Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə3/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Ushbu o’quv

Fanning o‘qitishdan maqsad– talabalarga metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi bilan tanishtirishning zamonaviy metodologiyasining nazariy asoslari, kasbiy va pedagogik o‘zlikni anglashni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasini, o‘quv jarayonini amalga oshirishni ta’minalash uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni rivojlantirish, hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini xosil qilishdan iborat bo’lib;
-Metodika fanlarini o‘qitishning nazariy, milliy asoslari, O‘zbekistonda ta’lim- tarbiyaning ustivor masalalari haqida ma’lumot berish;
-Talabalarni innovatsion texnologiya asosida pedagogik bilim berishga o’rgatish;
-Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyalari soxasidagi ilg’or tajribalarni o‘rganish, kuzatish, taxlil qilish, umumiy pedagogik xulosa chiqara bilishga tayyorlash ;
-Uzluksiz ta’lim tizimida metodika fanlarini o‘qitish fani sohasidagi ilmiy izlanishlar, xorijiy yangiliklar, fan dasturiga qo’yiladigan talablar, pedagogika fanlarini o‘qitishda uzviylik, mustaqil ta’lim, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari kabi masalalar haqida malakaga ega bo‘lishini nazarda tutadi.
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fani predmetini o‘zlashtirish jarayonida talaba:
-metodika fanlarini o‘qitish jarayoni, uning yaxlit tizim ekani, fanning qonuniyatlari, asosiy tamoyillari; metodika fani o‘qituvchisining o‘quv- me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasini, metodika fanlari o‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlarni; Davlat ta’lim satandartlarining tuzilishi va mazmuni, o‘quv reja, fan va ishchi dasturlarga qo’yiladigan talablar; Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv- metodik komplekslar tayyorlash va uning ahamiyatini bilib oladilar;
-Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati, ta’lim jarayonida turli metodlardan foydalanish; o‘qitish metodlarining tasnifi, o‘qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlarga qo‘yiladigan talablar, metodlarning turlari; Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, keys- stadi metodi, texnologiyalarning turlari va o‘quv jarayonida qo’llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
-Ta’limning zamonaviy tashkiliy shakllari, ulardan foydalanilganda ta’limning natijaviyligi; Ma’ruza turlari va ularga qo‘yiladigan talablar, mashg’ulot turiga qarab mavzuni tanlab olish; Semenar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish texnologiyasi, ularning bir-biridan farqi va ahamiyatli jihatlarini, talabalar bilimini tekshirish va baholashning ahamiyatini bilib oladilar.
Biz avvalo metodika tushunchasining mazmunini bilib olamiz.
Metodika – ma’lum o‘quv fanini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Metodika – uslub, qoida tariqasida ma’lum bir tayyor “retsept”, algoritm, har qanday maqsadli harakatlarni bajarish tartibidir.
Metod metodikada konkretlashadi.Metodika – daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir.U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.
Metodika – bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni o‘qitish nazariyasi. O‘zaro ta’sir etishning turli shakllarini o‘rganish asosida biror fanni o‘qitish va o‘rganish yo‘llarini o‘quv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta’lim oluvchilarga ta’sir etishning aniq tizimini o‘qituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, o‘quv dasturi va darsliklardaochib beriluvchi ta’lim mazmunidao‘zaksini topadi hamda ta’lim metodlari, shakllari va vositalari orqali amalgaoshadi. O‘quv fani metodikasi didaktika bilan mustahkam bog‘langan va uning umumiy qoidalariga tayanadi. Tarbiya tamoyillarigaasoslanib esa, metodikao‘quv fani maqsadi, uning ta’lim oluvchi shaxsini rivojlanishidagi ahamiyatini ochib beradi.
Fanning mazmuni qanday?
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi – bu nazariya vaamaliyotning umumlashgan ko’rinishidir. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar birgalikdagi faoliyati, ta’lim mazmuni, shakl va metodlari birligi sifatida metodika fanlarini o‘qitish jarayonini tadqiq etadi.
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi - bo‘lajak o‘qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun butun e’tiborini ta’limning qonuniyatlari va tamoyillari, uning shakl va metodlarini asoslashga qaratadi.
O‘qitish nima, uning mazmuniga e’tibor qaratamiz.
Jamiyatning ijtimoiy extiyojiga, fan va ishlab chiqarishning xozirgi darajasiga tayanib, didaktika o‘zining o‘rganish predmetini ishlab chiqadi, chunonchi; o‘qitishning maqsadi (nega o‘qitiladi, yosh avlodni nimaga tayyorlanadi), o‘qitishning mazmuni (nimaga o’rgatiladi), o‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlari ( qanday o‘qitish) hamda uning natijalarini xisobga olish, nazorat qilish.Didaktikaning kategoriyalari; ta’lim, o‘quv jarayoni, o‘qitish prinsiplari.
Ta’lim- ilm berish va tarbiyani o‘z ichiga oladi.Ta’lim birinchidan, o‘zlashtirish uchun tanlab olinadigan, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan, aniq faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun tayyorlashga yo’naltirilgan umuniy va maxsus bilim, ko‘nikma, malakalarni, ikkincidan esa mazmunni o‘zlashtirish natijalarini anglatadi.Ta’lim kategoriyasiga ta’limning mazmuni, o‘quv rejasi, o‘quv predmeti, o‘quv dasturi kabi tushunchalar kiradi. Biz shu tushunchalarni fanni o‘rganish jarayonida bilib olamiz.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin