ko‘pgina boshqa usullar kiradi. 
Dispers tahlilni mukammalashtirishning ikki yo‘nalishini belgilash mumkin. 
Ulardan biri ma’lum usullar va asboblarni modernizatsiya qilish 
(zamonaviylashtirish) va yangilarini ishlab chiqarishdir.


79 
Ikkinchi yo‘nalish texnologik liniyadagi disperslikni nazorat qilish uchun 
mo‘ljallangan usul va qurilmalarni qamrab oladi. Disperslik uzluksiz yoki davriy 
ravishda o‘lchanadi, olinadigan axborot esa bevosita avtomatik boshqaruv tizimiga 
kiritiladi. Elakli tahlilning mohiyati tekshirilayotgan material namunasini elaklar 
to‘plamidan o‘tkazish va boshlang‘ich namunaning og‘irligiga nisbatan ulardan har 
birida qoldiqning foiz tarkibini belgilashdan iborat. 
Mikroskopik tahlil foizda ifodalangan ushbu o‘lcham zarralari sonining nisbiy 
tarkiblarini olish mumkin. 
Granulometrik tarkib sedimentatsion ma’lumotlar bo‘yicha quyidagi 
kattaliklardan birining berilgan balandligida vaqt bo‘yicha o‘lchash bilan aniqlanishi 
mumkin: qattiq fazoning konsentratsiyasi, suspenziya va cho‘kindi og‘irligining 
zichligi. 
Suspenziya konsentratsiyasi yorug‘likning sochilishi va yutilishi bo‘yicha, 
radioaktiv nurlanishlarning yutilishi va bir qancha boshqa usullar bo‘yicha vaqtning 
qayd qilingan oraliqlari orqali probalarni tanlash yo‘li bilan o‘lchanadi. Havoni 
o‘tkazuvchanlik bo‘yicha solishtirish yuzani aniqlash kukunlarni dispersli tahlil 
qilishning eng tarqalgan usuli hisoblanadi. Usul apparatura bilan bezashning 
soddaligi,o‘lchashlarning tezligi va hisob ishining yengilligi bilan farqlanadi. 
Havoni o‘tkazish usuli bilan zarralar va agregatlarning tashqi solishtirma 
yuzasi o‘lchanadi, bu ularning o‘rtacha o‘lchamini topish imkonini beradi. 
Adsorbsiya usullari mikro g‘adir-budurligi va ichki g‘ovaklarni hisobga olgan 
holda to‘liq solishtirma yuzaning qiymatini topish imkonini beradi. 
Qattiq jismlarni maydalash usullari va bu maqsad uchun qo‘llanadigan 
mashinalar ancha ko‘p va xilma-xildir. Yuqori dispersli kukunlarni tayyorlash uchun 
tegirmon va separator majmuasidan iborat bo‘lgan uskunalardan foydalaniladi. 
Separatorning vazifasi – talab qilinayotgan mayda fraksiyani ajratish va qo‘pol 
fraksiyani maydalashga qaytarish.
Sanoatda ham, laborotoriya amaliyotida ham maydalash uchun to‘rt turdagi 
tegirmonlar qo‘llanadi: aylanuvchi, barabanli, sharli,tebranma, dezintegratorli va 
oqimli. Keyingi yillardagi tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, qattiq jismlar yemirilishi, 
ularning mustaxkamligi va mo‘rtligiga ichki bo‘shliqlarning tashqi yuzalarida 
kimyoviy yoki jismoniy yutilgan ba’zi suyuqliklar katta ta’sir ko‘rsatadi. 


80 
Maydalanadigan materiallarning yuzlarida yutilgan suyuqliklar malekulalari 
materiallarning mustaxkamligi va mo‘rtligini o‘zgartiradi. Shuningdek, zarralarning 
o‘zaro va jismlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham maydalash jarayoniga ancha ta’sir 
ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin