Ushbu ma’ruzada Geomorfologiya faning tekshirish obyekti hamda landshaftlarning yetakchi komponenti relyef, uning shakllari, eelementlari, morfometriyasi, morfologiyasi, relyefning kelib chiqishi, relyef hosil qiluvchi omillar


Endogen (“endo”-ichki, “gen”-tugilish, paydo bo`lish) jarayonlar



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə9/11
tarix28.12.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#78057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-ma`ruza. Relyef to’g`risida umumiy ma’lumot

Endogen (“endo”-ichki, “gen”-tugilish, paydo bo`lish) jarayonlar - yerning ichki qismi bilan bog`liq bo`lgan eng qudratli kuch. U yer yuzasidagi yirik relyef shakllarini bunyod etuvchi kuch tariqasida namoyon bo`ladi. Jumladan materiklar va okeanlarning paydo bo`lishi, ulardagi tog` va tekisliklar, cho`kma va botiqlar ana shu bunyod etuvchi kuchning hosilasi. Mantiyadan moddalar ajralib chiqishi (yer po`sti ham mantiyadan ajralib chiqqan moddalardan tashkil topgan), litosferada erigan magmatik o`choqlarning paydo bo`lishi, tog` paydo bo`lishi, vulkanizm, zilzilalar, yer po`stini ayrim qismlarini bo`ylama tebranishlarining litosfera relyefida aks ham endogen jarayonlar tufayli ro`y beradi. Yerning ichki energiyasini paydo qilgan kuch moddalarning deferensiyasi va radioaktiv parchalanishidan chiqqan energiya. Endogen jarayonlarni harakatga keltiruvchi manbaa- yerning issiqlik energiyasi. Buning oqibatida tektonik harakatlar, magmatizm, zilzila va metamorfizm ro`y beradi. Bularning barchasi o`ziga xos relyef shakllarini hosil qiladi.
Tektonik (yunoncha “tektos”- “tuzilish” demakdir) harakatlar va relyef shakllarining o`zaro bog`liqligini tadqiq etadigan fan - strukturali geomorfologiyadir. Yer yuzasida hosil bo`lgan relyef shakllari yerni ichki qismidagi energiyasi ta’sirida yoki umumiy nom bilan aytganda endogen va kosmik omillar ta’sirida hosil bo`lib, uni tekislashda quyosh energiyasi ta’sirida hosil bo`ladigan ekzogen kuchlar asosiy rol o`ynaydi. Bu ikkala kuch doimo o`zini qarama-qarshilik holatini yer yuzasida davom ettirib kelmoqda.
Yer po’stlog’ida bo`lib turadigan harakatlar uning ichki tuzilishini o`zgartiribgina qolmasdan, balki yuzasining shaklini ham o`zgartirib boradi, bu harakatlar tektonik yoki geotektonik harakatlar nomi bilan yuritiladi. Bu harakatlar endogen jarayonlar orasida eng qudratlisi hisoblanadi. Shuning uchun ham Yer yuzasidagi eng yirik va asosiy relyef shakllarining genezisi tektonik harakatlar bilan bog`liq. Tektonik harakatlar sodir bo`lish muddatiga ko`ra qadimgi (baykal, kaledon, gersin, kimmeriy tog` burmalanishlari), yangi (alp burmalanishi) va hozirgi (to`rtlamchi) davr tektonik harakatlari Yerni barcha geologik davrlardagi relyef ko`rinishlarini hosil qilgan va hozirgi kunda ham davom etmoqda. Tektonik harakatlar asosan uch xil turda o`zini namoyon qiladi va o`ziga xos relyef hosil qiladi:
1) Burmalarni vujudga keltiradigan tektonik harakatlar.
2) Yoriqlar hosil qiladigan tektonik harakatlar.
3) Tebranma tektonik harakatlar.
Tektonik harakatlar ta’sirida yer po`stida bo`ylama harakatlar sodir bo`lib, ko`tarilishlar, yoriqlar, lava qoplami, qulashlarni hosil qiladi. Relyef hosil qiluvchi bu jarayonlar relyefni morfostruktura shakllarini hosil qiladi. Bu harakatlar o`rganilishi natijasida fanga geotektura tushunchasi kirib keldi.

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin