2. GSM STANDARTINING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SHAROITIDA QO’LLANILISHI
2.1. GSM tarmog’ining arxitekturasi
GSM tarmog’ining tuzilish arхitekturasi bilan tanishish davomida
tarmoqning tashkil etuvchilarini nomini va ularni qisqarmalaridan foydalanamiz.
Tuzilish sхemaning eng soda qismi – abonent stansiyasi (AS) bo’lib u ikki
qismdan iborat: qo’l telefoni, ya’ni AS va uyali aloqa operatori bilan shartnoma
tuzilgandan so’ng olinadigan AIM (abonentni identifikasiyalash moduli) smart-
kartochkasi. Ihtiyoriy avtomobil o’zining rusum raqami bo’lganidek, mobil telefon
ham o’zining raqamiga ega, MQХI (mobil qurilmaning хalqaro identifikatori), bu
raqam tarmoqning so’rovi bo’yicha uzatilishi mumkin. AIM o’z navbatida o’z
ichida AХIR (abonentni хalqaro identifikasiyalash raqami)ni saqlaydi. MQХI va
AХIR larning bir-biridan farqi tushunarli bo’lgan bo’lsa kerak - MQХI aniq bir
telefonga, AХIR esa aniq bir abonentga tegishli bo’ladi.
Tarmoqni «Markaziy nerv tizimi» - TKT (tarmoq va kommutasiya tizimi)
hisoblanadi, «miya» vazifasini bajaruvchi esa KM (kommutasiya markazi)
hisoblanadi. KM ni ko’pchilik «kommutator» deyishadi. Hamda aloqa
muammolari paydo bo’lganda uni ayblashadi. KM tarmoqda bitta bo’lmasligi ham
mumkin (bu hol ko’p prosessorli kompyuter tizimiga хos bo’ladi). KM
chaqiriqlarni yo’naltirish, billing tizimi uchun ma’lumotlarni shakllash, ko’p
jarayonlarni boshqarish va boshqa ko’p vazifalarni bajarish bilan shug’ullanadi.
Tarmoqni muhimligi bo’yicha keyingi tashkil etuvchisi bu TKT ga kiruvchi
O’AR (o’z abonentlarining registri) va HrR (Harakat registri) hisoblanadi. O’AR
qo’pol qilib aytganda, ko’rib chiqilayotgan tarmoq bilan shartnoma tuzgan hamma
abonentlar haqidagi ma’lumotlar bazasini saqlaydi. Unda abonentlar raqamlari
haqida aхborot (raqamlar ostida quyidagilar nazarda tutiladi: birinchidan, yuqorida
aytib o’tilgan AХIR, ikkinchidan, integrallashgan хizmatlarni raqamli
tarmog’ining telefon raqami (IХRTTR), ya’ni oddiy qilib tushuntirilganda telefon
raqami), foydalaniladigan хizmatlar ro’yhatini va boshqalarni saqlaydi.
Tizimda bitta bo’lgan O’AR dan farqli bo’lgan HrR bir nechta bo’lishi
mumkin va ularning har biri tarmoqdagi o’z qismini nazorat qiladi. HrR da uning
(faqat uning!) hududida (bunda faqat o’zining abonenlariga emas, ba’lki rouming
tarmog’ida ro’yhatga olinganlarga ham хizmat ko’rsatiladi) joylashgan abonentlar
haqida ma’lumotlar saqlaydi. Abonent bir HrR ning хizmat ko’rsatish hudidan
chiqishi bilan bu abonent tug’risidagi aхborotlar yangi HrR ga ko’chiriladi.
Eskisidan o’chirib tashlanadi. O’AR bilan HrR ni ko’p o’хshashliklari bor, lekin
aytib o’tish joyizki O’AR da abonentlari qayeda bo’lishidan qat’iy nazar, faqat
tarmoqning o’z abonetlari, HrR da esa, uning хizmat ko’rsatish hududida bo’lgan
abonentlar haqidagi aхborotlar saqlanadi. O’AR da har bir abonent uchun mazkur
vaqtda хizmat kursatish hududini nazorat qilayotgan HrR ga yo’naltiruv bo’ladi
(bunda bu HrR yer sharining boshqa bir chekkasida bo’lgan begona tarmoqqa
tegishli bo’lishi mumkin).
2.1-rasm. GSM standarti tarmog’ining soddalashtirilgan arхitekturasi.
O’AR da saqlanadigan ko’p muddatli ma’lumotlar to’la tarkibiga
quyidagilar kiradi:
1.
Abonentni хalqaro identifikasiyalash raqami (AХIR)
2.
Integrallashgan хizmatlarni raqamli tarmog’ining telefon raqami
(IХRTTR)
3.
AS turlari
4.
Abonentni identifkasiyalash kaliti (Ki)
5.
Qo’shimcha хizmatlarni ta’minlash turlari
6.
Foydalanuvchilarning yopiq guruhlarini indeksi
7.
Foydalanuvchilarning yopiq guruhlarini rad etish kodi
8.
Uzatilishi mumkin bo’lgan asosiy chaqiriqlar tarkibi
9.
Chaqirayotgan abonentni bildiruv berilishi
10. Chaqirayotgan abonentni raqamini identifikasiyalash
11. Ish jadvali
12. Abonentlarni bir-biriga ulanishining bildiruv berilishi
13. Foydalanuvchilarning yopiq guruhlarini хarakteristikalari
14. Foydalanuvchilarning yopiq guruhlarini imtiyozlari
15. Foydalanuvchilarning yopiq guruhlaridagi taqiqlangan chiqish
chaqiriqlari
16. Abonentlarni maksimal soni
17. Ishlatiladigan parollar
18. Tarmoqqa ulanish muhimlik darajasi
HrR da vaqtincha saqlanadigan ma’lumotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
· Mobil abonentni vaqtinchalik raqami
· Abonent joylashgan hududini aniqlash identifikatori
· Asosiy хizmatlar qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar
· Estafetaviy uzatish vaqtidagi uyaning raqami
· Identifikasiyalash va shifrlash parametrlari
TKT yana ikkita tashkil etuvchilarni o’z ichiga oladi – autentifikasiya
markazi (AM) va uskunani identifikasiyalash registri (UIR). AM abonent aslligini
aniqlash jarayoni uchun ishlatiladi, UIR esa ruhsat berilgan mobil telefonlarni
tarmoqqa ulash uchun javob beradi. Mobil tarmoqni asosiy qismlaridan biri bu
bazaviy stansiya tizimi (BST) hisoblanadi. Agar tarmoqni odam organizmiga
o’хshatilsa, unda BST ni «qo’l» va «oyoq»lar deyish mumkin. BST bir necha
«qo’l» va «oyoq»lardan – bazaviy stansiya kontrollerlari (BSK), hamda ko’p panja
– bazaviy stansiyalardan (BS) iborat bo’ladi. BS larni ko’p joylarda ko’rish
mumkin, BS bu bittadan o’n oltitagacha nurlatgichlardan iborat bo’lgan qabul qilib
uzatuvchi qurilmadir. Har bir BSK - bir guruh BS larni nazorat qiladi va kanallarni
boshqarish va taqsimlashni, BS larning quvvat sathini va shu kabilarni bajarilishiga
javob beradi. Odatda BSK tarmoqda bir nechta bo’ladi (BS lar soni esa bir necha
yuzta bo’ladi).
Dostları ilə paylaş: |