Fan o’qitilishining natijalari ( shakllanadigan kompetensiyalar)
metodika fanlarini o’qitish texnologiyasining zamonaviy metodologiyasining nazariyalari xaqida tasavvur va bilimga ega bo’lishi;
metodika fanlarini o’qitish texnologiyasiningmaqsadi, vazifalari, mazmuni va tashkil etilishini belgilashdagi yangi yondashuvlar moxiyati;
metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi bo’yicha zamonaviy dasturlar va darsliklar bilan ishlash;
metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi jarayonida g’oya va tushunchalarni shakllantirish xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish;
metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi metodologiya jarayonlarini taxlil qilish, usullarini qo’llash, muammolari bo’yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo’lishi kerak.
Ta’lim texnologiyalari va metodlari;
-Ma’ruzalar;
-Interfaol keys-stadilar;
-Seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol javoblar)
-Guruxlarda ishlash;
-Taqdimotlarni qilish;
-Individual loyixalar;
-Jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar;
Kreditlarni olish uchun talabalar;
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirishi, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olishi, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirishi kerak.
Buning ushun bizga quyidagi asosiy adabiyotlarni o’qish tavsiya qilinadi;
1.Djamilova N. maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi.T. 2017.
2. Zufarov Sh. Pedagogik innovatika- T.:”fan va texnologiyalar” nashriyoti.2012.
3. Avlyakulov N X. Musayeva N.N. Pedagogik texnologiya. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasiga qo‘yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi:
-hayot bilan uyg‘unlik;
-qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik;
-aniqlik;
-rejalashtirilgan harakat maqsad va vazifalariga moslik;
-asoslanganlik;
-natijaviylik.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o‘qitish metodikasi o‘zida:
- ta’limning maqsad va ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy vazifalarini;
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini;
- ta’lim mazmunini;
- ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini;
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini;
- o‘quv vositalari;
- o‘qitish natijasiniaks ettiradi.
“Metodologiya” tushunchasining talqiniga ham ko‘pchilik noto‘g‘ri yondashadi. An’anaviy yondashuvga ko‘ra, metodologiya – metodlar to‘g‘risidagi ta’limot va ilmiy faoliyatning bajarish tartibi; shuningdek, umumiy bilish nazariyasi (gnoseologiya)ning, ayniqsa, ilmiy bilish nazariyasi (epistemologiya) va falsafiy fanlarning alohida bo‘limi
Metodologiya – muayyan fanning asosini yorituvchi qonuniyatlar, ustuvor tamoyillar, eng muhim nazariyalar, yetakchi g‘oyalar, o‘ziga xos yondashuvlar, kontseptsiyalar, metodlar mohiyatini yorituvchi ta’limot.
“Metodika fanlarni o‘qitish metodikasi”ning metodologiyasi – maktabgacha mutaxassislik turkum fanlar asosini yorituvchi qonuniyatlar, ustuvor tamoyillar, eng muhim nazariyalar, yetakchi g‘oyalar, o‘ziga xos yondashuvlar, kontseptsiyalar, metodlar mohiyatini yorituvchi ta’limot.
Dostları ilə paylaş: |