Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə8/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Ushbu o’quv

Tayanch tushunchalar; Maktabgacha metodika fanlari, o’qitish texnologiyasi, fan tushunchasi, fanning amaliy va tashkiliy vazifalari, fanning qonuniyatlari.
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” – maktabgacha ta’limning turkum fanlarini samarali o‘qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va texnologiyasini, pedagogik jarayonning muhim tarkibiy elementlarini o‘rganadigan o‘quv predmeti (fani)
Maktabgacha metodika fanlari– maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirishning u yoki bu masalalarini o‘rganadigan fanlar majmui.ya’ni, tasviriy faoliyat metodikasi, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish, nutq o’stirish metodikasi, tabiat bilan tanishtirish, musiqa metodikasi, jismoniy tarbiya metodikasi, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi.
Maktabgacha metodika fanlarining maqsadi – bolalarni har tomonlama rivojlantirish, unda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, dunyoqarashni hosil qilish, muayyan faoliyat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish sanaladi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, yetik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgachata’limvatarbiyaoltiyoshdan yettiyoshgachabo‘lganbolalarniboshlang‘ichta’limgabiryillikmajburiytayyorlashnihamnazardatutadi.
Maktabgacha metodikafanlarning ob’yekti shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda ilmiy bilimlarni hosil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash jarayoni bo‘lsa, predmetini har tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, ustuvor tamoyillari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni, pedagogik hodisalar tashkil etadi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra maktabgacha metodika fanlarning asoslari ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, bosqichlari, samarali shakllari, metodlari, vositalari, texnologiyalari, o‘qituvchi hamda ta’lim jarayoni ishtirokchisi (tarbiyalanuvchi, o‘quvchi, talaba, tinglovchi) munosabatlari, ular faoliyatini nazorat qilish va baholash, ta’lim-tarbiya jarayonlarining natijalaridan iborat.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin