2.2. GSM standartida sotalarning tashkil etilishi
Mobil aloqa - Sotali Radioaloqa Tizimlari (SRT) orqali tashkil etiladi.
Zamonaviy SRT abonentning deyarli butun yer shari bo’ylab mobilligini
ta’minlaydi. SRT dan ommaviy ravishda foydalanilishning yo’lida turgan tehnik
muammolar 80-yillar ohirlariga kelib hal etildi. Bular 3 ta faktor orqali amalga
oshirildi: hizmat ko’rsatilayotgan hududda sotali radioqoplash prinsiplaridan
foydalanish, ommaviy hizmat ko’rsatish prinsiplaridan foydalanish hamda elektron
komponentlar tehnologiyalarining yutuqlari orqali amalga oshirildi. Bunday
yutuqlar SRTni tehnik-tejamkorligi jihatidan samaradorligini yanada oshirib, mobil
aloqa hizmatlari uchun past narhli tariflari tufayli abonentlar soning ommaviy
ravishda oshishiga sabab bo’ldi.
Quyida (2.2-rasm) SRTning zamonaviy ko’rinishi aks ettirilgan bo’lib, u
quyidagi elementlaradan iborat: hizmat ko’rsatish hududi (HKH), sotalar, hizmat
ko’rsatish va kommutatsiya matkazi vazifasini bajaruvchi markaziy stansiya
(MrS), bazaviy stansiyalari (BS), bog’lovchi liniyalar (BL), mobil abonent
stansiyalar (AS).
2.2-rasm. Mobil Aloqa Tizimining umumiy strukturasi
Hizmat ko’rsatishning umumiy hududi alohida sotalardan tashkil topgan
bo’lib, ular ham o’z o’rnida o’zlarining kichik hududlariga hizmat ko’rsatadilar.
Sotalar aylanaviy yo’nalganlik diagrammasiga ega qabul qilib-uzatuvchi antennaga
ega bo’lgan BSni radioqoplash orqali tashkil etiladi. Sotalarning barcha BSlari
markaziy stansiyalarga (MrS) bog’lovchi liniyalar orqali bog’lanadi, ular ham o’z
navbatida umumiy foydalaniluvchi telefon tarmog’i (UFTT) ga ulanadilar. Shu
asnoda barcha ma’lumotlar oqimi (trafik) MrS orqali o’tadi va o’sha yerda
boshqariladi. MrSning asosiy vazifalaridan biri - bu abonentlarga kelayotgan va
ulardan chiqayotgan ma’lumotlarni marshrutizatsiya qilishdir.
AS (ya’ni uni ko’tarib yuruvchi abonent) bir sotadan ikkinchi sotaga
handover (abonentni olib yurish, abonentni estafetali uzatish) prosedurasi orqali
erkin o’tishi mumkin. Bu prosedurani ham MrS boshqaradi. Agar abonent bironta
SRT hizmat ko’rsatayotgan hududdan ikkinchisinikiga o’tadigan bo’lsa ham aloqa
seansi uzilmaydi. Bunga sabab - AS ko’chayotgan vaqtda SRTda rouming
prosedurasi amalga oshiriladi. Bunda “mehmon” bo’lib kelgan abonent ikkinchi
SRTning “mehmon” joylashuvi registrining mahsus ma’lumotlar bazasi (MB) da
vaqtinchalik ro’yhatdan o’tadi va avtomatik tarzda uning boshqaruviga o’tadi.
Abonent ozining (uy) SRTsining markaziy stansiyasi abonentni qo’shimcha
hizmatlar ro’yhatiga kiritish uchun rouming haqida ogohlantiradi. Uy SRTsida
abonent diomiy tarzda joylashuvlar uy registrining ma’lumotlar bazasida
ro’yhatdan o’tgan bo’ladi.
MrSning qurilmalarida ko’rsatilgan aloqa hizmati uchun abonentdan uning
tarifikatsiyasiga ko’ra suhbati uchun hisobidan avtomatik ravishda pul yechib
oluvchi avtomatik tarifikatsiya tizimi (billing tizimi) mavjud. Bu tizimning har hil
ish rejimlari mavjud bo’lib, ular odatda rejalar deb nomlanib, SRTning har bir
abonenti uchun tarifikatasiya tizimining ma’lum bir rejimi o’rnatilgan bo’ladi.
SMATlarining ajralib turadigan farqi bu ishchi chastotalardan qayta
foydalanish bo’lib, bu belgilangan radiochastota polosasida, ishlash vaqtida tizim
hajmini ko’p marotaba kengaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga qo’shni
sotalarda boshqa chastotalardan foydalanib, bir nechta sotalardan keyin esa yana
birinchisidagidek chastotadan foydalanish mumkin. Aralash sotalarda
foydalaniladigan turli chastota guruhlari esa chastotaviy klasterlarni yoki
oddiygina klasterlarni o’zida mujassam etadi. Bunday guruhlardagi chastotalar
soni esa N
kl
klaster hajmiyligi deyiladi. Hizmat ko’rsatish hududi doirasida ishchi
chastotalarni bir me’yorda taqsimlanishiga erishish uchun klasterning hajmiyligi
ma’lum bir qatordan tanlab olinishi kerak (rombik sonlar): N
kl
= 3; 7; 13; 21… .
Shuni ham unutmaslik kerakki, N
kl
ning kattalashuvi SRTning samaradorligini
kamaytiradi va shuning uchun amaliyotda birinhi uchta belgilanishlar bilan
chegaralanib qolinadi. Ishchi chastotalaridan qayta foydalaniladigan BSlar, bir
birlaridan R
BS
masofada uzoqlashtirilgan bo’lishlari kerak bo’lib, ular quyidagicha
ko’rinishga ega
,
(2.1)
Bu yerda R
Dostları ilə paylaş: |