Ushbu ma’ruzada Geomorfologiya faning tekshirish obyekti hamda landshaftlarning yetakchi komponenti relyef, uning shakllari, eelementlari, morfometriyasi, morfologiyasi, relyefning kelib chiqishi, relyef hosil qiluvchi omillar



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə5/11
tarix28.12.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#78057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-ma`ruza. Relyef to’g`risida umumiy ma’lumot

2. Ekzogen
Endogen guruhda - tektonik va vulkanik harakatlar (asosan mantiyaning energiyasi bilan bog`liq) elementlari. Tektonik harakatlar natijasida ko`tarilgan va cho`kkan yuzalar hosil bo`ladi, burmalanish, yorilishlar, surilishlar, qulashlar paydo bo`ladi. Unda antiklinal tizmalar, gorstlar, grabenlar, tektonik o`yiqlar hosil bo`ladi. Vulkanik jarayonlardan – vulkan platolari, strato vulkanlar (ya’ni qatlamli vulkanlar yoki aralash vulkanlar –bunda lava qotganida, ustida lava bo`laklari (lapila, bomba, kul va hokazolar) qatlam-qatlam bo`lib yotishi strato vulkan deyiladi.) kaldera, maarlar va boshqalar yuzaga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Ekzogen guruh endogen kuchlar yuzaga keltirgan shakllarni qayta ishlaydi, ko`chiradi va akkumulyatsiya qiladi. Shu yo`l bilan tashqi kuchlar yer yuzasiga ta’sir ko`rsatadi, tashqi kuchlar Quyosh energiyasi, og`irlik kuchi va organizmlar hayot faoliyati ta’siri bilan bog`liq. Ekzogen relyef shakli genezisiga ko`ra, relyef hosil qiluvchi kuchlarga bog`liq holatda xilma-xil relyef turlariga ajratiladi. relyef tipi deganda tuzilishi va kelib chiqishi bir xil bo`lgan turli rivojlanish bosqichidagi relyef shakllarini tushunish kerak. Masalan, birgina tekislikning quyidagi genetik turlari mavjud; daryo hosil qilgan alyuvial va del’ta tekisliklari, shamol hosil qilgan eol-akkumulyativ tekislik, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan prollyuvial tekislik va hokazo. MGU ni geografiya fakulteti olimlari relyef shakllarini genetik bo`linishini ishlab chiqqanlar, u quyidagicha:
A) Endogen kuchlar ta’sirida yuzaga kelgan relyef shakllari:
1) Yosh tektonik harakatlar oqibatida yuzaga kelgan relyef qiyofasi.
2) Relyef qiyofasini strukturasi ya’ni tuzilishini yuzaga keltirgan.
3) Vulkan relyef qiyofasi.
B) Ekzogen kuchlar ta’sirida yuzaga kelgan relyef qiyofalari:
1) Oqar suvlar ta’sirida yuzaga kelgan relyef qiyofasi.
2) Gravitatsion kuchlar ta’sirida yuzaga kelgan relyef qiyofasi.
3) Muzliklar ta’sirida yuzaga kelgan relyef qiyofasi.
4) Muzlik suvlaridan yuzaga kelgan relyef qiyofasi.
5) Doimiy yoki mutlaq muzlik hosil qilgan relyef qiyofasi.
6) Eol relyef qiyofasi.
7) Yer osti suvlari ta’sirida yuzaga kelgan relyef qiyofasi.
8) Odamlar ta’sirida yuzaga kelgan relyef qiyofasi.
Relyefning yoshi. Relyefni geomorfologik yoshi haqida V.M.Devis o`z tushunchasini bergan va relyef taraqqiyotini 3 ga bo`lgan:

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin