Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


–rasm. Sementning solishtirma yuzasini



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.22–rasm. Sementning solishtirma yuzasini 
aniqlash uchun asbob
:
a–umumiy ko‘rinish; 
b–gilza; v–plunjer; g–manometr-aspirator; d–
siraklashtirishning gidravlik rostlagich

2-manometr-aspirator, 3-kran, 4-siyraklashtirish rostlagichi va 5-siraklashtirish 
manbasi (nok (grusha) yoki suv oqimli nasos).
Sinalayotgan sement joylashtiriladigan gilza (1.22, b-rasm) ichki diametri 
25,2± 0,1 mm va ko‘ndalang kesimining maydoni 5sm2 bo‘lgan po‘lat trubkadan 
iborat. Gilzaning quyi qismida 2-perforatsiya qilingan disk joylashtirilgan maxsus joy 
yo‘nilgan. Perforatsiya qilingan disk darajasidan quyida gilzani asbobga ulash uchun 
xizmat qiladigan 3-trubka mavjud. Gilza 4-tag qismining halqasiga o‘rnatiladi. 
Sement qatlami joylashtiriladigan perfaratsiya qilingan disk uning butun maydoni 
bo‘yicha tekis taqsimlangan, diametri 1,2mm bo‘lgan 88 ta teshikli, qalinligi 2mm li 
metall plastinkadan tayyorlanadi. Plunjer (1.22, v-rasm) gilzadagi sement kukunini 
zichlashtirish uchun xizmat qiladi va 1-korpus, korpus bilan birga bitta metall 
bo‘lagidan yo‘nilgan 2-tirkali xalqadan va 3-dastakdan iborat. Plunjer o‘qi bo‘ylab 
havoning o‘tishi uchun kanal o‘tkazilgan. Plunjer 0,1mm li tirqish bilan gilzaga 
moslashtirilishi kerak. Plunjerning quyi tekisligi uning vertikal o‘qiga perpendikular 
bo‘lishi kerak. Tirakli xalqa plunjerning quyi tekisligidan shunday balandlikda 
bo‘lishi kerakki, plunjerni gilzaga kiritishda 
xalqaning gilzaning yuqoridagi chetlariga
tegishigacha plunjer quyi tekisligi va 
perforatsiya qilingan disk o‘rtasidagi masofa 
15± 0,5 mm ni tashkil etishi kerak. 
Manometr – aspirator (1.22,g-rasm) suv 
bilan to‘ldirilgan shisha idishdan iborat va 
kukun qatlami orqali havoning so‘rilishini 
chaqiruvchi siyraklashtirishni hosil qilish, 
shuningdek, bu siyraklashtirishni o‘lchash 
uchun xizmat qiladi. Manometr-
aspiratorning ichki diametri – 5mm atrofida, 
balandligi – 250 mm. Manometrning bir 
tirsagi ochiq, 2-gilza va siyraklashtirish 
rostlagichiga ulanadi. Manometrning bu 
tirsagida ikkita kengaytirish mavjud: 
yuqoridagi katta solishtirma yuzasini 


83 
o‘lchash uchun mo‘ljallangan, quyidagisi kichik solishtirma yuzaga ega sement 
kukunlarining solishtirma yuzasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Kengaytirishlardan 
yuqorida va quyida belgilar mavjud. Bundan tashqari quyidagi belgilar tushirilgan: 
manometr-aspirator suyuqlik bilan to‘ldiriladigan nolinchi belgilar va o‘lchashni 
boshlashdan avval suyuqlik darajasi ko‘tarilishi kerak bo‘lgan yuqoridagi belgi. 
Manometr-aspiratorni siyraklashtirish rostlagichidan uzib qo‘yish uchun 3-kran 
xizmat qiladi. Siyralashtirishning gidravlik rostlagichi (1.22, d-rasm) osh tuzining 
to‘yingan eritmasi bilan to‘ldirilgan shisha idishdan iborat. Idishga havoning kirishi 
uchun 2-shisha nay (trubka) va asbobga ulanish uchun 3-nay (trubka) biriktirilgan. 
Rostlagich shunday darajaga to‘ldiriladiki, siylaklashtirish hosil qilingandan 
monometr-aspiratorning yopiq tirsagidagi suyuqlik ikki nuqta bilan belgilangan 
nuqtagacha ko‘tarilishi kerak. Siyraklashtirish suv oqimi nasos yordamida hosil 
qilinadi. Bunday nasos bo‘lmaganda bitta yo‘nalishda havoning harakatlanishi uchun 
klapanlari bo‘lgan oddiy (grusha) – aspiratordan fodalanish mumkin. Sinovdan oldin 
sement 09-sonli elak orqali o‘tkaziladi va 25 g. Og‘irligidagi modda 105-110 
0
S da 2 
soat mobaynida quritish javonida quritiladi. Gilza va asbob ulanishlarining germetikli 
tekshiriladi, buning uchun gilzaning usti rezina tiqin bilan zich yopiladi, manometr-
aspiratorda siyraklashtirish hosil qilinadi va kran (jo‘mrak) beriktildi. Gilzalar va 
ulanishlarning to‘liq germetikligida manometr-aspiratordagi suyuqlik darajasi 
pasaymasligi kerak. Aks holda havoning so‘rilayotgan joyini topib, to‘liq 
germetiklikka erishish kerak. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin