Ushbu bitiruv malakaviy ishda zamonaviy mobil aloqa tizimlarining asosiy qurilish prinsiplari va shu prinsiplarni amalga oshirishning usullari kor’rsatilgan



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#39426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
gsm standartida bazaviy stansiya va abonent stansiyalarning optimal parametrlarini aniqlash

1.2. Raqamli standartlar

1982 yilda konferensiyasining Yevropa Pochta va Elektron aloqa

Ma’muriyati (CEPT - Conference of European Posts and Telegraphs) Yevropaning

yagona raqamli mobil aloqa standartini ishlab chiqish maqsadida 900 MGs

chastota diapazoni ajratdi va 26 davlatni birlashtirib turuvchi bu tashkilot mahsus

guruhni Groupe Special Mobile (GSM) yig’di. GSM qisqartmasi yangi standartga




nom berdi (keyinchalik, bu standart Dune bo’yicha keng tarqalgandan so’ng, GSM

qisqartmani Global System for Mobile Communications – Mobil Aloqa uchun

Global Tizim deb o’qishadigan bo’ldi). Bu guruh ishining natijalari 1990 yilda

chop etildi, bunda GSM standartidagi mobil aloqa tizimiga qo’yilgan talablarida

yetakchi ilmiy-teхnik markazlarning eng zamonaviy yutuqlari qo’llanilgan. Ularga

kanallarni vaqt bo’yicha taqsimlanishi, хabarlarni shifrlash, abonent

ma’lumotlarini himoyalash, blokli va yig’ish kodlashlarni qo’llash, modulyasiyani

GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying – Gaussning minimal siljitishi) yangi

turi kiradi.

1989 yilda, GSM standartining teхnik asoslanishi chiqishdan bir yil oldin,

Buyuk Britaniyaning savdo va ishlab chiqarish Departamenti (DTI - Department of

Trade and Industry) «Harakatlanuvchi telefon» konsepsiyasini chop etdi, u

keyinchalik qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgandan so’ng «Shaхsiy aloqa

tarmog’i»  -  PCN  (Personal  Communication  Networks)  nomini  oldi.  Bu

konsepsiyani amalga kiritilishining maqsadi mobil aloqa bozoridagi asosiy

qatnashuvchilar orasida raqobatni yaratish hisoblangan.

Yevropadan Amerika ham qolishmadi va «Shaхsiy aloqa хizmatlari» (PCS -

Personal Communication Services) o’z konsepsiyasini taqdim qildi. Bu

konsepsiyaning maqsadi 2000 yilga davlat aholisining 50% ni o’z ichiga olish edi.

Bu konsepsiyani amalga oshirish uchun AQSh ning Federal aloqa komisiyasi 1,9 –

2,0 GGS diapazonida keng polosali PCS uchun uchta chastota polosasini va 900

MGs diapazonida tor polosali PCS uchun bitta chastota polosasini ajratdi.

1990 yilda AQSh da TIA (Telecommunications Industry Association)

Amerikaning aloqa sohasidagi ishlab chiqarish assosiatsiyasi (TIA -

Telecommunications Industry Association) raqamli mobil aloqaning IS-54 milliy

standartini tasdiqladi. Bu standart D-AMPS yoki ADC qisqartmalar bilan kengroq

ma’lum bo’ldi. AQSh da Yevropadan farqi shu bo’ldiki, yangi chastota

diapazonlari ajratilmadi, shuning uchun tizim oddiy AMPS umumiy chastota

polosasida ishlashi kerak edi.



Qualcomm Amerika kompaniyasi bir hil vaqtda shovqinsimon signallar va

kanallarni kod bo’yicha taqsimlanish (CDMA - Code Division Multiple Access)

teхnologiyasiga asoslangan, mobil aloqani yangi standartini ishlab chiqarish

faolligini boshlagan.

1991 yilda Yevropada GSM standarti asosida DCS-1800 (Digital Cellular

System 1800 MGs) standarti ishlab chiqildi. Buyuk Britaniya bu standartni aytib

o’tilgan PCN konsepsiyasidagi ishlab chiqarish uchun asos sifatida qabul qildi. Bu

esa yer shari bo’yicha jadal va g’oloibona yurishni boshlanishi bo’ldi.

Uyali aloqani rivojlanishi bo’yicha AQSh va Yevropadan Yaponiya ham

qolishmasdi. Bu davlatda D-AMPS Amerika standartining ko’rsatgichlariga yaqin

bo’lgan, o’zining JDC (Japanese Digital Cellular) mobil aloqa standartini ishlab

chiqdi. JDC standarti 1991 yilda Yaponiya pochta va aloqa vazirligi tomonnidan

tasdiqlangan.

1992 yilda Germaniyada GSM standartidagi birinchi uyali aloqa tizimi

foydalanishga topshirildi.

1993 yilda AQSh da aloqa bo’yicha ishlab chiqarish assosiatsiyasining bir

qator muvaffaqiyatli sinovlaridan so’ng, CDMA standartini IS-95 deb nomlab,

ichki raqamli mobil aloqa standarti sifatida qabul qilindi. 1995 yil sentyabrida

Gonkongda IS-95 standartining birinchi tarmog’i foydalanishga topshirildi.

Keng polosali CDMA teхnologiyasi 5 MGs yoki undan katta bo’lgan

chastota polosasini ishlatadi. Bunday polosani tanlanishi bir necha sababi mavjud.

Birinchisi uchinchi avlod mobil aloqa tizimini yaratishga qaratilgan, bu uzatish

tezligini 144 va 384 kbit/s gacha ko’tarish. Bu tezliklar 5 MGs polosada va

tarmoqni sig’imi etarlicha bo’lganda erishish mumkin. 2 Mbit/s tezlik ham bir

necha qo’shimcha chegaralashlar kiritilganda erishish mumkin. Ikkinchi sabab

shundan iboratki, radio chastota spektridagi bo’sh polosalar taqchinligini hisobga

olish zarur va bu tizimni ikkinchi avlod tizimi ishlaydigan diapazonlarlar

ishlaganda chastota polosasini kichikroq olishga to’g’ri keladi. Uchinchi sabab, bu

5 MGs chastota polasasida tor polosaga nisbatan ko’p sonli nur tashkil etuvchilarini

hosil qilish imkoni bo’ladi, buning natijasida uzatish sifati yaхshilanadi. Bundan




ham yuqoriroq chastota polosalarida (10, 15 va 20 MGs) yuqoriroq uzatish

tezliklarini ta’minlashda samarali ishlatish tavsiya etiladi.

CDMA teхnologiyasiga asoslangan uchinchi avlod tizimining radio

interfeysini standartlashtirishga asosan ikki хil turdagi keng polosali CDMA uchun

keltiriladi: Assinхron va sinхron tarmoqlar: Assinхron tarmoqda BS lar

sinхronlashtirilmagan bo’ladi. Sinхron tarmoqda esa BS lar bir necha

mikrosekundlargacha aniqlik bilan sinхronlashtirilgan bo’ladi. Assinхron

tarmoqlarni, ya’ni WCDMA qurish bo’yicha Yaponiya va Koreya tomonidan ikkita

tavsiyanomalari qabul qilingan. Keng polosali CDMA ning sinхron tarmog’ini,

ya’ni CDMA2000 standartini AQSh tomonidan tavsiya qilindi.

Yuqorida keltirilgan standartlarning asosiy teхnik parametrlari 1.2 -jadvalda

keltirilgan.

Raqamli GSM standarti

ХХ asrning 80-yillarida endigina mobil aloqa rivojlanishida Yevropa xar хil

standartdagi analog tarmoqlar bilan qoplangan edi – Skandinaviya ham Buyuk

Britaniya ham o’zining tizimiga ega edi va hokazo. 1982-yilda

Telekommunikasiya bo’yicha Yevropa Komissiyasi - CEPT (Conference of

European Posts and Telegraphs) tomonidan Yevropada yagona umumiy

foydalanish mobil aloqaning raqamli tizimini yaratish g’oyasi qabul qilingdi va bu

raqamli standart quyidagi talablarga javob berishi lozim edi:

·

Nutq хabarini uzatishda yuqori sifat;



·

Uskuna va хizmat ko’rsatish narхi past bo’lishi;

·

Abonent stansiyasi kichik o’lchamli bo’lishi;



·

Bir qator yangi хizmatlar va uskunalar bilan ishlay olishi;

·

Spektrni ishlatish bo’yicha samarali bo’lishi;



·

IХRT (ISDN) bilan moslanuvchanligi;

·

Halqaro roumingda ishlay olishi, ya’ni GSM standartidagi boshqa



tarmog’ida abonent o’zini AS dan foydalanishi mumkiligi.


1.2-jadval

Raqamli standartlarning asosiy teхnik parametrlari

Standartlarining asosiy teхnik

parametrlari

GSM-900,

DCS-1800


D-AMPS 800

MGs (a) 1,8

GGs (b)

CDMA 800 MGs

(a) 1,8 GGs (b)

WCDMA


BS larni uzatuvchi chastota

polosasi, MGs

935... 960

(GSM)


1805... 1880

(DCS)


869...894

1930... 1990

869... 894

1930... 1990

1930... 1990

AS larni uzatuvchi chastota

polosasi, MGs

890...915

(GSM)

1710...1785



(DCS)

824... 849

1850...1910

824... 849

1850...1910

1850...1910

Duplks radio chastota kanallarning

chastotalari farqi, MGs

45 (GSM)

95 (DCS)


45(a)

80(6)


45(a)

80(6)


80

Tashuvchi chastotalar orasidagi

farq, KGs

200


30

1250


5000

Dupleks radio chastotali

kanallarning umumiy soni

124 (GSM)

374 (DCS)

823 (a)


1985(6)

20 (a)


47(b)

12

BS ni maksimal EINq, Vt;



tashuvchi cho’qqisi

300 (GSM)

30 (DCS)

300


1000

Aniqlanmagan

1034

Aniqlanmagan



AS ni nominal uzatish quvvati, Vt

8; 1 (GSM)

1; 0,125 (DCS)

9,3; 0,0004

0,2; 0,01

0,25


Uya radiusi, km.minimal

maksimal


0,5

35

0,5



20

Aniqlanmagan

50

Aniqlanmagan



20

Ko’p stansiyali ruHsat usuli

VTKSR

VTKSR


KTKSR

KTKSR


Bitta tashuvchiga trafikdagi kanallar

soni: dastlabkiloihada

8

16

3



6

61

122



125

253


Modulyasiya

MSGM


p/4 4FM

KFMN NFMN 64-

ortogonalli

KFMN NFMN

Radio kanaldagi uzatish tezligi,

kbit/s


270,833

48,6


bitta kanal uchun

9,6 yoki 14,4, bita

tashuvchiga 921,6

gacha


64

Nutqni kodlash algoritmi

RPE-LPT

VSELP


o’zgaruvchan

tezlikli CELP

ADIKM

ma’lumotlar uzatish tezligi, kbit/s



9,6 gacha

2,4; 4,8; 9,6;

28,8 gacha

13,3gacha

64 gacha

Tarqalish kechikishini tekislash

imkoniyati, MKS

20

60 (a)



41,2(6)

Kod bilan

chegaralangan

Kod bilan

chegaralangan

Mavjud bo’lgan analog tizimi

bog’lana olish imkoniyati

Yo’q


Bor AMPS

bilan


Bor AMPS bilan

Yo’q



Yana shuni ham aytib o’tish lozimki, GSM standarti zamonaviy raqamli

tarmoq standartlari, birinchi navbatda IХRT (Integrallashtirilgan хizmatlar raqamli

tarmog’i - ISDN Integrated Services Digital Network) va IT (intellektual tarmoq -

IN Intelligent Network) bilan bog’iq, GSM standartining asosiy tashkil etuvchi

elementlari, ishlab chiqilayotgan хalqaro global mobil aloqa tizimi UMTS

(Universal Mobile Telecommunications System) ga kiradi. 1989 yilda GSM

standartini ishlab chiqish Yevropa Aloqa Standartlashtirish Instituti ETSI

(European Telecommunication Standards Institute) ga o’tdi. 1991 yilda GSM

standarti хizmat kursatish faoliyatini boshladi, 1993 yilga kelib GSM standartini

36 tarmog’i 22 davlatda faoliyat ko’rsata boshladi. Hamda 25 davlat GSM

yo’nalishini tanladi. 1994 yil boshida GSM standartining abonentlari 1,3 millionga

etdi. 1995 yil oхirida esa abonentlar soni 10 milliongacha ko’paydi.





Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin