dupleksli stvolida uzatish va qabullashda vaqt intervallari bo’yicha ajratish).
qaramay, bunday standartlardan
foydalanish jarayonida, ishlash effektivligini
oshirish maqsadida ma’lumotlarni uzatish va ularga ishlov berish uslubiyatlaridan
foydalanishning tendensiyasi ortib bormoqda. Bunday tendensiya SRT ning ishlash
rejimidagi multiservisni amalga oshirishda o’zini namoyon etadi, uni qo’llash esa
dastur-apparatli ta’minot tizimini murakkablashuviga olib keladi. 3.1-jadvalda
ko’rinib turibdiki, multiservisli SRT larda radiosignallarning bir necha turdagi
modulyatsiyasidan foydalanishga to’g’ri keladi, eng oddiysidan boshlab (2-FM) to
murakkab turdagi 64-KAM va hatto 256-KAM kabi modulyatsiya turlarigacha
ham. Bundan tashqari katta diapazonlarda raqamli signallarni tezligi o’zgarganda,
bularga qo’shimcha ravishda bir nechta halaqitbardosh sxemalardan foydalaniladi.
Shuningdek, multiservisli SRTning asosiy harakteristikalaridan biri bo’lgan-
KR (Ko’p stansiyaviy kirishga ruhsat) uslubiyatining unifikatsiyasiga
(moslashtiruvi) bo’lgan tendensiyadir. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, bu
yo’nalishdagi harakat OFDMA turidagi KRning ayrim variatsiyalarining
qo’llanilishi tomon olib kelmoqda. Bu esa o’z navbatida OFDM signali
hosalaridan effektiv foydalanish evaziga aloqa ishchi kanalini multitezlikdagi
rejimini hamjihatlikda amalga oshirishni taqazzo etmoqda.
Nihoyat, qo’llanilayotgan vositalarning imkoniyatlaridan effektiv
foydalanish uchun aloqa hizmati sifatini kafolatli boshqaruvchi avtomatik tizim
kiritiladi (QoS – Quality of Service). Uning bazaviy tizimostisi sifatida esa SRT
ning chastotaaviy-energetik resurslarini (RRC – Radio Resource Control)
boshqarish va nazorat qilish avtomatik tizimi hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlab
o’tish joizki, deyarli barcha zamonaviy SRTlarda tarmoq boshqaruvining standart
tizimi (TMN) qo’llaniladi, aniqrog’i. uning kerakli elementlari va OKC № 7
turidagi tarmoqli signallashuvning standart tizimidan foydalanilmoqda. Bunda
aytib o’tilgan boshqaruv tizimlarining ishlash algoritmlar ochiq tizimlarni
hamjihatlikda ishlashining modeliga asoslangan.
3.1-jadval
MATdagi asosiy standartlarning tehnik harakteristikalari
Dostları ilə paylaş: